Aida Imanquliyeva
Aida Nasir gizi Imanguliyeva | |
---|---|
Tavalludi |
10-oktyabr 1939-yil Boku, Ozarbayjon SSR |
Vafoti |
19-sentyabr 1992-yil (52 yoshda) Boku, Ozarbayjon |
Fuqaroligi | SSSR va Ozarbayjon |
Mashhur ishlari | Birinchi ayol sharqshunoslik doktori |
Aida Nosir qizi Imanguliyeva (ozarbayjoncha: Aida Nəsir qızı İmanquliyeva 1939-yil 10-oktyabr – 1992-yil 19-sentyabr) – ozarbayjonlik olim hisoblanadi. Aida Imanquliyeva Bokuda oliy maʼlumotli oilada tavallud topgan[1]. Aida Imanquliyevaning otasi taniqli jurnalist, pedagog, xizmat koʻrsatgan fan arbobi – Nosir Imanguliyev uzoq vaqt Ozarbayjon matbuotining asoschilaridan biri, „Baki“ va „Boku“ gazetalari muharriri boʻlgan. U Ozarbayjonning hozirgi birinchi xonimi va Ozarbayjon vitse-prezidenti Mehribon Aliyevaning onasi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1957-yilda Aida Imanquliyeva Boku shahridagi 132-maktabni oltin medal bilan tamomlagan. 1957-yilda S. M. Kirov nomidagi Ozarbayjon Davlat universitetiga oʻqishga kirgan. 1962-yilda arab filologiyasini tamomlagandan soʻng, shu universitetning Oʻrta Sharq adabiyoti boʻlimining sharqshunoslik fakulteti qoshidagi akademik litseyda oʻqituvchi boʻlib qolgan..
Sobiq SSSR Fanlar akademiyasi Osiyo xalqlari institutida oʻqish va ilmiy izlanishlarini davom ettirgan hamda 1966-yilda arab filologiyasi fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
1966-yilda dissertatsiya himoyasidan soʻng Aida Imanguliyeva Ozarbayjon Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida kichik ilmiy xodim (1966-yil), katta ilmiy xodim (1973-yil), arab filologiyasi kafedrasi mudiri (1976-yil), tadqiqot ishlari uchun (1988-yil), direktor oʻrinbosari sifatida ish boshlagan. 1991-yildan umrining oxirigacha Ozarbayjon Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori lavozimida ishlab kelgan buyuk mutafakkir, davlat arbobi hamda professorlaridan biri boʻlgan[2].
1989-yilda Tbilisida ikkinchi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Aida Imanguliyeva birinchi sharqshunos ayol doktori boʻlgan hamda tez orada unga aynan shu mutaxassislik boʻyicha professor ilmiy darajasi berilgan[3].
Ijodkorligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aida Imanguliyeva uchta monografiya yozgan. ("Michail Nuayme va qalam ligasi”, M. 1975-yil, „Gubran Xalil Gubran“, B. 1975-yil, „Yangi arab adabiyotining korifeylari“, B. 1991-yil), 70 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi ham hisoblanadi. Aida Imanguliyeva bor eʼtiborini Sharq adabiyotiga qaratgan. Aida Imanguliyeva Ozarbayjon Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida faoliyat yurituvchi „Osiyo va Afrika mamlakatlari adabiyoti“ profili boʻyicha Mudofaa qoʻmitasining aʼzosi, rais oʻrinbosari hamda raisi sifatida faoliyat olib borgan professorlardan biri boʻlgan[4].
Aida Imanguliyeva Yaqin Sharq mamlakatlari va boshqa xorijiy mamlakatlarda (Moskva, Kiyev, Poltava, Sankt-Peterburg, Galle va boshqalar) Ozarbayjonning sharqshunosligi boʻyicha taqdimot namoyishlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Aida Imanquliyeva ilmiy-tashkiliy faoliyat sohasida arabshunoslarning yuqori ixtisoslashgan kadrlarini tayyorlashga katta eʼtibor qaratganligi bizga sir emas albatta.
Aida Imanguliyeva rahbarlik qilgan “Arab filologiyasi" kafedrasida uning rahbarligida oʻnlab nomzodlar dissertatsiyalarini himoya qilishgan.
Aida Imanguliyeva Butunittifoq Sharqshunoslar jamiyati Prezidiumi, Sharq adabiyoti tadqiqotlari boʻyicha Butunittifoq muvofiqlashtiruvchi kengashi va Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi boʻlib ham faoliyat olib borgan.
Koʻp yillar davomida Aida Imanguliyeva pedagogik faoliyat bilan shugʻullangan. Aida Imanguliyeva ADUda arab adabiyoti boʻyicha maʼruzalar ham oʻqiganligi bizga maʼlum[5].
Aida Imanguliyeva 1992-yil 19-sentyabrda 53 yoshida vafot etgan.
Mashhur arabshunos olim Aida Imanquliyevaning xotirasini abadiylashtirish maqsadida har yili BDU sharqshunoslik fakultetining yuqori kurs iqtidorli talabalaridan bir nafariga Aida Imanguliyeva nomidagi stipendiya ajratib kelinmoqda.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Аида Имангулиева-выдающийся ученый-востоковед“. 2011-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Aida İmanquliyeva“. Adam.Az. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Профессор Аида Имангулиева открыла новую страницу в изучении современной арабской литературы – Наргиз Пашаева“. trend.az. 2013-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Aida İmanquliyeva(1939-1992)“. 2017-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Аида Имангулиева занимает почетное место в нашей национальной истории как первая женщина ученый-востоковед в Азербайджане“. day.az.