Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Juravlyov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Aleksandr Juravlyov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksandr Aleksandrovich Juravlyov
Tavallud sanasi 27-noyabr 1956-yil (1956-11-27) (67 yosh)
Tavallud joyi SSSR
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1975—1977 Kalininets KFK (KFK)
1978—1981 Uralmash 101 (5)
1982—1984 Paxtakor 77 (7)
1985—1986 YUGV
1991 Toronto Blizzard
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Aleksandr Aleksandrovich Juravlyov (ruscha: Журавлёв, Александр Александрович; 1956-yil 27-noyabr) – sovet nafaqadagi futbolchisi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.

U Sverdlovskning „Kalininets“ jamoasida havaskorlar musobaqalarida futbolchilik faoiyatini boshlagan. 1978-yilda u shaharning yetakchi jamoasi „Uralmash“ ga oʻtdi va toʻrt mavsum davomida birinchi va ikkinchi ligada 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.

1982-yilda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. U klub safida SSSR kubogidagi debyut uchrashuvini 1982-yilning 20-fevralida „Zvezda“ (Jizzax)ga qarshi oʻtkazib, gol urgan[1]. U oliy ligadagi debyutini 1982-yil 26-martda Moskvaing „Torpedo“ jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[2] va ilk golini 1982-yil 26-aprelda Bokuning „Neftchi“ jamoasiga qarshi oʻyinda kiritdi[3]. Oliy ligada atigi uch mavsumda u 77 ta oʻyin oʻtkazib, 7 ta gol urgan.

1980-yillarning oʻrtalarida u Janubiy kuchlar guruhi (Vengriya) jamoasida oʻynagan. 1991-yilda u Kanadaning Toronto Blizzard (1986–1993) jamoasida oʻynagan va Kanada vitse-chempioniga aylangan.

  1. „«Пахтакор» Ташкент 3 : 0 «Звезда» Джизак“. 2018-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-dekabr.
  2. „«Торпедо» Москва 0 : 0 «Пахтакор» Ташкент“. 2018-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-dekabr.
  3. „«Пахтакор» Ташкент 3 : 2 «Нефтчи» Баку“. 2018-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-dekabr.