Ad hominem
Ad hominem (lotincha: "shaxsga qarshi") jumlasi qisqartma sifatida qoʻllaniluvchi argumentum ad hominem (lotincha: „shaxsga qarshi bahs“) bir necha turdagi argument (sabab)larga ishora qiluvchi, keltirilgan sabablarning barchasi notoʻgʻri boʻlgan falsafiy-mantiqiy munozaralarning bir turidir. Odatda, ushbu ritorik strategiyadan, biror mavzu yuzasidan kelib chiqqan munozaralarda, maʼruzachi uning fikriga nisbatan keltirilgan argumentni chetga surgan holda, u bilan bahs yuritayotgan shaxsning xarakteriga, motiviga yoki boshqa atributiga hujum qilish uchun quroli sifatida foydalanadi. Ad hominemning eng keng tarqalgan shakli: "A shaxs x fikrga daʼvo qiladi. B shaxs esa A kishi shaxsiyatida „nomaqbul xususiyat mavjud“, deya daʼvo qiladi. Ushbu sabab yuzasidan B shaxs x fikr haqida keltirilgan barcha argumentlar notoʻgʻri degan xulosaga keladi".
Ad hominem — lotincha ibora boʻlib, mantiqiy xatoning bir turi hisoblanadi. Unda argument uchun obyektiv va mantiqiy fikrlarni keltirish oʻrniga, argument keltirayotgan kishi xarakteri, motivi yoki boshqa atributlariga eʼtibor qaratilib, shu kishining ijobiy/salbiy tomonlarini koʻrsatish orqali isbot keltiriladi.
Yanglish ad hominem mulohazalari argumentning toʻgʻriligi deduksiya yoki sillogizmga emas, balki ushbu argumentni ilgari surayotgan kishining shaxsiyatiga aloqador sababga asoslangan holda yuzaga keladi.
Asosli ad hominem argumentlari norasmiy mantiqda yuzaga keladi va bunda argument keltirgan shaxs guvohlik, ekspertiza yoki oʻzlari ilgari surayotgan pozitsiyani tasdiqlovchi maʼlumotlarni nufuzli dalillarga suyangan holda keltiradi. Bunday holatda, daʼvo qiluvchining noxolis niyatdaligi, tajribasi kamligi (yoʻqligi) yoki manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligi haqida qarama-qarshi dalillar keltirilishi mumkin. Ad hominemning yana bir turida faqat biror bir sohaga ixtisoslashgan falsafiy taʼlimotlarda uchraydigan nishonga taalluqli eʼtiqodlar va dalillarni uning oʻziga qarshi ishlatishning dialektik strategiyasidan foydalaniladi. Lekin, eʼtiqod borasida argument keltirgan shaxs dalillarning asosli hamda toʻgʻri ekanligini inkor etadi.
Ad hominem boʻyicha tadqiqotlar ilk marta qadimgi Yunonistonda olib borilgan. John Locke (talaffuzi: Jon Lok) XVII asrda ad hominem boʻyicha tadqiqotlar olib borish tizimini qayta tikladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ad hominem argumentlari gʻarb falsafiy taʼlimotida qadimgi yunonlar davridan beri maʼlumdir. Arastu oʻzining Sophistical Refutations (tarj. Sofistik raddiyalar) asarida argumentni emas, balki savol beruvchining shaxsiyatini nishonga olish notoʻgʻri ekanligini batafsil bayon qiladi[2]. Qadimzamon tadqiqotlari orasida yanglish ad hominem argumentlarining koʻplab misollari pirronist faylasuf Sextus Empiricus asarlarida saqlanib qolgan. Ushbu argumentlardan raqiblar bir birining tushuncha va taxminlarining asossiz ekanligini oʻz dalillari hamda farazlari orqali koʻrsatish maqsadida bahslashuvchi tomonga qarshi dialektik strategiyaning bir qismi sifatida foydalanishadi. Shu tarzda, argumentlar shaxsga qaratilgan holda (ad hominem), lekin dalillar keltiruvchi kishining shaxsiyatiga bogʻliq xususiyatlariga hujum qilmasdan amalga oshirilganida oʻz asosligini saqlab qoladi[3].
Italiyalik polimat Galileo Galilei va ingliz faylasufi John Locklar argumentni ad hominemning bir shakli boʻlgan majburiyatdan kelib chiqqan holda koʻrib chiqishni afzal bilishgan. Yaʼni, keltirilgan argument raqibning tamoyillariga toʻgʻri keladimi yoki yoʻqligi asosida tekshirish zarurdir. XIX asrning oʻrtalarida ingliz mantiqshunos faylasufi Richard Whatley (talaffuzi: Richard Uotliy) tomonidan keltirilgan keng koʻlamli taʼrif orqali ad hominem atamasining zamonaviy tushunchasi shakllana boshlaydi. Whatelyga koʻra, ad hominem dalillari „shaxsning oʻziga xos holatlari, xarakteri, ochiq fikrlari yoki oʻtmishdagi xatti-harakatlariga qaratilgan“ boʻlishi kerak[4].
Ad hominem argumentlari haqidagi qadimiy tushuncha zamonaviy aristotel falsafa maktabi davomchilari orasida XIX asr va hatto XX asrlarda ham saqlanib qolgan. Misol uchun, Dominikanlik rohib va kardinal Tommaso Maria Zigliara, shubhasiz, aristotel maktabining qadimiy taʼlimoti munozaralariga tayangan holda, mutlaq va nisbiy namoyishlarni ajratib koʻrsatdi. Shu bilan birga u: "Mutlaq" dalil " — bizning haqiqatni tan olishimiz va qabul qilishimiz. Bunga qoʻshimcha sifatida, biz Xudoning mavjudligini yaratilishning tasodifiy tabiati va shunga oʻxshash boshqa dalillar asosida isbotlaganimiz kabi mutlaq olganda, toʻlaqonli va ishonchli xulosa qilishimiz mumkinligi, degan oʻziga xos nazariyani aristotel taʼlimotining qadimiy yoʻnalishidan zamonaviy maktabiga olib kirgan. Biroq, nisbiy ad hominem biz bahslashayotgan shaxs tomonidan qamrab olingan isbot va dalillar va ularning tan olingan hamda biz rad etadigan prinsiplardan kelib chiqishi, bunday prinsiplarning haqiqati haqidagi savolni chetga surib qoʻygan holda yuzaga qalqishi mumkin. Agar kimdir materialistlar yoki ratsionalistlar tomonidan tan olingan tamoyillarni oʻz taʼlimotlari yolgʻon ekanligiga ishontirish, deya qabul qilsa, biz yuqorida taʼkidlagan nisbiyat oʻzini namoyon etadi[5].
Vaqt oʻtishi bilan mazkur atama boshqa maʼnoga ega boʻlishni boshlaydi. Ushbu holatga XX asrning boshlariga kelib, bir mantiqiy xato bilan bogʻliqlik sabab boʻladi. Bahslashuvchi argumentni rad etish oʻrniga, raqibiga hujum qilishni boshlaydi. Ushbu yondashuv XX asrning oʻrtalarida falsafiy darsliklarda ham ommalashgan hamda unga mazkur asrning ikkinchi yarmida avstraliyalik faylasuf Charles Leonard Hamblin tomonidan eʼtiroz bildirilgan. Batafsil yondashuv davomida u shaxsga qarshi bayonotni kiritish u keltirgan argumentni notoʻgʻri dalilga aylantirmasligini taklif qiladi. Chunki bu ibora xulosasiga olib keladigan aniq asos emas. Hablinning tanqidi koʻpchilik tomonidan eʼtirozlarga sabab boʻlgan. Kanadalik faylasuf Douglas N. Walton (talaffuzi: Duglas Uoltn) esa ad hominem argumentining notoʻgʻriligini yanada chuqurroq tekshirishga kirishadi[6]. Hozirgi kunda, maxsus falsafiy qoʻllanishlar doirasidan tashqarida, ad hominem atamasidan foydalanish, ularning dalillarini rad etish uchun shaxsning xarakteri va axloqiga toʻgʻridan-toʻgʻri hujum qilishni anglatadi[4].
Terminologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lotincha argumentum ad hominem iborasi „shaxsga qarshi bahs“ degan maʼnoni anglatadi[2]. „Ad“ „qarshi“ soʻziga mos kelishi, yokida „ga“ yoki „ga qarshi“ degan maʼnoni ham anglatishi mumkin[7].
Ad mulierem va ad feminam atamalari, tanqidga uchragan kishi ayol jinsiga mansub boʻlganida qoʻllanadi.
Argument turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yanglish turlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yanglish ad hominemda fikrlash ahamiyatsiz boʻlgan notoʻgʻri tushunchalar sifatida tasniflanadi[8]. Ad hominemda xatolikning bir necha turlari mavjud. Bularning barchasi umumiy sxema boʻyicha boʻlib, suhbatdosh birovga tegishli argumentning mohiyati bilan shugʻullanish yoki uni rad etishga urinish oʻrniga, argument tarafdorining xarakteriga hujum qiladi[9].
Vaziyatga bogʻliqlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Circustanal ad hominem — manbaning xolis ekanligini inkor etishga asoslangan hujum turi. Bu shuni koʻrsatadiki, biror bir shaxs maʼlum bir pozitsiyani egallashga moyil boʻlib, xolislik chegarasini kesib oʻtgan vaziyatda boʻlishi mumkin. (masalan, ishi, boyligi, mulki yoki munosabatlari). Oddiy misol sifatida ota oʻz qiziga chekishni boshlamasligini, chunki bu uning sogʻligʻiga zarar yetkazishi hamda agar, qizi chekishni boshlasa, u koʻchadagi chekuvchi ayollarga oʻxshab qolishi mumkinligini hamda u ham bir paytlar chekuvchi boʻlganini va hozirda buni tashlaganini taʼkidlaydi. Chekish turli kasalliklarga olib kelishi mumkinligini ushbu vaziyatni oʻzgartirmaydi. Otasining nomuvofiqligi uning daʼvosini rad etish uchun asosli sabab boʻla olmaydi[4].
Ushbu sharoitdagi ad hominem dalillari har doim ham yanglish boʻlishi shart emas. Ular notoʻgʻri boʻlishi mumkin, chunki maʼlum bir dalil keltirishga moyillik argumentni inkor qilmaydi (bu genetik notoʻgʻri — daʼvoning manbasiga koʻra notoʻgʻri ekanligi haqidagi dalil bilan mos keladi). Agar tarafkashlik holati ochiqlansa hamda qarama-qarshilik argumentga tegishli boʻlsa, ular ishonchli dalillar boʻlishi mumkin[10]. Agar kimdir (A shaxs) boshqa kimdirning (B shaxs) shaxsiyatiga hujum qilsa hamda A shaxsga qarshi argument keltirsa, B shaxs oʻzining argumentiga tegishli boʻlgan holatida yanglish ad hominem yuzaga chiqadi.
Motivga murojaat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Motivga murojaat qilish — ushbu ad hominem shartli argumentning alohida holati boʻlib, unda argument taklif qiluvchining motivlarini shubha ostiga qoʻyish orqali eʼtiroz bildiriladi.
Ergo decedo, lotincha „shuning uchun tark et“ yoki „keyin ket“ degan maʼnoni anglatadi. Argumentum ergo decedo soʻzining qisqartirmasi boʻlmish ushbu jumla, shuningdek, xoin tanqidchi xatosi iborasini ifodalash maʼnosida ham qoʻllaniiladi[11]. Tanqidchining tanqidiga javob berishni bildirib, tanqidning oʻziga javob berish oʻrniga, oshkor etilmagan qulaylik yoki tashqi guruhga aloqadorlik kabi ayblovlar yuzasidan bahs olib boriladi. Yanglish jihatdan, tanqidchi tanqid qilingan guruhning anʼana va urf-odatlarini qadrlamaydi yoki uni xoin deya eʼlon qiladi. Shuning uchun tanqidchi odatda tanqid qilingan guruhni tark etish orqali savol yoki mavzudan butunlay qochishni maqsad qilib oladi[12]. Ushbu jarayonda tanqidchi magʻlub boʻlayotkanini sezgani holda mavzuni burishga urinish, raqibni xoin yoki til biriktirishda ayblash orqali oʻzini himoya qilishga urinishi ham mumkin.
Uyushganlik boʻyicha ayblov
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushuyganlik boʻyicha ayblovlar, yaʼni bahslashuvchi obroʻsizlangan shaxs yoki guruh bilan aloqadorlikda ayblash. Ushbu holat, baʼzida, kimningdir argument keltirayotgani hamda unga raqib boʻlgan shaxsning qarashlari oʻrtasidagi oʻxshashlik tufayli argumentning boshqa tarafdorlari tomonidan manbaga hujum qilingan holatlarda ad hominem xatoliklarining bir turi boʻlishi mumkin[13].
Argumentning ushbu shakli quyidagicha ifodalanadi[13]:
- S shaxs C daʼvosini bildiradi.
- S shaxs, shuningdek, obroʻsizlangan G guruh bilan aloqaga ega
- Shuning sababdan S shaxs va uning qarashlari shubhali.
Akademik Leigh Kolb 2008-yilda AQSh vitse-prezidentligiga nomzod boʻlgan Sarah Palin Barack Obama shaxsiyatiga hujum qilgani sababini, Obama bir paytlar, 1960-yillarda Weather Underground terror guruhida yetakchi boʻlgan Bill Ayers bilan birga ishlaganii yuzasidan boʻlgani tufayli deb biladi. Obama har qanday terrorchilik harakatini qoralaganiga qaramay, raqiblari uni terrorizm bilan bogʻlashadi[14].
Birlashma tomonidan aybdorlik koʻpincha ijtimoiy va siyosiy munozaralarda uchrab turadi. Shuningdek, maʼlum bir guruh bilan bogʻliq boʻlgan yirik voqealardan (masalan, janjal va terrorizm) keyin paydo boʻladi. 11-sentabr xurujlaridan keyin AQShda musulmonlarga qarshi hujumlar avjiga chiqqani Leigh Kolb tomonidan keltirilgan misoldir[14].
Tu quoque
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ad hominem tu quoque (soʻzma-soʻz: „Sen ham shundaysan“) — bu shaxsiy hujumga (yoki ad hominem argumentiga) javob[15].
Tu quoque quyidagicha tavsiflanadi:
- A shaxs z argumentni daʼvo qiladi.
- B shaxs esa A shaxsning xarakteriga yomon tafsifda boʻlgan x xususiyatga ega ekanligini taʼkidlab hujum qiladi.
- A shaxs B shaxsga qarshi hujum qilgan holda oʻzini himoya qiladi va sen ham xuddi shu x xususiyatga egasan deya ayblov qoʻyadi[7].
Ushbu holatga misol sifatida, falsafa professori George Wrisley (talaffuzi: Jorj Vrisli) yuqoridagi farazlarni isbotlash uchun keltirgan vaziyatini keltirishimiz mumkin: Biznesmen va siyosatchi universitetda uning olib borayotgan kompaniyasi tizimi qanchalik yaxshi ishlashi haqida maʼruza oʻqiyapti. Talaba undan soʻradi: „Siz va sizning kompaniyangiz oʻz xalqiga qarshi qurol ishlatadigan uchinchi dunyo hukmdorlariga qurol sotayotgani rostmi?“ va tadbirkor javob beradi: „Sizning universitetingiz oʻsha mamlakatlarga qurol sotayotganini daʼvo qilayotgan kompaniya tomonidan moliyalashtirilishi rostmi? Siz ham yelkasida ikki qanoti bayroq kabi hilpirayotgan farishta emassiz“. Talabaning ad hominem ayblovi biznesmen loyihalashtirishga harakat qilayotgan hikoyaga mos keladi. Shuning uchun bu notoʻgʻri emas. Boshqa tomondan, oʻquvchiga qilingan hujum (yaʼni, talabaning nomuvofiqligi) boshlangʻich hikoya uchun ahamiyatsiz. Demak, tadbirkorning tu quoque javobi yanglish boʻlgan[7].
Kanadalik faylasuf Christopher Tindale (talaffuzi: Kristofer Tindal) tu quoque xatosiga biroz boshqacha yondashadi. Tindalening soʻzlariga koʻra, munozara qiluvchining tarixiga oid argumentga javob berilganda tu quoque xatosi paydo boʻladi. Ushbu dalil ham yaroqsiz, chunki u asosni inkor etmaydi. Agar asos toʻgʻri boʻlsa, unda A shaxs ikkiyuzlamachi yoki hatto fikrini oʻzgartirgan boʻlishi mumkin. Ammo bu bayonotni mantiqiy nuqtai nazardan kamroq ishonchli qilmaydi. Tindale tomonidan keltirilgan eng keng tarqalgan misol, shifokor bemorga vazn yoʻqotishni maslahat berganida, bemor uning dietaga oʻtishiga hojat yoʻqligini taʼkidlaydi, chunki shifokor ham ortiqcha vaznga ega[2].
Whataboutizm, shuningdek, whataboutery deb ham ataladi. Bu mantiqiy xatolikning bir varianti boʻlib, raqibning argumentini toʻgʻridan-toʻgʻri rad etmasdan, ularni ikkiyuzlamachilikda ayblash orqali uning pozitsiyasini obroʻsizlantirishga harakat qilish holatidir[16][17][18].
Qoʻpol ad hominem
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Ad hominem" atamasi baʼzida maʼlum bir taklif boʻyicha bahsga bevosita bogʻliq boʻlmagan haqorat qilish holati uchun ishlatiladi. Misol uchun, raqibini „firibgar“ deb atagan siyosatchi „ad hominem“ deb bahslashishda ayblanishi mumkin[2][19][20].
Quduqni zaharlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quduqni zaharlash (yoki quduqni zaharlashga urinish) norasmiy yolgʻonning bir turi boʻlib, unda maqsad haqidagi salbiy maʼlumotlar maqsadli odam aytmoqchi boʻlgan fikrini obroʻsizlantirish yoki masxara qilish maqsadida oldindan taqdim etiladi. Bu atama birinchi marta John Henry Newman (talaffuzi: Jon Genri Nyuman) tomonidan oʻzining Apologia Pro Vita Sua (1864) asarida ad hominem maʼnosida ishlatilgan[21]. Bu atamaning kelib chiqishi quduqni zaharlash holati yuzasidan kelib chiqqan boʻlib, qadimiy urushlar davrida hujumga uchragan armiya kuchini kamaytirish uchun bosqinchi armiya oldidan toza suv manbalariga zahar quyish amaliyotiga oʻxshatishdir.
Ad hominem argumentlarining asosli turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eʼtiqod yuzasidan dalil
[tahrir | manbasini tahrirlash]Imon-eʼtiqoddan kelib chiquvchi ad hominem argumenti, dialektik strategiya sifatida, bahslashilayotgan pozitsiyani egallaganlarning eʼtiqodlari, qarashlari va taxminlaridan, yaʼni nufuzli manbalar asosida tuzilgan hamda odamlar haqiqat deb hisoblaydigan dalillardan foydalanadigan ishonchli argument turidir. Bunday foydalanish odatda faqat ixtisoslashgan falsafiy yondashuvlarda yoki XX asrdan oldingi davrlar taʼlimotida uchraydi[22]. Ushbu turdagi argument ex concessis argumenti sifatida ham tanilgan (lotincha „allaqachon qabul qilingan narsa“)[4].
Ad hominem dalillari, guvohlik va nufuzlilik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ad hominem argumentlari tanqid qilinayotgan shaxs rasmiy sillogizmni taklif qilishdan koʻra, nufuzli dalillar yoki shaxsiy tajribaga asoslangan guvohliklarni ilgari surayotganda dolzarbdir[23].
Masalan, sudda boʻlib oʻtgan suhbatni oladigan boʻlsak, unda advokat guvohni soʻroq qiladi. Guvoh ilgari yolgʻon gapirgani uchun sudlanganligini aniqlanadi. Va ushbu holat mazkur guvohga ishonmaslik kerak degan xulosaga olib kelishi mumkin, bu esa yanglish fikr boʻlmaydi[7].
Foydalanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Notoʻgʻri foydalanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ommabop eʼtiqoddan farqli oʻlaroq, birovni shunchaki haqorat qilish notoʻgʻri ad hominem emas. Xarakterga hujum, agar u haqiqiy argument evaziga ishlatilsa, yanglish ad hominem deb hisoblanadi[24].
Misollar:
- Aniq soʻkinish: B shaxs A shaxsga qarata shunday deydi: „Sen ahmoqsan“. Bunday holda, hech qanday tortishuv yoʻq, faqat soʻkinish1.
- Yanglish: A shaxs argumentiga, B shaxs javob beradi: „Sen ahmoqsan va xunuksan, shu sababli sening gaping toʻgʻri boʻlishi mumkin emas“. B shaxs haqiqiy javob yoki dalil taklif qilmaydi, faqatgina soʻkinish. Bu esa notoʻgʻri.
- Rad etish: A shaxs argument keltiradi, B shaxs "A kishining argumentini chinakam rad etgan holda „siz chinakamiga ovsarsiz“ deya javob beradi. Potensial va begʻubor ravishda, B shaxs A shaxs keltirgan argumentga chin dildan javob bergan holda, shunchaki haqorat qiladi. Bu yanglish holat emas, chunki haqorat xarakterga hujum argumentiga almashtirilmagan.
Munozaralarda foydalanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ad hominem yanglish holatlari gʻayritabiiy deb hisoblanadi va muloqotning rivojlanishi uchun konstruktiv muhit yaratishga yordam bermaydi[25]. Ad hominem hujumi ikkiyuzlamachilik ayblovidan oʻzini himoya qilish zarurligini his qilishga moyil boʻlgan nishonning xarakteriga hujumidir. Waltonning taʼkidlashicha, bu juda kuchli dalil boʻlib, u koʻplab siyosiy munozaralarda qoʻllanadi. Bu salbiy va qora niyatli nayranglar bilan bogʻliq boʻlgani sababli, ad hominem hujumlari har doim notoʻgʻri deb taxmin qilingan[20].
Eithan Orkibi (talaffuzi: Eytan Orkibi) saylov davrida keng tarqalgan ad hominem hujumlarining ikkita shaklini tasvirlaydi. Birinchisi, ad hominem pretsedenti boʻlib, unga koʻra, kimningdir oldingi tarixi uning kursiga loyiq elmasligini anglatadi. Misol uchun: „Mening raqibim oʻtmishda (goʻyo) noloyiq edi, shuning uchun ham hozirda u noloyiq“. Ikkinchisi, xulq-atvorga xos boʻlgan ad hominem : „Mening raqibim oʻtmishda oʻz bahslarida munosib emas edi, shuning uchun u hozir ham shundaydir“. Bunday hujumlar tinglovchilarning bahsning ikkala tomonining yolgʻon bayonotlari miqdorini aniq tasavvur qila olmasligiga asoslanadi[26].
Tanqid xato sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Waltonning taʼkidlashicha, ad hominem mulohazalari har doim ham notoʻgʻri boʻlavermaydi va baʼzi hollarda shaxsiy xatti-harakatlar, xarakter, motivlar va boshqalarga oid savollar qonuniy va masalaga tegishli boʻladi[24]. Chunki u bevosita subyektning soʻzlariga zid boʻlgan ikkiyuzlamachilik harakatlarini oʻz ichiga oladi.
Faylasuf Charles Taylor (talaffuzi: Charlz Teylor)ning taʼkidlashicha, ad hominem fikrlashi (maʼruzachi yoki muallif haqidagi faktlarni uning bayonotlari qiymatiga nisbatan muhokama qilish) alohida shaxslar va axloq (yoki axloqiy daʼvolar) ham qarama-qarshiliklar oʻrtasidagi bogʻliqlik tufayli falsafiy naturalizmning apodiktik mulohazalari orqali (bahssiz yoki aniq isbotlangan faktlarni oʻz ichiga olgan) maʼlum axloqiy masalalarni tushunish uchun zarurdir. [27]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Manbaga murojaat etish
- Hissiyotgan quloq solish
- The Art of Being Right (Haq boʻlish sanʼati)
- Shaxsiyatga suiqasd
- Obro'sizlantirish taktikasi
- Fair Game (Scientology)
- Sariq matbuot
- Asosiy atribut kamchiligi
- Giz-gizlash
- Dushmanlik guvohi
- Masxara qilish
- Salbiy kampaniya
- Aybdorlik prezumpsiyasi
- Poyga kartasi
- Obroʻ-eʼtibor
- Tuhmat kampaniyasi
- Somon odam
- Ovoz tonini epaqaylash
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Walton 2001, s. 208 ; Tindale 2007, s. 82 .
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Tindale 2007.
- ↑ Walton 2001, s. 207–209 ; Wong 2017, s. 49.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 Walton 2001.
- ↑ Zigliara 1900.
- ↑ van Eemeren & Grootendorst 2015.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 Wrisley 2019.
- ↑ Walton 2008, s. 190 ; Bowell & Kemp 2010, ss. 201–213 ; Copi 1986, ss. 112–113 .
- ↑ van Eemeren 2001.
- ↑ Walton 1998, ss. 18–21 ; Wrisley 2019, ss. 77–78 .
- ↑ Copi, Irving M.. Introduction to Logic, 14th, 2010.
- ↑ Taylor, Charles. Philosophical Arguments. Harvard University Press, 1997.
- ↑ 13,0 13,1 Walton 1998.
- ↑ 14,0 14,1 Kolb 2019.
- ↑ Wrisley 2019, s. 88 ; Walton 2015, ss. 431–435 ; Lavery & Hughes 2008, s. 132 .
- ↑ „whataboutism“, Oxford Living Dictionaries, Oxford University Press, 2017, 9 March 2017da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 21 July 2017, „Origin - 1990s: from the way in which counter-accusations may take the form of questions introduced by 'What about —?'.... Also called whataboutery“
- ↑ Zimmer, Ben. „The Roots of the 'What About?' Ploy“. The Wall Street Journal (9-iyun 2017-yil). Qaraldi: 22-iyul 2017-yil. „"Whataboutism" is another name for the logical fallacy of "tu quoque" (Latin for "you also"), in which an accusation is met with a counter-accusation, pivoting away from the original criticism. The strategy has been a hallmark of Soviet and post-Soviet propaganda, and some commentators have accused President Donald Trump of mimicking Mr. Putin's use of the technique.“.
- ↑ „whataboutism“, Cambridge Dictionary
- ↑ Hansen 2019.
- ↑ 20,0 20,1 Walton 2006.
- ↑ Walton, Douglas N.. Informal Fallacies: Towards a Theory of Argument Criticisms, Pragmatics & beyond companion series. Amsterdam; Philadelphia: John Benjamins Publishing, 1987 — 218-bet. ISBN 1556190107. OCLC 14586031. See also: „Newman Reader – Apologia (1865) – Preface“. newmanreader.org.
- ↑ Merriam-Webster 2019.
- ↑ Mizrahi. „How Ad Hominem Arguments Can Demolish Appeals to Authority“ (en). Aeon (2019-yil 10-iyul). Qaraldi: 2021-yil 13-mart.
- ↑ 24,0 24,1 Walton 2008.
- ↑ Weston 2018.
- ↑ Orkibi 2018.
- ↑ Taylor 1995.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Bowell, Tracy; Kemp, Gary. Critical Thinking: A Concise Guide. Abingdon, Oxon: Routledge, 2010. ISBN 978-0-415-47183-1.
- Copi, Irving M.. Informal Logic. Macmillan, 1986. ISBN 978-0-02-324940-2.
- Hansen, Hans (2019). "Fallacies". in Zalta, Edward N.. The Stanford Encyclopedia of Philosophy. https://plato.stanford.edu/archives/fall2019/entries/fallacies/.
- Kolb, Leigh „Guilt by Association“, . Bad Arguments: 100 of the Most Important Fallacies in Western Philosophy. Wiley Blackwell, 2019 — 351–353-bet. DOI:10.1002/9781119165811.ch83. ISBN 978-1-119-16580-4.
- Lavery, Jonathan; Hughes, Willam. Critical Thinking, fifth edition: An Introduction to the Basic Skills. Broadview Press, 2008. ISBN 978-1-77048-111-4.
- Merriam-Webster „Definition of Ad Hominem“ (2019). Qaraldi: 2020-yil 8-yanvar.
- Olivesi, Aurélie (2010-04-05). „L'interrogation sur la compétence politique en 2007 : une question de genre ?“. Quaderni (fransuzcha). № 72. 59–74-bet. doi:10.4000/quaderni.486. ISSN 0987-1381.
- Orkibi, Eithan (2018-02-27). „Precedential Ad Hominem in Polemical Exchange: Examples from the Israeli Political Debate“. Argumentation. 32-jild, № 4. 485–499-bet. doi:10.1007/s10503-018-9453-2. ISSN 0920-427X. S2CID 149120204.
- Sommers, Christina (March 1991). „Argumentum ad feminam“. Journal of Social Philosophy (inglizcha). 22-jild, № 1. 5–19-bet. doi:10.1111/j.1467-9833.1991.tb00016.x. ISSN 0047-2786.
- Taylor, Charles „Explanation and Practical Reason“, . Philosophical Arguments. Harvard University Press, 1995 — 34–60-bet. ISBN 978-0674664760.
- Tindale, Christopher W.. Fallacies and Argument Appraisal. Cambridge University Press, 2007. ISBN 978-1-139-46184-9.
- van Eemeren, F. H.. Crucial Concepts in Argumentation Theory. Amsterdam University Press, 2001. ISBN 978-90-5356-523-0.
- van Eemeren, Frans H.; Grootendorst, Rob „The History of the Argumentum Ad Hominem Since the Seventeenth Century“, . Argumentation Library. Cham: Springer International Publishing, 2015. DOI:10.1007/978-3-319-20955-5_32. ISBN 978-3-319-20954-8.
- Walton, Douglas N.. Ad Hominem Arguments. University of Alabama Press, 1998. ISBN 978-0-8173-0922-0.
- Walton, Douglas N. (2001). „Argumentation Schemes and Historical Origins of the Circumstantial Ad Hominem Argument“ (PDF). Argumentation. 15-jild, № 2. 207–221-bet. doi:10.1023/A:1011120100277. ISSN 0920-427X. S2CID 16864574.
- Walton, Douglas N.. Fundamentals of Critical Argumentation. Cambridge University Press, 2006. ISBN 978-0-521-82319-7.
- Walton, Douglas N.. Informal Logic: A Pragmatic Approach. Cambridge University Press, 2008.
- Walton, Douglas N. „informal logic“, . The Cambridge Dictionary of Philosophy Audi Robert: . Cambridge University Press, 2015. ISBN 978-1-107-01505-0.
- Weston, Anthony. A Rulebook for Arguments. Hackett Publishing Company, Incorporated, 2018. ISBN 978-1-62466-655-1.
- Wong, Andrew David (2017). Unmitigated Skepticism: The Nature and Scope of Pyrrhonism (PDF) (Thesis). University of California.
- Wrisley, George „Ad Hominem: Circumstantial“, . Bad Arguments: 100 of the Most Important Fallacies in Western Philosophy. Wiley Blackwell, 2019 — 77–82-bet. DOI:10.1002/9781119165811.ch9. ISBN 978-1-119-16580-4.
- Zigliara, Tommaso. Summa philosophica in usum scholarum, 12, Paris: Briguet, 1900.