Kontent qismiga oʻtish

Asfandiyorxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asfandiyorxon (Isfandiyorxon) (? – 1643) – Xiva xoni 1623-43 yillarda Xorazmda hukmronlik qilgan Arabshohiylar oʻzbek sulolasining vakili.

Arab Muhammadxonning oʻgʻli. Safaviylar shohi Abbos I homiyligida, turkmanlar yordami bilan ukasi Elbars (Ilbars) Sultonni taxtdan agʻdarib, 1623-yil Xivada xonlik taxtiga oʻtirdi. U turkman zodagonlariga tayanib ish yuritdi. Eron davlati qoʻliga oʻtib qolgan Janubiy Turkmanistonni Xiva xonligiga qoʻshib olishga intildi, ammo 1628-yilda safaviylar qoʻshinidan yengildi.

17-asrning 30–40-yillarida Buxoro va Rossiya savdo karvonlariga zarar yetkazayotgan qalmoqlarga qarshi qattiq kurash olib bordi; qalmoqlarga qarshi ittifoq tuzish maqsadida Moskva bilan muzoqaralar yuritdi. Arab Muhammadxonni oʻldirishgani uchun ukalari Habash Sulton bilan Elbars Sultonni qatl etib, ularga yordam bergan Xorazmdagi uygʻur va nayman qabilalarining chorva mollarini tortib oldi va ularga qarshi qirgʻin uyushtirdi. A. davrida tarqoqlik va zulm kuchaydi. Bundan foydalangan yirik mulkdorlar oʻz vakillaridan biri Abulgʻoziyni A.ga qarshi qoʻydilar. Natijada 1643-yil Abulgʻoziy xon qilib koʻtarildi. Xuddi shu yili A. vafot etdi. Oradan 2 yil oʻtgach, Abulgʻoziy Bahodirxon Xivada taxtga oʻtirdi.

  • Yoʻldoshev M., Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi, T., 1959;
  • Gulyamov Ya. G., Pamyatniki goroda Xivi, T., 1941;
  • Xudoyberganov K., Xiva — 2500. Xiva xonlari shajarasi, Xiva, 1996.
  • Gulyamov Y.G., Istoriya orosheniya Xorezma s drevneyshikh vremen do nashikh dney. Tashkent. 1957
  • Istoriya Uzbekistana. T.3. T.,1993.
  • Istoriya Xorezma. Pod redaktsiyey I. M. Muminova. Tashkent, 1976
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil