Kontent qismiga oʻtish

Atir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atir (arabcha xushboʻy) — xushboʻy oʻsimliklarning guli, bargi, iddizidan yoki baʼzi hayvonlar bezlaridan olinadigan moddalarning spirtdagi eritmasi. Atir dastlab Sharq mamlakatlarida tarqalgan. U zamonlarda atir turli gul moylaridan olinib, mushk va anbarlar aralashtirib tayyorlangan. Qadim zamonlarda (miloddan avvalgi 5000—2000-yil) ham atir ishlatilganligi maʼlum. Hozir atir sunʼiy usulda sintez qilingan har xil xushboʻy moddalardan ham ishlab chiqarilmoqdatir Gultojbarg yoki oʻsimlik ildizidan efir moyi olish uchun u maxsus germetik qozonda ekstraksiya qilinadi va atir kompozitsiyasi (efir moyi bilan xushboʻy modda aralashmasi) tayyorlanadi. Har bir atir uchun oʻziga xos „hid“ (boʻy) tanlanadi. Tuzilgan kompozitsiya yuqori darajada tozalangan etil spirtda eritilib, emallangan berk idishlarda 12 kungacha saqlanadi. Soʻngra filtrdan oʻtkazilib, flakon shishachalarga quyiladi. Aʼlo sifatli atirda 10-12 %, oʻrtachasida 5% xushboʻy modda boʻladi. Toshkent atir-upa fabrikasida boshqa davlatlardan tayyor kom-pozitsiyalar olib ishlatiladi yoki efir moylari keltirilib, kompozitsiya shu yerda tayyorlanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil