Kontent qismiga oʻtish

Al Volid ibn Tolol as-Saud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al Volid ibn Tolol ibn Abdulaziz as-Saud
arabcha: الوليد بن طلال بن عبد العزيز آل سعود
Tavalludi 7-mart 1955-yil (1955-03-07) (69 yosh)
Fuqaroligi Saudiya Arabistoni
Otasi Talal bin Abdulaziz Al Saud
Onasi Mona Al Solh

Al Valid bin Talal Al Saud (arabcha: الوليد بن طلال آل سعود) – Saudiya Arabistonlik milliarder tadbirkor, investor, xayriyachi va qirol oilasi vakili. 2008-yilda dunyodagi eng nufuzli yuz kishining yillik roʻyxati boʻlgan Time 100 roʻyxatiga kiritilgan[1]. Al-Valid Saudiya Arabistonining birinchi qiroli Abdulaziz va Livanning birinchi bosh vaziri Riad Al-Solhning nabirasi.

Al-Valid moliyaviy xizmatlar, texnologiyalar va koʻchmas mulk sektorlari, turizm va mehmonxonalar, ommaviy axborot vositalari, koʻngilochar savdo, chakana savdo, qishloq xoʻjaligi, neft-kimyo, aviatsiya va boshqa sohalardagi kompaniyalarga sarmoya kiritgan „Kingdom Holding“ kompaniyasining asoschisi, bosh ijrochi direktori va 95 foiz ulushining egasi[2]. 2013-yilda kompaniyaning bozor kapitallashuvi 18 milliard dollardan oshdi[3]. U Parijdagi Four Seasons Hotel Jorj V va Nyu-Yorkdagi Plaza mehmonxonasining bir qismiga egalik qiladi[4][5]. „Time“ jurnali uni „arabistonlik Uorren Baffet“ deb atagan[6][7]. 2017-yil noyabr oyida Forbes Al-Validni 39,8 milliard dollar boyligi bilan dunyoning eng boy odamlari roʻyxatida 7-oʻringa kiritdi[8][9].

2017-yil 4-noyabr kuni Saudiya Arabistonida Al-Valid va boshqa taniqli saudiyaliklar (jumladan, milliarderlar Valid bin Ibrohim Al-Ibrohim va Solih Abdulloh Kamil) hibsga olindi, bu ishlar Saudiya hukumati tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash sifatida tavsiflangan[10][11]. Al-Validga qarshi ayblovlar orasida pul yuvish, poraxoʻrlik va tovlamachilik bor[12]. Hibsga olinganlarning baʼzilari oʻshandan beri Riyoddagi Ritz-Karltonda boʻlgan[13]. Al-Valid 2018-yilning 27-yanvarida, qariyb uch oylik hibsdan soʻng, moliyaviy kelishuvdan soʻng hibsdan ozod qilindi[14][15]. 2018-yil mart oyida jahon milliarderlari roʻyxatidan oʻchirildi[16]. „Gulf Business“ jurnali tomonidan 2013-yildan 2021-yilgacha „eng kuchli 100 nafar arab“ roʻyxatiga kiritilgan[17][18][19].

Bolaligi va taʼlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Valid bin Talal 1955-yil 7-martda Jiddada shahzoda Talal bin Abdulaziz va Mona al-Solh oilasida tugʻilgan[20][21][22][23]. Uning otasi 1960-yillar boshida siyosiy islohotlar tarafdori boʻlgani uchun quvgʻinga uchragan. Bundan oldin Saudiya Arabistoni moliya vaziri boʻlgan[24][25]. Talalning otasi qirol Abdulaziz edi. Uning buvisi 1921-yilda 12 yoshda, Abdulaziz esa 45 yoshda edi[26]. Uning onasi tomonidan bobosi va buvisi Livanning birinchi bosh vaziri Riad Al Solh va Suriya Bosh vaziri Saadallah al-Jobirining singlisi Fayza Al-Jobiriy edi[27].

Al Validning ota-onasi u yetti yoshida ajralishdi va u Livanda onasi bilan yashar edi[28]. Bayrutdagi Pinewood kollejida oʻqigan. Bolaligida Ar-Riyoddagi Qirol Abdulaziz harbiy akademiyasiga borgan[28]. 1974-yilda Livanga qaytib, Choueifat maktabida, keyin esa Manor maktabida oʻqidi. Al-Valid 1979-yilda Kaliforniyadagi Menlo kollejida biznes boshqaruvi boʻyicha bakalavr darajasini oldi[29][30]. 1985-yilda Sirakuza universitetining Maksvell fuqarolik va jamoatchilik bilan aloqalar maktabida ijtimoiy fanlar boʻyicha magistr darajasini oldi[31][32].

Al Valid oʻz biznes faoliyatini 1979-yilda Menlo kollejini tamomlagandan soʻng boshlagan. 1974-1985-yillardagi neft boʻhroni oʻrtasida boʻlgan Saudiya Arabistoniga qaytib keldi[33]. Ar-Riyoddagi kichik, toʻrt xonali kabinadan va otasi tomonidan taqdim etilgan 30 000 dollar boshlangʻich biznes boshlagan Al Valid 1980-yilda „Kingdom Establishment“ni tuzdi. Bu pul bir necha oy ichida tugagach, qisman „Citibank“ga tegishli Saudi American Bankdan 300 000 dollar kredit oldi. Al Valid qonuniy ravishda talab qilinadigan vositachi sifatida shartnomalarni osonlashtirish uchun komissiya olish oʻrniga, loyihadagi ulushni talab qildi. Uning birinchi muvaffaqiyati 1982-yilda Janubiy Koreyaning qurilish kompaniyasi bilan hamkorlikda boʻlgan va oʻsha paytdan boshlab uning komissiyalari uning koʻchmas mulk bitimlarini moliyalashtirishga sarflangan. Oʻzining soʻzlariga koʻra, bu qurilishdan olgan barcha daromadlarini koʻchmas mulkka va fond bozoriga kiritgan".

  1. Khan, Riz (12 May 2008). „Prince Alwaleed bin Talal“. Time. 20 April 2014da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19 April 2014.
  2. „Alwaleed About“. 2014-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-may.
  3. „Kingdom Holding on the Forbes Global 2000 List“. Forbes. 2016-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-iyul.
  4. „The 2009 TIME 100 Finalists“. Time.com (2009-yil 19-mart). 2016-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-iyul.
  5. William D. Cohan. „The Creation Myth of Prince Alwaleed bin Talal, Saudi Arabia's Billionaire Investor“. Vanity Fair. 2016-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-iyul.
  6. „Alwaleed bin Talal bin Abdulaziz Al Saud“. Alwaleed bin Talal bin Abdulaziz Al Saud. 2014-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-may.
  7. Jehl. „Buffett of Arabia? Well, Maybe“ (en). The New York Times (1999-yil 28-mart). 2017-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-may.
  8. „The World's Billionaires“. Forbes. Qaraldi: 2016-yil 2-mart.
  9. „Saudi Billionaire Alwaleed bin Talal's Net Worth Takes A Hit After News of His Arrest“. Forbes. 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-noyabr.
  10. Kirkpatrick. „Saudi Arabia Arrests 11 Princes, Including Billionaire Alwaleed bin Talal“ (2017-yil 4-noyabr). 2017-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-noyabr.
  11. Agencies, Daily Sabah With. „Alwaleed bin Talal, two other billionaires tycoons among Saudi arrests“. Daily Sabah (2017-yil 5-noyabr). 2017-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-noyabr.
  12. „Future Saudi king tightens grip on power with arrests including Prince Alwaleed“. Reuters (2017-yil 6-noyabr). 2017-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-noyabr.
  13. Prince Alwaleed bin Talal, billionaire investor, is released from custody in Saudi Arabia, relative says Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh.
  14. Waleed-freed-after-settlement-doc-y10ws2 „Saudi billionaire Prince Al Waleed freed after 'settlement'“ (2018-yil 27-yanvar). — „The prince was released following an undisclosed financial agreement with the government, similar to deals that authorities struck with most other detainees in exchange for their freedom.“. 2018-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-yanvar.
  15. Ben Hubbard, Billionaire Saudi Prince, Alwaleed bin Talal, Is Freed From Detention Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh., The New York Times (27 January 2017).
  16. Dolan, Kerry. „Why No Saudi Arabians Made The Forbes Billionaires List This Year“. Forbes (2018-yil 6-mart). 2018-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-mart.
  17. „Top 100 Powerful Arabs 2013“ (en). Gulf Business. Qaraldi: 2021-yil 16-avgust.
  18. „Top 100 Powerful Arabs 2017“ (en). Gulf Business. Qaraldi: 2021-yil 16-avgust.
  19. „Top 100 most powerful Arabs 2021“ (en). Gulf Business. Qaraldi: 2021-yil 16-avgust.
  20. Sherifa Zuhur. Saudi Arabia. ABC-CLIO, 31 October 2011 — 97-bet. ISBN 978-1-59884-571-6. 
  21. Gornail, Jonathan. „Newsmaker: Prince Al Waleed bin Talal bin Abdulaziz Al Saud“. The National (2013-yil 8-mart). Qaraldi: 2013-yil 18-iyul.
  22. Mamoun Fandy. (Un)civil War of Words: Media and Politics in the Arab World. Greenwood Publishing Group, 2007 — 43-bet. ISBN 978-0-275-99393-1. 
  23. Moubayed, Sami. „Lebanon cabinet: A tightrope act“. Lebanon Wire (2011-yil 1-fevral). 2013-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-aprel.
  24. Yitzhak Oron, Ed. (1961). "The Saudi Arabian Kingdom". Middle East Record 2: 417–431 (419). https://books.google.com/books?id=vzZ71Eh5QvMC&pg=PA419. 
  25. Dolan, Kerry A.. „Prince Alwaleed and the Curious Case of Kingdom Holding Stock“. Forbes (2013-yil 5-mart). 2017-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-avgust.
  26. „Asia Times Online“. 2002-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  27. The Middle East enters the twenty-first century, By Robert Owen Freedman, Baltimore University 2002, page 218.
  28. 28,0 28,1 Dolan, Kerry A.. „Prince Alwaleed and the Curious Case of Kingdom Holding Stock“. Forbes (2013-yil 5-mart). 2017-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-avgust.
  29. Nanette Asimov. „Tiny Menlo College is like home for Saudi elite“. SfGate (2015-yil 12-may). Qaraldi: 2020-yil 9-avgust.
  30. Peel, Michael. „Prince Alwaleed, singular Saudi scion“. Financial Times (2013-yil 8-mart). 2013-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-aprel.
  31. Rose, Kennedy. „Saudi prince who serves on Maxwell board arrested on charges related to corruption“. The Daily Orange (2017-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.
  32. „Prince Alwaleed bin Talal Al Saud“. Forbes (2011-yil mart). 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-avgust.
  33. Saudi Arabia.