Albanlar
Albanlar (oʻzlarini shkiptar deb ataydilar) – Albaniya Respublikasining asosiy xalqi. Umumiy soni 6,1 mln. (1992). Albaniyada 3,250 mln kishi, Yugoslaviyada (1,985 mln. kishi), Makedoniyada (500 ming kishi), Italiyada, Gresiyada, Rossiya Federatsiyasi va boshqa davlatlarda istiqomat qilishadi. Tili hind-yevropa tillari oilasiga kiradi. A. kad. davrlarda Bolqon yarim orolning gʻarbiy qismida yashagan illiriy, qisman frakiylar avlodidir. „Albanlar“ etnonimi dastlab mil. 2-asrga oid manbalarda tilga olinib, 11-asrdan hozirgi Al-baniyaning butun aholisiga nisbatan qoʻllangan. A. yevropeoid irqiga mansub. A.ning koʻpchilik qismi islom dinini qabul qilgan, bir qismi pravoslav va katolik. Dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadilar. Sanoatda ham ishlaydilar.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |