Kontent qismiga oʻtish

Amfibiya odam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amfibiya odam
Asl nomi Человек-амфибия
Muallif(lar) Aleksandr Belyayev
Tarjimon(lar) Nizom Komilov
Til ruscha
Janr(lar)i ilmiy-fantastik roman
Nashr etilgan sanasi 1928
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1970

„Amfibiya odam“ (ruscha: Человек-амфибия) – rus yozuvchisi Aleksandr Belyayev qalamiga mansub ilmiy-fantastik roman. Muallif romanni 1927-yil yozgan. Asar ilk bor 1928-yil „Вокруг света“ jurnalida chop etilgan. Kitob sifatida ham oʻsha yili nashr qilingan.

„Amfibiya odam“ni oʻzbek tiliga Nizom Komilov tarjima qilgan. Roman oʻzbek tilida ilk bor 1970-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida Belyayevning „KETS yulduzi“ romani bilan birga toʻplam oʻlaroq chop etilgan. 1989-yil „Amfibiya odam. Jahongir. KETS yulduzi“ toʻplamida qayta nashr qilingan.

Asar bosh qahramoni Ixtiandr ham suvda, ham qururlikda yashay oladigan odam-amfibiyadir.

Argentinalik doktor va jarroh Salvator oʻgʻli Ixtiandr umrini saqlab qolish uchun unga akula jabrasini beradi. Tajriba muvaffaqiyatli yakunlanadi, ammo Ixtiandr okeandan tashqarida uzoq payt yura olmaydi, aksar vaqtini suvda oʻtkazishga majbur boʻladi. Marvarid ovchisi Pedro Zurita Ixtiandr haqida bilib qoladi va uning gʻayriinsoniy qobiliyatlaridan foydalanmoqchi boʻladi.

Belyayevning boshqa asarlari kabi „Amfibiya odam“ romani ogʻir vaziyatlarda tirik qolish imkoniyatlarini koʻrib chiqadi. Bundan tashqari, asarda ilmiy tajribalarning axloqliligi talqin qilinadi. Romanda yana dunyodagi kambagʻal odamlarning ahvolini yaxshilash haqidagi sotsialistik gʻoyalar ham tilga olinadi.

  • Ixtiandr — odam-amfibiya
  • Baltazar — hindu; Ixtiandrning otasi boʻlishi mumkin
  • Pedro Zurita — „Meduza“ kemasi egasi
  • Salvator — doktor, jarroh va buyuk olim
  • Jim — negr, Salvator xizmatchisi
  • Kristo — Baltazarning akasi
  • Guttiere — Baltazarning oʻgay qizi
  • Olsen — fabrika ishchisi, Guttierening sevgilisi
  • Dolores — Pedro Zuritaning onasi
  • Don Flores de Larra — sud xizmatchisi
  • Augusto de — prokuror
  • Xuan de Garsilasso — yepiskop
  • Sheyn — professor
  • Arman Vilbua — okeanograf, Salvatorning doʻsti
  • Lidding — Ixtiandrning delfin doʻsti

Oʻzbekcha tarjimasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

KETS yulduzi. Amfibiya odam

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Amfibiya odamni„ni oʻzbek tiliga Nizom Komilov tarjima qilgan. Roman oʻzbek tilida ilk bor 1970-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida Belyayevning „KETS yulduzi“ romani bilan birga toʻplam oʻlaroq chop etilgan. Mazkur toʻplamni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: E. Mirobidov – muharrir, G. Jirnov – rassom, K. Nazarov – rasmlar muharriri, L. Shishikina – texnik muharrir, M. Azimboyeva – musahhih. Kitob adadi – 45 000 nusxa.

Amfibiya odam. Jahongir. KETS yulduzi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roman 1989-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida „Amfibiya odam. Jahongir. KETS yulduzi“ toʻplamida qayta nashr qilingan. Toʻplamni oʻzbek tiliga 1963-yil „Молодая гвардия“ nashriyoti chop etgan ruscha nashridan Nizom Komilov tarjima qilgan. Asar soʻzboshini M. Mahmudov yozgan.

Tahrir hayʼati Hakim Nazir (rahbar), Anvar Obidjon, Farhod Musajonov, Quddus Muhammadiy, Raim Farhodiy, Poʻlat Moʻmin, Ergash Raimov, Xudoyberdi Toʻxtaboyev hamda Nosir Fozilovlardan iborat boʻlgan. Mazkur nashrni tayyorlashda yana quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Joʻrayeva – muharrir, L. Davats, A. Shatalov – rassomlar, A. Kiva – rasmlar muharriri, V. Barsukova – texnik muharrir, SH. Sobirova, SH. Nazarova – musahhihlar. Kitob adadi – 30 000 nusxa.