Suriyaliklar
Qiyofa
Suriyaliklar (Suriya arablari) — xalq, Suriyaning asosiy aholisi. Suriyada 11,75 mln. kishi yashaydi (1990y.lar oʻrtalari). Shuningdek, Kuvayt (100 ming kishi)da ham yashaydi. Umumiy soni 11,85 mln. kishi. Arab tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar, shialar, xristianlar ham bor. Mil. 7-asrda Suriya Arab xalifaligiga qoʻshib olinishi natijasida mahalliy, oromiy tilda soʻzlashuvchi aholi tez surʼatlarda arablashgan va S. xalq sifatida shakllana boshlagan. Asosiy mashgʻulotlari — dehqonchilik, yarim koʻchmanchi chorvadorlik; S.ning bir qismi sanoatda band.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |