Kontent qismiga oʻtish

Al-Jarroh ibn Abdulloh

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Al-Jarroh ibn Abdulloh al-Hakamiy
arabcha: أبو عقبة الجراح بن عبد الله الحكمي
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Jund al-Urdunn
Vafoti 730-yil 9-dekabr
Ardabil
Munosabatlari Al-Hajjoj (akasi)
Ota-onasi Abdulloh
Mansubligi Umaviylar xalifaligi
Qoʻshin turi general
Xizmat yillari 696–730-yillardan oldin
Janglari
  • Ibn al-Ashʼas qoʻzgʻoloniga qarshi hujum
  • Arab–Vizantiya urushlari

Abu Uqba al-Jarroh ibn Abdulloh al-Hakamiy (arabcha: أبو عقبة الجراح بن عبد الله الحكمي) – arab zodagoni, Hakamiy qabilasi sarkardasi. VIII asr boshlarida Basra, Seyiston, Xuroson, Armaniston va Eron Ozarbayjoni hokimi boʻlib xizmat qilgan. Xazarlarga qarshi yurishlari bilan mashhur boʻlgan va 730-yilda Ardabil jangida vafot etgan.

Tarixchi Balozuriy Axmad ibn Yahyoning maʼlumotlariga koʻra, al-Jarroh Jund al-Urdunnda (Iordaniya harbiy okrugi) tugʻilgan. 696-yilda Sufyon ibn al-Abrod al-Kalbiy va Abdurahmon ibn Habib al-Hakamiyga ergashib Iroqqa kelgan boʻlishi mumkin[1]. Abdurahmon ibn Habib va al-Jarroh Banu al-Hakam ibn Saʼd al-Ashira qabilasidan boʻlgan[2]. 701-yilda al-Jarroh Ibn al-Ash’as qoʻzgʻoloniga qarshi kurash olib borgan[1].

706 yoki bir necha yildan keyin, Iroq hokimi Hajjoj ibn Yusuf qoʻl ostida Basraga hokim etib tayinlangan va 715-yilda Yazid ibn al-Muhallab Hajjojning oʻrnini egallaguniga qadar ushbu lavozimda xizmat qilgan[1]. Yazid ham, shuningdek, al-Jarrohni Xurosonga joʻnab ketishidan oldin Iroqda oʻzining noibi etib tayinlagan. 717-yilda xalifa Umar II (hukmronligi 717–720) uni Xuroson va Seyiston hokimligida Yazidning vorisi deb eʼlon qilgan[1]. Al-Jarroh 719-yilning mart yoki aprel oylariga qadar Xurosonda qolgan. Bu lavozimda 17 oy davomida faoliyat olib borgan, biroq islom dinini qabul qilgan mahalliy aholiga nisbatan yomon munosabatda boʻlgani bois uning ustidan shikoyat tushgan va shu sababli ishdan boʻshatilgan. Soʻngra al-Jarrohning oʻrnini Abdurahmon ibn Nuaym al-Gʻomidiy egallagan[3]. 720-yilda Iroqqa qaytgach, al-Jarroh Maslama ibn Abdulmalik bilan birga Yazid ibn al-Muhallab qoʻzgʻolonini bostirishda kurashgan boʻlishi mumkin[1].

Oldingisi Xuroson va Seyiston hokimi
717–719
Keyingisi
Abdurahmon ibn Nuaym al-Gʻomidiy
Oldingisi
Milʼaq ibn Saffor al-Bahroniy]]
Armaniston va Ozarbayjon hokimi
722–725
Keyingisi
Oldingisi Armaniston va Ozarbayjon hokimi
729–730
Keyingisi