Armand Ken Ella
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Armand Ken Ella | ||
Tavallud sanasi | 23-fevral 1993-yil | ||
Tavallud joyi | Douala, Kamerun | ||
Boʻyi | 1.74 m (5 ft 9 in) | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
200?-2005 | Samuel Etoʻo Academiyasi | ||
2005-2012 | Barcelona | ||
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2017-yil 23-iyun uchun) |
Arman Ken Ella (fransuzcha: Armand Ken Ella; 1993-yil 23-fevral Duala, Kamerun) — kamerunlik futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbolchi Ispaniyaning „Barselona“ yoshlar jamoasida oʻynagan, ammo 2011-yilning yozida jarohat olgan va uzoq vaqt futbolni tark etishga majbur boʻlgan[1]. 2012-yil avgust oyi oxirida u „Karpati“ klubiga oʻtgan[2]. Karpatiga koʻchib oʻtganidan keyin futbolchi asosan ikkinchi tarkibda maydonga tushgan. 2013-yil 13-sentyabrda Ken Lvovning asosiy jamoasi safida debyut qilgan, debyutini u 64-daqiqada „Shaxtyor“ga qarshi kechgan gʻalabali oʻyinda Vadim Strashkevich oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan[3]. 2013-yil 25-sentyabrda u Lvov uchun 2014-yilgi Ukraina kubogi 1/16 doirasida Sevastopolga qarshi oʻyinda kubok oʻyinida debyut qilgan. Futbolchi urgan gol bilan jamoasi 1/8 qismiga yoʻl olgan. 2014-yil yanvar oyida Ken ijara asosida vengriyaning Kaposvar Rakocsi jamoasiga koʻchib oʻtgan. Uning jamoa bilan shartnomasi iyun oxirigacha beligilangan[4]. 2014-yil 30-iyun kuni Vengriyadagi ijara muddati tugagach, futbolchi „erkin agent“ maqomini olgan va Lvov klubini tark etgan[5].
2014-yil noyabr oyida futbolchi Nou Sanch jamoasidan Polshaning „Sandetsya“ klubiga oʻtgan. Shartnoma 2015-yil 31-dekabrgacha uzaytirish imkoniyati bilan imzolangan[6]. 2016-yil 18-fevralda tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra Sandetsiya bilan shartnomani bekor qilgan va Polsha klubini tark etgan[7]. Ken faoliyatini Janubiy Afrika Premyer-ligasining „Freed State Stars“ klubida davom ettirgan. 2017-yilning mart oyida Ken Ukraina birinchi ligasi klubi Petrovskiy Ingulets bilan shartnoma imzolagan[8]. Jamo tarkibida 2019-yil oxirigacha toʻp surgan va barcha turnirlarda 63 ta rasmiy oʻyin oʻtkazgan, shuningdek, jamoa bilan mamlakat kubogining final bosqichiga chiqqan. 2020-yil boshida futbolchi Oʻzbekistonning „Mashal“ jamoasiga oʻtgan va keyingi yilning mart oyidgacha Oʻzbeksiton Super ligasida harakat qilgan. Oʻzbekiston klubini tark etgach Polshaning Sandetsya Birinchi liga klubi bilan shartnoma imzolagan. 2021-yil iyul oyida futbolchi Chernovtsining „Bukovyna“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[9], u shu yilning oxirigacha jamoada oʻynagan va barcha turnirlarda 17 ta rasmiy oʻyinda maydonga tushib bitta gol urishga muvaffaq boʻlgan[10].
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ken Kamerun yoshlar terma jamoasi tarkibida 8 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ukraina kubogi finalchisi (1): 2018—2019
- Ukraina Birinchi ligasining bronza medali sovrindori (1): 2019—2020
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „FC Barcelona Juvenil A - 2011 / 2012“. 2016-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Вихованець «Барселони» перейшов в «Карпати»“. 2013-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Прем’єр-ліга. «КАРПАТИ» — «ШАХТАР» — 3:2 (Оновлено)“. 2013-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-sentyabr.
- ↑ „Yella na pravax orendi gratime v Ugorщinі“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.
- ↑ „„Karpati“ і Yella pripinyat spіvpratsyu“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.
- ↑ „Armand Ella Ken pilkarzem Sandecji“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.
- ↑ Armand Ella odszedł z Sandecji
- ↑ „Ingules podpisal vospitannika Barseloni“. 2017-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.
- ↑ Bukovina podpisala dvux legionerov
- ↑ Xavbek Ella pokinul Bukovinu