Kontent qismiga oʻtish

Amur (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amur
Tavsif
Uzunligi 2 824
Maydoni 1 855 000 km²
Suv sarfi 12 800 m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya va Xitoy
Amur (daryo)

Amur (ruscha: река́ Аму́р) — Sharqiy Osiyodagi daryo, Shilka va Argun daryolari qoʻshilishidan hosil boʻladi. Amur limani va Saxalin qoʻltigʻi orqali Oxota dengiziga quyiladi. Uzunligi 2824 km, Argun irmogʻi boshidan esa 4440 km. Havzasining maydoni 1855 km². Amur yuqori oqimida baland togʻlar orasidan, oʻrta va quyi oqimida esa pasttekisliklardan oʻtadi. Amurga 10600 katta-kichik soy va 61400 ga yaqin koʻl qoʻshiladi. Amur asosan yozgi-kuzgi mus-son yomgʻirlaridan suv oladi. Yozgi mus-son yomgʻirlari davrida daryo toʻlib oqadi, baʼzan toshadi. Asosiy irmoqlari: Zeya, Bureya, Amgun (chapdan), Soʻngari, Ussuri (oʻngdan). Oʻrtacha suv sarfi Bogorodskoye qishlogʻida 10900 m³/sek (maksimali 40000 m³/sek, minimali 611 m³/sek). Amur noyabr boshidan may boshigacha muzlaydi. Eng katta suv toshqinlari 1897, 1928 va 1956-yillarda boʻlgan. Amur irmoqlari bilan Uzoq Sharkdagi eng katta transport magi-strali hisoblanadi. Amurda kema qatnaydi. Amurda 100 ga yaqin baliq turi bor, ulardan 20 turi endemik. Asosiy ovlanadigan baliq turlari: amur osyotri, beluga, tay-men, oq amur, sazan, laqqa baliq, olabugʻa va boshqa

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.