Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi
Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbolida Angola sharafini himoya qiladi. Angola ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Angola Futbol Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Angola ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA reytingidagi eng yaxshi oʻrni 2003-yil dekabr oyida 82-oʻrin boʻlgan. Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi saralangan yagona mintaqaviy turnirlar 1995 va 2002-yillardagi Afrika ayollar chempionatlari boʻlib, Angola ayollar milliy futbol terma jamoasining bundagi eng yaxshi yakuni 1995-yilgi turnirda yarim finalchi boʻlganligidir. Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi boshqa koʻplab Afrika davlatlaridan farqli oʻlaroq, hech qachon ogʻir magʻlubiyatga uchramagan. Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi kamdan-kam hollarda ikkitadan koʻp gol farqi bilan magʻlub boʻlishdi.
Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi 1995-yilda Afrika ayollar chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan. Angola 2002-yilda ham chempionatga yoʻllanma oldi, u yerda Zimbabve va Janubiy Afrika ayollar milliy futbol terma jamoasini magʻlub etdi, ammo Kamerun ayollar terma jamoasiga bitta gol farqi bilan yutqazdi. Oʻshandan beri Angola boshqa Afrika ayollari chempionatida qatnasha olmadi.
2008-yilgi Olimpiada oʻyinlariga saralash bosqichida Angola Ganaga yutqazib qoʻyib birinchi bosqichdan keyingi turlarga oʻtolmadi. Biroq, Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻsha yili COSAFA kubogi finaliga qadar etib borishdi va u yerda Janubiy Afrika ayollar terma jamaosi bilan uchrashdi va ularni 3:1 hisobida magʻlub etishdi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻzining birinchi oʻyinini 1995-yil 7-yanvarda Janubiy Afrika ayollar terma jamoasiga qarshi oʻtkazdi va oʻsha oʻyinda 3:1 hisobida magʻlub boʻldi.
2002-yil ayollar oʻrtasidagi Afrika chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi 2002-yilgi Afrika ayollar chempionati saralashida Ekvatorial Gvineya ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda qatnashgan. Ikkala oʻyin ham mos ravishda 3:0 va 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi ikkinchi raund oʻyinlarida Kongo ayollar terma jamoasi bilan oʻynadi. Birinchi oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan va ikkinchi oʻyinda ham 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan, ammo penaltilarda 5:4 hisobida gʻalaba qozongan va Nigeriyada boʻlib oʻtgan turnirga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.
Bu safar Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi Zimbabve, Janubiy Afrika va Kamerun bilan birga bir guruhdan joy oldi. Birinchi oʻyin Zimbabvega qarshi kechgan va 16-daqiqada jamoa sardori Irene Gonsalvesning goli bilan 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan. Janubiy Afrika ayollar terma jamoasiga qarshi ikkinchi oʻyinda ham xuddi shunday natija qayd etilgan boʻlsa, bu safar 75-daqiqada Jacinta Ramosning goli bilan yakunlandi. Oxirgi oʻyin Kamerunga qarshi 89-daqiqada 1:0 hisobida magʻlub boʻldi va Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi ushbu turnir va mos ravishda Jahon chempionatiga chiqa olmadi.
2006-yil ayollar oʻrtasidagi Afrika chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi (laqabi: Welwitschias) 2006-yilgi ayollar oʻrtasidagi Afrika chempionati/2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralashida birinchi turda Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi Ekvatorial Gvineya ayollar terma jamaosiga qarshi oʻynagan, birinchi oʻyinda 3:2 hisobida gʻalaba qozongan, ammo ikkinchi oʻyinda 3:1 hisobida magʻlub boʻlgan va umumiy hisobda 5:4 hisobida magʻlub boʻlgan. Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi 2006-yilgi Afrika ayollar chempionatiga ham, Xitoyda boʻlib oʻtgan 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatiga ham yetib bormadi.
2007-yilgi Butun Afrika oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi 2007-yilda Jazoirda boʻlib oʻtgan saralash bosqichida birinchi marta Butun Afrika oʻyinlari futbol turniriga chiqishdi. Angola ayollar milliy futbol terma jamoasining raqibi Janubiy Afrika ayollar terma jamoasi edi. Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi oʻyinda 3:2 hisobida gʻalaba qozonishdi va ikkinchi oʻyinda 4:0 hisobida magʻlub boʻlishdi va umumiy hisobda 6:3 hisobida yakunlandi va shu tariqa turnirdan chiqib ketishdi.
2008-yilgi Olimpiada oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi 2008-yilgi Olimpiada oʻyinlarining futbol turniri saralash bosqichida debyut qildi. Angola ayollar milliy futbol terma jamoasining birinchi raqibi Tanzaniya ayollar terma jamoasi boʻldi, lekin Tanzaniya terma jamoasi turnirni muddatidan oldin tark etdi. Shunday qilib, Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi keyingi bosqichga avtomatik tarzda chiqdi. Ikkinchi raundda Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi Gana bilan oʻynadi va ikkala oʻyinda ham 2:1 va 2:0 hisobida magʻlub boʻldi va ular uchun musobaqa umumiy 4:1 hisobi bilan yakunlandi.
