Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Obrazsov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aleksandr Obrazsov
Tavalludi 23-sentyabr 1944-yil
Vafoti 5-dekabr 2017-yil(2017-12-05)
(73 yoshda)
Sankt-Peterburg, Rossiya
Ijod qilgan tillari Rus tili
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya

Obrazsov Aleksandr Alekseyevich (23-sentyabr 1944-yil – 5-dekabr 2017-yil) sovet va rossiyalik yozuvchi, shoir, dramaturg va ssenariychi[1].

Aleksandr Alekseyevich 1944-yilda Amur viloyatining Svobodniy shahrida tugʻilgan.

1961-yildan boshlab Leningradda istiqomat qilgan. LDUning geografiya fakulteti okeanologiya yoʻnalishida 3-kursini hamda Adabiyot institutini tamomlab, diplom olgan. Sankt-Peterburg dramaturglar uyining asoschisi va prezidenti. 1989-yildan buyon Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Moskvadagi „Dramaturg“ jurnali ijodiy kengashining aʼzosi hisoblanadi[2].

Shoir 2017-yil 5-dekabrda, 74 yoshida vafot etgan[3]. Sankt-Peterburgdagi Shimoliy qabristonga dafn etilgan.

  • Radio pyesalari uchun ikkita umumittifoq mukofoti.
  • 2003-yilda Sergey Dovlatov mukofoti.
  • 2005-yilda Gʻalabaning 60 yilligiga bagʻishlangan Umumrusiya pyesalar tanlovida birinchi mukofot.