Afgʻoniston Premyer-ligasi
Davlat | Afg‘oniston |
---|---|
Futbol tuzilmasidagi oʻrni | 1 |
Tashkil etilgan | 2012-yil |
Jamoalar soni | 26 |
Yuqori liga | OFK |
Pastki liga | Ligadan ishtirokchi klublarni chiqarib tashlash nazarda tutilmagan |
Amaldagi chempion | Tufan Xerirud |
Eng koʻp marta chempion | „Shaxin Asmaye“ (4karra) |
TV hamkorlar |
Tolo TV Lemar TV |
Veb-sayt | afghanpremierleague.com |
Joriy mavsum: Futbol boʻyicha Afgʻoniston chempionati 2019 |
Futbol bo‘yicha Afg‘oniston chempionati „Afg‘oniston Premer-ligasi“ (ing. Afghan Premier League; dariy. لیگ برتر فوتبال افغانستان; pushtu افغانستان غوره لیګ) — Afg‘oniston futbol federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadigan Afg‘oniston oliy futbol ligasi hisoblanadi. Ushbu turnir 2012-yilda tashkil etilgan. Turnirda Afg‘onistonning viloyat va shaharlaridan sakkiz klub sakkiz guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. Liga tashkil etilganidan beri ishtirokchi klublarning tarkibi o‘zgarmagan.
Qoidalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chempionat o‘ziga xos sxema bo‘yicha o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda jamoalar ikki guruhga bo‘lingan holda bir davrada aylana tizimida o‘ynaydi. To‘rtta jamoa keyingi bosqichga yo‘l oladi. Ular yarim finalda, so‘ngra chempion aniqlanadigan final bosqichida o‘ynaydi.
OFK milliy ligasi jadvali
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yil yakunlariga ko‘ra, OFKga aʼzo mamlakatlar milliy ligalari jadvalida (reytingida) (UEFA koeffitsiyentlari jadvaliga o‘xshash) Afg‘oniston oliy ligasi va umuman Afg‘oniston chempionati OFKga aʼzo 46 davlat orasida 37-o‘rinni egallagan. Afg‘oniston chempionatining umumiy reytingda 37-o‘ringa joylashishi Afg‘oniston Premer-ligasining bir ishtirokchisiga, yaʼni chempionat g‘olibiga OFK kubogining ikkinchi saralash bosqichida (Yevropaning UEFA ligasi Osiyo ekvivalenti) bitta o‘rin beradi. Reyting pastligi bois bu mamlakat futbol klublari hali OChLda ishtirok etish uchun kvotaga ega emas.
OFK milliy chempionati jadvali
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yil yakunlari bo‘yicha to‘liq yakunlanmagan reyting.
O‘rin | Davlat | Ochko |
---|---|---|
1 | BAA | 95.940 |
2 | Janubiy Koreya | 87.480 |
3 | Xitoy | 86.671 |
4 | Saudiya Arabistoni | 84.269 |
5 | Yaponiya | 83.464 |
6 | Qatar | 82.407 |
7 | Eron | 71.851 |
8 | Avstraliya | 64.752 |
9 | O‘zbekiston | 43.305 |
10 | Tailand | 42.568 |
11—32 … | … | |
32 | Laos | 3.439 |
33 | Bangladesh | 3.365 |
34 | Yaman | 3.358 |
35 | Kambodja | 3.312 |
36 | Tayvan | 2.769 |
37 | Afg‘oniston | 2.454 |
38 | Nepal | 1.228 |
39 | Butan | 0.875 |
40 | Makao | 0.815 |
41 | Bruney | 0.564 |
42 | Guam | 0.539 |
43—45 … | … | |
46 | Pokiston | 0.118 |
Afg‘oniston ligasi jamoalari va chempionlar ro‘yxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Guruh | Manzil (mintaqa) |
---|---|
De Abazin Seyp | Janubi-sharqiy |
De Maivand Atalan | Janubi-g‘arbiy |
De Spingar Bazan | Sharq |
Mavixay Amu | Shimoli-sharqiy |
Okvaban Hindukush | Markaz |
Semurg‘ Alborz | Shimoliy |
Tufan Xerirud | G‘arbiy |
Shaxin Asmaye | Qobul |
Mavsum | 1-o‘rin | 2-o‘rin | 3-o‘rin | To‘purarlar |
---|---|---|---|---|
2012 | Tufan Xerirud | Semurg‘ Alborz | De Maivand Atalan | Hamidulla Karimi (Tufan Xerirud) — 9 ta gol |
2013 | Shaxin Asmaye | Semurg‘ Alborz | Tufan Xerirud | Hamidulla Karimi (Tufan Xarirod), Hashmatulla Barakzay (Shaxin Asmaye) —7 tadan gol |
2014 | Shaxin Asmaye | Okaban Hindukush | De Spingar Bazan | Muhammad Rizo Rizoye (Okaban Hindukush) — 6 ta gol |
2015 | De Spingar Bazan | Shaxin Asmaye | De Maivand Atalan | Mustafo Afshar (De Maivand Atalan) — 5 ta gol |
2016 | Shaxin Asmaye | De Maivand Atalan | Semurg‘ Alborz | Amredin Sharifi (Shaxin Asmaye) — 6 ta gol |
2017 | Shaxin Asmaye | De Maivand Atalan | Semurg‘ Alborz | Amredin Sharifi (Shaxin Asmaye) — 5 ta gol |
2018 | Tufan Xerirud | Shaxin Asmaye | ||
2019 | Tufan Xerirud | Shaxin Asmaye | ||
2020 | Shaxin Asmaye | Semurg‘ Alborz |
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Guruh | Chempion | Ikkinchi o‘rin |
---|---|---|
Shaxin Asmaye | 5 (2013, 2014, 2016, 2017, 2020) | 3 (2015, 2018, 2019) |
Tufan Xarirod | 3 (2012, 2018, 2019) | 0 |
De Spingar Bazan | 1 (2015) | 0 |
Semurg‘ Alborz | 0 | 3 (2012, 2013, 2020) |
De Maivand Atalan | 0 | 2 (2016, 2017) |
0 | 1 (2014) | |
Mavixay Amu | 0 | 0 |
De Abazin Seyp | 0 | 0 |
Jamoalarning geografik joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Liga bahslarini yoritish va qo‘llab-quvvatlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Afg‘oniston Premer-ligasi o‘zining rasmiy veb-saytiga[1] ega hamda Afg‘onistondagi Facebook (390 000 dan ortiq obunachisiga ega), Twitter (8 000 dan ortiq obunachisiga ega) va Instagram (60 000 dan ortiq obunachisiga ega) kabi mashhur ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalari mavjud. Bundan tashqari, Afg‘oniston Premer-ligasining rasmiy YouTube kanali ham (16 000 dan ortiq obunachi)[2] mavjud bo‘lib, unda barcha liga o‘yinlari va ligaga oid turli videolar joylashtirib boriladi. Liga Afg‘onistonning mashhur „Tolo TV“ va „Lemar TV“ telekanallari, shuningdek, Afg‘oniston Premer-ligasi o‘yinlarini jonli sharhlovchi, liga o‘yinlariga bag‘ishlangan tahliliy ko‘rsatuvlarni efirga uzatuvchi baʼzi Afg‘oniston radiostansiyalari bilan o‘z o‘yinlarini o‘yinlar tugashidan oldin va tugashidan keyin ham translyatsiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Afg‘oniston oliy ligasi keng yoritilgani bois, milliy chempionat o‘yinlarini afg‘onlar, shuningdek, Afg‘onistondan tashqarida Pokiston, Eron, AQSh va Yevropada yashovchi bir necha million afg‘onlar katta qiziqish bilan tomosha qilishadi. Deyarli har bir uchrashuvda stadionlar to‘lib-toshadi. Afg‘oniston Premer-ligasining rasmiy homiylari qator Afg‘oniston xalqaro kompaniyasi va tashkilotlaridir. Liganing bosh homiysi Afg‘onistonning yirik telekommunikatsiya kompaniyasi Roshan hisoblangani bois, liga rasman „Afg‘oniston Roshan Premer-ligasi“ deb ham ataladi.