Allegretto
Qiyofa
Allegretto (italyancha: „allegretto“ — tezroq) — 1) oʻrtacha tezlikdagi musiqa sur’ati koʻrsatkichi. Allegro va Andante oʻrtasidagi tezlik belgisi boʻlib, qisqartirib all-to shaklida ham yoziladi[1];
2) shu sur’atda ijro etiladigan musiqa asari yoki uning qismi[2]. Oʻzbekiston kompozitorlari asarlarida, koʻproq, sur’at sifatida ishlatiladi: Ikrom Akbarovning 1-kvarteti (1-qismi) va 3-kvarteti (2-qismi), Sulaymon Yudakovning „Maysaraning ishi“ operasidagi Hidoyatxon qoʻshigʻi va boshqa[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.
- ↑ I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987.
- ↑ "Allegretto" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Allegretto haqida turkum mavjud |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |