Allegro
Allegro (italyancha: „allegro“ — jonli, quvnoq, xushchaqchaq) — musiqada: 1) tez musiqa sur’ati koʻrsatkichi[1][2];
2) shu sur’atda ijro etiladigan musiqa asari yoki uning qismi[1][2]. Odatda sonata, kvartet, simfoniya va boshqalarning birinchi (baʼzan, toʻrt va boshqalar) qismi. Sonata allergosi — sonata-simfonik turkumi bosh (birinchi) yoki soʻnggi qismining mumtoz tuzilmasi (qarang Sonata shakli).
Oʻzbekiston kompozitorlari asarlarida keng ishlatiladi. Masalan, Ik. Akbarovning „Shoir xotirasiga“ poemasi, R. Hamroyevning 1-simfoniyasi (1-qism), „Maftuningman“ kinofil-mida Sharif qoʻshigʻi (M. Burhonov) va boshqa;
3) jadal ijro etiladigan mashqlardan tuzilgan mumtoz raks mashgʻulotining bir qismi. Turli aylanishlar va sakrash malakasini takomillashtirishga yordam beradi;
4) Yevropada sakrama va oyoq uchida yurish harakatlariga asoslangan mumtoz raqs. Barcha joʻshqin raqslar Allergo sur’atida yaratiladi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987.
- ↑ 2,0 2,1 I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.
- ↑ "Allegro" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |