Arif Erdem
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Arif Erdem | ||
Tavallud sanasi | 2-yanvar 1972-yil | ||
Tavallud joyi | Istanbul, Turkiya | ||
Boʻyi | 1.80 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1986-19?? | Yeşilılgazspor | ||
19??-1991 | Zeytinburnuspor | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1991—2000 | Galatasaray | 244 | (64) |
2000 | Real Sociedad | 2 | (1) |
2000—2005 | Galatasaray | 103 | (41) |
Milliy terma jamoa | |||
1991—1993 | Turkiya U21 | 10 | (1) |
1993 | Turkey Olympic | 5 | (1) |
1994—2003 | Turkiya | 60 | (11) |
Boshqargan klublari | |||
2006—2011 | İstanbul B.B. (Yordamchi) | ||
2011—2012 | İstanbul B.B. | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Arif Erdem (1972-yil 2-yanvarda tugʻilgan) — turkiyalik nafaqadagi futbol murabbiyi va sobiq professional futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. 1990-yilda mahalliy „Zeytinburnuspor“ klubida ish boshlagan Erdem 15 yillik professional faoliyatini muvaffaqiyatli oʻtkazgan. U 341 liga oʻyinida 106 gol urgan va 2001-02-yilgi mavsum yakunida Ilhan Mansiz bilan birga Superliganing eng yaxshi toʻpurari (Gol Krali) boʻlgan[1].
„Galatasaroy“ bilan 14 yillik faoliyati davomida Erdem yettita Superliga[2] va beshta Turkiya kubogi[3] hamda 2000-yilda UEFA kubogini qoʻlga kiritgan[4]. U 2002-yilgi FIFA Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan Turkiya terma jamoasining asosiy oʻyinchilaridan biri edi[5]. Erdem Turkiya terma jamoasi tarkibida 60 marta maydonga tushib, 11 gol urgan[6].
U 2011—2012-yillarda İstanbul Büyükşehir Belediyespo klubini boshqargan.
Klubdagi faoiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erdem 1991-yil 1-iyunda Galatasaroy bilan ilk professional shartnomasini imzolashdan oldin „Zeytinburnuspor“da oʻynagan. U klubdagi ilk mavsumida jami 29 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan. Erdem keyingi mavsumda kamroq oʻyin oʻtkazgan: 18 oʻyinda 4 ta gol urgan. Klub ichki treblga erishgan (Super Lig, Turkiya kubogi va Turkiya Superkubogi). Keyingi mavsum, 1993-94, Erdem uchun shu kungacha eng muvaffaqiyatlisi boʻlgan. Uning ligadagi toʻqqizta goli „Galatasaroy“ga yana bir chempionlikni qoʻlga kiritishga yordam bergan[7]. Erdem 1999—2000-yillardagi UEFA Kubogida gʻalaba qozonganidan soʻng „Galatasaroy“dagi birinchi faoliyatini yakunlagan, jami oltita liga, toʻrtta kubok va yana toʻrtta superkubok chempionligini qoʻlga kiritgan.
Erdem 2000-01-yilgi mavsum boshida „Galatasaroy“dan „Real Sosedad“ga oʻtgan. Ammo u klubga qoʻshilganidan afsusda boʻlib, „Men xohlagan yagona narsa Yevropa jamoasiga oʻtish edi.. Men bu haqda oʻylamagan edim, birinchi boʻlib olgan taklifimga imzo chekgandim“ deya aytib oʻtgan[8]. Erdem oʻz faoliyati davomida jarohatlar bilan qiynalgan va u olti oydan soʻng ikki oʻyinda bitta gol urib, ispan klubini tark etgan. U 2000-yilning 14-noyabrida Galatasaroy bilan shartnoma imzolagan[7]. Keyingi mavsumda Erdem klub bilan yettinchi liga chempioni boʻlish yoʻlida gollar urgan va Superliganing eng yaxshi toʻpurariga beriladigan Gol Krali mukofotini qoʻlga kiritgan[9]. Erdem 2004-05-yilgi mavsumda Turkiya kubogini yutib, professional faoliyatini yakunlagan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erdem xalqaro faoliyatini Turkiya U21 terma jamoasida 1991-yilda boshlagan va 10ta oʻyinda bitta gol urgan. U 1993-yilda Turkiya olimpiya terma jamoasi bilan Akdeniz kubogida qatnashgan va 1994-yilda oʻzining birinchi kattalar terma jamoasiga chaqirilgan. Uning katta xalqaro faoliyati 1994-yildan 2003-yilgacha davom etgan va u yerda 60 oʻyinda 11 gol urgan[7].