2010-yilgi Afrika ayollar chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi 2010-yilgi ayollar oʻrtasidagi Afrika chempionati/2011-ilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichida Namibiya ayollar terma jamoasiga qarshi CAF birinchi raundida ishtirok etdi va birinchi oʻyinda 2:1 hisobida magʻlub boʻldi. Ikkinchi oʻyinda 1:1 hisobi qayd etildi.[1] Natijada Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi ikkala turnirda ham ishtirok eta olmadi.
2011-yilgi Butun Afrika oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi 2011-yilda Mozambikda boʻlib oʻtgan Butun Afrika oʻyinlarida Zimbabve ayollar terma jamoasiga umumiy hisobda 3:1 hisobida yutqazib (1:1 hisobida durang, 2:0 hisobida magʻlub boʻlganidan keyin) turnirda ishtirok eta olmadi. Shuningdek, bu oʻyinlar Angola ayollar milliy futbol terma jamoasining shu kungacha bu turnirdagi oʻtkazgan soʻnggi oʻyinlari boʻldi.
2012-yilgi Olimpiya oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilgi Butun Afrika oʻyinlaridan bir-yil oʻtganiga qaramay, 2012-yilgi Olimpiada oʻyinlarining futbol boʻyicha Afrika saralash bosqichi 2011-yilgi Butun Afrika oʻyinlari saralash bosqichidan 4 oy oldin oʻtkazildi. Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi saralash bosqichida yana Namibiya ayollar terma jamoasi bilan juftlik hosil qildi. Ular ikkala oʻyinda mos ravishda 2:2 va 0:0 hisobida durang oʻynashdi, biroq mehmondagi gollar qoidasi tufayli Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi magʻlub boʻlishdi. Natijada Buyuk Britaniyada boʻlib oʻtgan musobaqaga Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi chiqa olmadi
2014-yilgi ayollar oʻrtasidagi Afrika chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi 2014-yil kuzida Namibiyada boʻlib oʻtgan 2014-yilgi Afrika ayollar chempionati /2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichiga qatnasha olmadi.
Jamoa tasviri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoaning uy stadioni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi uy uchrashuvlarini Estádio Nacional de Ombaka stadionida oʻtkazadi.
Angola ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlar natijasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Statistik maʼlumotlar 2014-yil 23-iyun holatiga koʻra toʻgʻri
Raqib terma jamoa | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar nisbati |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Kamerun | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 1 | −1 |
Kongo Demokratik Respublikasi | 2 | 1 | 0 | 1 | 1 | 1 | 0 |
Ekvatorial Gvineya | 4 | 3 | 0 | 1 | 10 | 6 | +4 |
Gana | 2 | 0 | 0 | 2 | 1 | 4 | −3 |
Mozambik | 1 | 1 | 0 | 0 | 4 | 0 | +4 |
Namibiya | 5 | 1 | 3 | 1 | 7 | 5 | +2 |
Janubiy Afrika | 7 | 2 | 2 | 3 | 13 | 21 | −8 |
Eswatini | 1 | 1 | 0 | 0 | 2 | 0 | +2 |
Zimbabve | 7 | 1 | 3 | 3 | 4 | 8 | −4 |
Jami | 31 | 11 | 8 | 12 | 46 | 48 | −2 |
Angola ayollar milliy futbol terma jamoasining murabbiylar shtabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi murabbiylar shtabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil iyul holatiga koʻra
Lavozimi | Ismi | Man. |
---|---|---|
Bosh murabbiy | Souza Garcia |
Bosh murabbiylar tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Lurdes Lutonda (??-2021)
- Souza Garsiya (2021-
Angola ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi tarkib
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yilgi COSAFA ayollar chempionatida quyidagi futbolchilar Angola ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirildi[2]. Statistika 2021-yil 7-aprel hotiga koʻra berilgan.
Angola ayollar milliy futbol terma jamoasining yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]Ayollar oʻrtasidagi Afrika chempionati
COSAFA ayollar chempionati
Mintaqaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]
Angola ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro turnirlardagi natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]Chempion Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin Toʻrtinchi oʻrin FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yozgi Olimpiada oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Afrika ayollar millatlar kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Afrika oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
COSAFA ayollar chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
- 2-martda tugʻilganlar
- 1995-yilda tugʻilganlar
- 4-aprelda tugʻilganlar
- 2002-yilda tugʻilganlar
- 19-sentyabrda tugʻilganlar
- 1997-yilda tugʻilganlar
- 12-sentyabrda tugʻilganlar
- 1999-yilda tugʻilganlar
- 29-aprelda tugʻilganlar
- 24-aprelda tugʻilganlar
- 16-avgustda tugʻilganlar
- 4-martda tugʻilganlar
- 1992-yilda tugʻilganlar
- 14-mayda tugʻilganlar
- 11-iyulda tugʻilganlar