Kontent qismiga oʻtish

Al-Madiy masjidi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Al-Madiy masjidi
arabcha: مسجد المدي
Mamlakat  Saudiya Arabistoni
Shahar Ar-Riyod
Yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 1943-yilda qurilgan,
1998-yilda buzib tashlangan—2004-yilda qayta tiklangan
Oʻlchami 500 namozxon
Gumbazlar soni 4
Gumbazlar soni 4
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Minoralar balandligi 18 m
Holati amaldagi

Al-Madiy masjidi (arabcha: مسجد المدي), yoki al-Mediy masjidi[1] Saudiya Arabistonining ar-Riyod shahri, al-Murabba mahallasidagi tarixiy masjid, Qirol Abdulaziz tarixiy markazida joylashgan. Dastlab masjid 1943-yilda qurilgan, biroq 1998-yilda buzib tashlangan. Keyinchalik 2004-yilda ar-Riyod shahri Qirollik komissiyasi tomonidan siqilgan tuproq bloklari yordamida qayta qurilgan. Maydoni 457 kvadrat metr, qirol Abdulaziz ibn Abdurahmon as-Saud hukmronligi davrida koʻchmanchi qabilalar chorva mollarini sugʻorish uchun foydalangan yetti ustunli yirik havza – al-Madiy oʻrnida qurilgan.

Umumiy maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid 1943-yilda qirol Abdulaziz ibn Abdurahmon as-Saud davrida qurilgan va koʻchmanchi qabilalar chorva mollarini sugʻorish uchun foydalanadigan yetti ustunli yirik al-Madiy havzasi oʻrnida joylashgan[2]. 1998-yilda masjid Qirol Abdulaziz tarixiy markazi loyihasi doirasida buzib tashlangan va keyinchalik 2004-yilda siqilgan tuproq bloklari yordamida qayta qurilgan[3][4][5].

Masjid 2004-yilda shahzoda Salmon ibn Abdulaziz as-Saud tomonidan ochilgan[6]. Maydoni 457 kvadrat metr boʻlib, bir vaqtning oʻzida 500 nafar namozxonni oʻzida sigʻdira oladi. Gumbazi 4 ta[7], balandligi 18 metr boʻlgan 1 ta minorasi ham mavjud[8]. Masjid Islom poytaxtlari va shaharlari tashkiloti mukofoti sovrindori boʻlgan[9].

  1. Kennedy, Joseph F.. The Art of Natural Building - Second Edition - Completely Revised, Expanded and Updated: Design, Construction, Resources (en). New Society Publishers, 2014-07-01. ISBN 978-1-55092-560-9. 
  2. „تاريخ قصر ثليم مضيف البسطاء“. almrsal.com (2023-yil 17-iyun). Qaraldi: 2018-yil 25-oktyabr.
  3. „Al-Jazirah“. www.al-jazirah.com. Qaraldi: 2024-yil 22-dekabr.
  4. „مسجد المدي من أوائل المنشآت المعمارية بــ "الطين المضغوط"“ (ar). الاقتصادية (2009-yil 1-may). Qaraldi: 2024-yil 22-dekabr.
  5. „مسجد المدي من أوائل المنشآت المعمارية بــ "الطين المضغوط"“ (ar). الاقتصادية (2009-yil 1-may). Qaraldi: 2024-yil 23-avgust.
  6. „Al-jazirah“. www.al-jazirah.com. Qaraldi: 2024-yil 21-avgust.
  7. „Al-jazirah“. www.al-jazirah.com. Qaraldi: 2024-yil 23-dekabr.
  8. „أين يقع مسجد المدي؟“ (ar). سعوديبيديا (2023-yil 4-may). Qaraldi: 2024-yil 23-dekabr.
  9. „تمثل الجائزة التاسعة عربياً وعالمياً“. www.al-jazirah.com. Qaraldi: 2024-yil 23-dekabr.