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erdem 2006-yildan beri Istanbul Buyukshehir Belediyespor jamoasida yordamchi murabbiy boʻlib kelgan[10]. 2011-yilning 18-noyabrida Abdulla Avji Turkiya milliy futbol jamoasiga tayinlanganidan soʻng Istanbul Buyukshehir Belediyespor jamoasining yangi bosh murabbiyi boʻlgan[11]. Mavsum oxirida uning shartnomasi 2012-yilning 14-mayida klub tomonidan bekor qilingan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erdem asli alban millatiga mansub[12][13].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Yevropa | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Galatasaray | 1991-92 | 27 | 4 | 2 | 0 | 6 | 1 | 35 | 5 |
1992-93 | 15 | 3 | 3 | 1 | 1 | 1 | 19 | 5 | |
1993-94 | 26 | 9 | 6 | 2 | 9 | 2 | 41 | 13 | |
1994-95 | 32 | 2 | 8 | 1 | 8 | 3 | 48 | 6 | |
1995-96 | 32 | 8 | 7 | 2 | - | 39 | 10 | ||
1996-97 | 31 | 8 | 2 | 0 | 4 | 1 | 37 | 9 | |
1997-98 | 33 | 9 | 8 | 3 | 8 | 1 | 49 | 13 | |
1998-99 | 27 | 14 | 6 | 4 | 6 | 1 | 39 | 19 | |
1999-00 | 21 | 7 | 3 | 0 | 15 | 1 | 39 | 8 | |
Jami | 244 | 64 | 45 | 13 | 57 | 11 | 346 | 88 | |
Real Sociedad | 2000-01 | 2 | 1 | - | - | 2 | 1 | ||
Galatasaray | 2000-01 | 20 | 5 | 3 | 2 | 4 | 0 | 27 | 7 |
2001-02 | 32 | 21 | 0 | 0 | 13 | 2 | 45 | 23 | |
2002-03 | 25 | 11 | 2 | 0 | 5 | 1 | 32 | 12 | |
2003-04 | 15 | 3 | 0 | 0 | 6 | 2 | 21 | 5 | |
2004-05 | 11 | 1 | 2 | 0 | - | 13 | 1 | ||
Jami | 103 | 41 | 7 | 2 | 28 | 5 | 138 | 48 | |
Karyerada jami | 349 | 106 | 52 | 15 | 85 | 16 | 484 | 136 |
Xalqaro maydaondagi gollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]№ | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 31.08.1994 | Filipp II Arena, Skopye, Makedoniya Respublikasi | Shimoliy Makedoniya | 2-0 | Oʻrtoqlik | |
2 | 10.09.1997 | Stadio Olimpiko, Serravalle, San-Marino | San-Marino | 5-0 | 1998-yilgi jahon chempionati saralashi | |
3 | ||||||
4 | 4.09.1999 | Windsor Park, Belfast, Shimoliy Irlandiya | Shimoliy Irlandiya | 3-0 | Yevro 2000 saralashi | |
5 | ||||||
6 | ||||||
7 | 14.11.2001 | Ali Sami Yen stadioni, Istanbul, Turkiya | Avstriya | 5-0 | 2002-yilgi jahon chempionati saralashi | |
8 | ||||||
9 | 21.08.2002 | Huseyin Avni Aker stadioni, Trabzon, Turkiya | Gruziya | 3-0 | Oʻrtoqlik | |
10 | 7.09.2002 | Ali Sami Yen stadioni, Istanbul, Turkiya | Slovakiya | 3-0 | Yevro-2004 saralashi | |
11 |
== Yutuqlar ==; Galatasaroy
- Superliga : 1992-93, 1993-94, 1996-97, 1997-98, 1998-99, 1999-2000, 2001-02
- Turkiya kubogi : 1992-93, 1995-96, 1998-99, 1999-2000, 2004-05
- Turkiya Superkubogi : 1992-93, 1995-96, 1996-97
- Kansler kubogi : 1994-95
- UEFA kubogi : 1999-2000; Turkiya
- FIFA Jahon chempionati uchinchi oʻrin: 2002[14][15][16]; Shaxsiy yutuqlar
- Gol Krali : 2001-02 (21 gol)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ligin Gol Kralları“ (turkcha). tff.org. 2010-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-sentabr 2010-yil.
- ↑ „Spor Toto Süper Lig Arşivi“ (turkcha). tff.org. 2010-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-sentabr 2010-yil.
- ↑ „Türkiye Kupası Tarihçesi“ (turkcha). tff.org. Qaraldi: 30-sentabr 2010-yil.
- ↑ „UEFA Cup 1999–2000“. rsssf.com. Qaraldi: 30-sentabr 2010-yil.
- ↑ „2002 FIFA World Cup Korea/Japan“. fifa.com. 2007-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-sentabr 2010-yil.
- ↑ „ARİF ERDEM“ (turkcha). tff.org. Qaraldi: 30-sentabr 2010-yil.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 „ARİF ERDEM“ (turkcha). tff.org. Qaraldi: 30-sentabr 2010-yil.
- ↑ „Arif Erdem konuştu“ (turkcha). sabah.com.tr. Qaraldi: 30-sentabr 2010-yil.
- ↑ „Ligin Gol Kralları“ (turkcha). tff.org. 2010-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-sentabr 2010-yil.
- ↑ „Futbol Teknik Kadro“ (turkcha). 2010-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-sentabr 2010-yil.
- ↑ „Belediye'de Arif Erdem dönemi“ (turkcha). NTVSpor.net. Qaraldi: 18-noyabr 2011-yil.
- ↑ „Arif Erdem“.
- ↑ „FETO fugitive ex-footballer spotted in US“.
- ↑ Crouch, Terry. The World Cup - The Complete History. Great Britain: Aurum Press Ltd, 2002 — 548-bet. ISBN 1845131495.
- ↑ „2002 FIFA World Cup Korea/Japan™“ (En). FIFA. 8-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2022-yil.
- ↑ „Korea Republic 2 – 3 Turkey“ (En). FIFA. 8-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2022-yil.