Kontent qismiga oʻtish

Afrika oʻyinlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Afrika oʻyinlari — Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi shofeligidagi yirik mintaqaviy sport musobaqalari hisoblanadi. 1965-yildan Afrika sporti Oliy kengashi (KSSA; 1965-yilda Afrika sporti doimiy qo'mitasi oʻrniga tuzilgan) tomonidan oʻtkazib kelinadi. Bu Oliy kengashga 50 ga yaqin mamlakat aʼzo boʻlgan (1989). Afrika o'yinlari dasturida basketbol, boks, kurash, velosport, voleybol, qoʻl toʻpi, dzyudo, yengil atletika, suvda suzish, futbol va sportning boshqa turlari mavjud.