Arthur Conan Doyle
Artur Konan Doyl | |
---|---|
Asl ismi | Arthur Ignatius Conan Doyle |
Tavalludi | 22-may 1859-yil |
Vafoti |
7-iyul 1930-yil (71 yoshda) |
Ijod qilgan tillari | Ingliz tili[1] |
Fuqaroligi | United Kingdom of Great Britain and Ireland va Birlashgan Qirollik |
Yoʻnalish | Nasr |
Janr | Detektiv, ilmiy fantastika, tarixiy asarlar |
Artur Konan Doyl (inglizcha: Arthur Conan Doyle; 22-may 1859-yil — 7-iyul 1930-yil) — shotlandiyalik fizik va yozuvchi. Artur Konan Doyl Sherlok Xolms haqida yozgan detektiv asarlari bilan butun dunyoga mashhurdir. Xolms haqidagi hikoyalarini millionlab kitobxonlar hozirga qadar sevib oʻqiydi.[2] Xolmsning jinoyat ishlarini ajoyib mantiq va fikrlash bilan hal qilishiga kitobxon lol qoladi.
Artur Konan Doylning koʻp asarlari rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Shu jumladan, „Sherlok Xolms haqida hikoyalar“ koʻp oʻzbek kitobxonlarining eng sevimli asarlaridandir.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Artur Konan Doyl 1859-yil 22-mayda Edinburgda tavallud topgan. Edinburg universitetida tahsil olgan. Doyl yozuvchilikdan tashqari fizika va tibbiyot bilan ham shugʻullangan.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Konan Doyl ijodini „Sesassa vodiysining siri“ (1879) hikoyasi bilan boshlagan. Doyl „Badargʻa qilinganlar“ (1893), „Sardor Jerar jasorati“ (1894-95), „Rodney Ston“ (1896) tarixiy-sarguzasht romanlar, „Yoʻqolgan dunyo“ (1912), „Zaharlangan mintaqa“ (1913), „Marakot jarligi“ (1929) ilmiy-fantastik asarlar muallifidir.
Conan Doyle birinchi boʻlib Holmes obrazini „A Study in Scarlet“ („Skarletdagi tadqiqot“) (1887) romanida yaratgan. Doyl Xolms obrazini „The Final Problem“ („Sherlok Xolmsning soʻnggi ishi“) (1893) hikoyasida oʻldirmoqchi boʻladi. Lekin butun dunyodagi kitobxonlarning noroziligidan keyin detektivni qaytadan tiklaydi va yangi hikoyalar yozadi.
Doylega bosh qahramoni izquvar Sherlock Holmes boʻlgan detektiv janrdagi „Toʻrtlar belgisi“ (1890), „Baskervillar iti“ (1901-02), „Dahshatlar vodiysi“ (1914-15) sarguzasht qissalari va „Sherlok Xolms sarguzashtlari“ (1891-92), „Sherlok Xolms haqida xotiralar“ (1892-93) hikoyalar toʻplamlari va boshqalar katta shuhrat keltirdi. Londonda Sherlok Xolms yodgorlik muzeyi tashkil etilgan. Doylening „Baskervillar iti“ (1971), „Yoʻqolgan dunyo“ (1983) va boshqa asarlari oʻzbek tilida nashr qilingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ David Geherin, „Doyle, Arthur Conan“. 2010 World Book Multimedia Encyclopedia. World Book, Inc. 2010.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Baskervillar iti“ qissasi Ziyouz kutubxonasida (Wayback Machine saytida 2012-05-11 sanasida arxivlangan)
- „Yoʻqolgan dunyo“ romani Ziyouz kutubxonasida (Wayback Machine saytida 2012-05-11 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |