Kontent qismiga oʻtish

Abduqodir Xusanov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Abduqodir Husanovdan yoʻnaltirildi)
Abduqodir Xusanov (Husanov)
Lans formasida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Abduqodir Hikmatjon oʻgʻli Xusanov[1]
Tavallud sanasi 29-fevral 2004-yil
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston
Boʻyi 186 cm (6 ft 1 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester City
Raqami 45
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2019—2021 Bunyodkor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2022—2023 FC Energetik-BGU Minsk 35 (4)
2023—2024 RC Lans 24 (0)
2023—2025 Lans B 1 (0)
2025— Manchester City 5 (0)
Milliy terma jamoa
2020 Oʻzbekiston U17 2 (0)
2022 Oʻzbekiston U20 15 (0)
2023— Oʻzbekiston U23 9 (0)
2023— Oʻzbekiston 18 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 11-mart uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2025-yil 16-yanvar uchun)

Abduqodir Hikmatjon oʻgʻli Xusanov (2004-yil 29-fevral; Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik professional futbolchi. „Manchester City“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida toʻp suradi[2][3][4].

Abduqodir Xusanov 2004-yil 29-fevralda Toshkentda tugʻilgan. Uning otasi Hikmat Hoshimov ham taniqli futbolchi boʻlib, hozirda „Bunyodkor“ akademiyasida murabbiy sifatida faoliyat yuritadi[5][6]

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekistonning „Bunyodkor“ klubi tarbiyalanuvchisi. Klubning 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar toifasida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Energetik-BGU

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil mart oyida Belarus Respublikasining „Energetik-BGU“ klubiga oʻtdi[7][8]. Futbolchi 45-raqamda toʻp surdi. Klubdagi debyutini 2022-yil 19-mart kuni Vitebsk klubiga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda oʻtkazdi[9][10]. Ilk golini 2022-yilning 2-mayida „Neman Grodno“ klubiga qarshi oʻyinda kiritgan va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi[11]. 2022-yil 29-may kuni „Slaviya Mozir“ga qarshi oʻyinda penaltidan gol urdi[12][13]. 2022-yil avgust oyida Xalqaro sport tadqiqotlari markazi maʼlumotlariga koʻra, dunyoning eng istiqbolli futbolchilari roʻyxatiga kiritildi[14][15]. 2022-yilning dekabr oyida „Energetik-BGU“ klubi futbolchining klubda oʻynashda davom etishini eʼlon qilgan[16].

Husanov Lans klubida. 2023-yil

2023-yilning iyul oyida oʻzbek OAVlarida futbolchiga Fransiyaning „RC Lans“ jamoasidan qiziqish bildirilgani haqida xabarlar tarqaldi[17][18]. Keyinchalik, futbolchining fransuz klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin qolgani haqida ham maʼlumotlar paydo boʻldi. 2023-yilning 24-iyul kuni Fransiyaning yetakchi jamoalaridan biri – RC Lens jamoasi bilan shartnoma imzolagan[19][20][21][22]. Fransiyaning Oliy divizioni – Ligue 1 darajasida oʻynagan tarixdagi birinchi oʻzbekistonlik futbolchiga aylandi. Ushbu klubda 2024-yil oxiriga qadar faoliyat yuritdi.

2024-yil dekabr oyida koʻplab ommaviy axborot vositalari tomonidan Xusanovga Yevropaning bir nechta klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqala boshlagan.

Manchester City

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2025-yilning 20-yanvarida Xusanov toʻrt yarim yillik shartnoma asosida „Manchester City“ga oʻtgan. Manchester City klubi bilan shartnoma imzolashi natijasida, Xusanov Premyer-liga klubi bilan shartnoma imzolagan birinchi oʻzbekistonlik futbolchiga aylangan[23].

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻsmirlar jamoasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xusanov Oʻzbekistonning 17 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasida oʻynagan. 2022-yil iyun oyida u Oʻzbekiston 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida Belarus bilan oʻtkazilgan ikkita oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. 2022-yil sentyabr oyida u Oʻzbekistonning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi yigʻiniga chaqirilgan. Yigʻin davomida Slovakiya yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita toʻliq oʻyin oʻtkazgan.

2023-yilning mart oyida Xusanov AFC U-20 Osiyo kubogida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston U20 terma jamoasi tarkibiga qoʻshilgan. Uning turnirdagi birinchi oʻyini 2023-yil 1-mart kuni Suriyaga qarshi boʻlgan. Jamoa oʻz guruhida birinchi oʻrinni egallab, pley-off bosqichiga yoʻl oldi. 2023-yilning 11-martida Xusanov jamoaga chorak finalda Avstraliyani penaltilar seriyasida magʻlub etishga yordam berdi va shu tariqa 2023-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. 2023-yilning 15-mart kuni boʻlib oʻtgan yarim final uchrashuvida Oʻzbekiston Janubiy Koreyani yana bir penaltilar seriyasida yengdi. Soʻngra jamoa 18-mart kuni finalda Iroqni magʻlub etib, chempionlik unvonini qoʻlga kiritdi[24][25].

2023-yilning may oyida Xusanov FIFA U-20 Jahon chempionati uchun Oʻzbekiston U-20 terma jamoasiga chaqirilgan. Uning turnirdagi birinchi oʻyini 2023-yil 20-may kuni Argentinaga qarshi boʻlgan[26][27]. Oʻz guruhida ikkinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, jamoa pley-off bosqichiga yoʻl oldi va u yerda 2023-yil 30-may kuni 1/8 finalda Isroilga magʻlub boʻldi[28]. Butun turnir davomida Xusanov asosiy oʻyinchi boʻlib, har bir oʻyinda toʻliq oʻynadi.

Oʻzbekiston vs Ispaniya, 2024-yilgi Yozgi Olimpiyadada erkaklar futboli, Parc des Princes (Parij).

2023-yil sentyabr oyida Xusanov U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi uchun Oʻzbekiston U-23 terma jamoasiga qoʻshildi. U 2023-yilning 6-sentyabr kuni Afgʻonistonga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Husanov 2023-yil 12-sentyabr kuni Eronga qarshi oʻyinda 23 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi uchun birinchi golli uzatmani amalga oshirdi va bu tor gʻalabani taʼminlashga yordam berdi[29].

2024-yil aprel oyida Xusanov 23 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi uchun maydonga tushgan edi. U birinchi oʻyinini 2024-yilning 23-aprelida Vyetnamga qarshi oʻtkazdi. Jamoa finalga chiqdi va u yerda 2024-yil 3-may kuni Yaponiyaga yutqazdi; ammo Xusanov final oʻyinida ishtirok etmadi[30].

Asosiy terma jamoa

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fayl:Khusanov.jpg
Abduqodir Husanov. Jahon Chempionati Saralashi Oʻzbekiston – Eron oʻyini oldidan. Toshkent

2023-yil iyun oyida Xusanov CAFA Millatlar kubogida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston terma jamoasiga chaqiruv oldi. 11-iyun kuni u xalqaro maydondagi debyutini Ummonga qarshi oʻtkazdi va 83-daqiqada Farrux Sayfiyev oʻrniga maydonga tushdi[31][32][33][34]. Jamoa bilan birgalikda Xusanov CAFA Millatlar kubogi finaliga chiqdi va guruh bosqichida birinchi oʻrinni egalladi. Oxir-oqibat u turnirning kumush medali sovrindori boʻldi, chunki jamoa 20-iyun kuni finalda Eronga yutqazdi va u yerda Husanov butun oʻyinni zaxira oʻrindigʻida oʻtkazdi[35].

2024-yil yanvar oyida Xusanov terma jamoa bilan 2023-yilgi Osiyo kubogi asosiy bosqichiga yoʻl oldi. Uning turnirdagi birinchi oʻyini 2024-yilning 13-yanvarida Suriyaga qarshi boʻlib oʻtdi va u yerda safda maydonga tushdi va sariq kartochka oldi[36]. Guruh bosqichi yakuniga koʻra, Xusanov va jamoa guruhda ikkinchi oʻrinni egallab, pley-off bosqichiga yoʻl oldi. Jamoa bilan birgalikda u chorak finalga chiqdi, u yerda Oʻzbekiston 3-fevral kuni penaltilar seriyasida Qatarga magʻlub boʻlgan va shu tariqa turnirni yakunlagan[37].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2024-yil 22-dekabr kungi holatiga[38][39]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollari
Klub Mavsum Liga Milliy kubok[lower-alpha 1] Liga kubogi Xalqaro Boshqa Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Energetik-BGU 2022 Belarus Premyer-ligasi 27 3 2 0 29 3
2023 8 1 0 0 8 1
Jami 35 4 2 0 37 4
Lens B 2023–24 Championnat National 3 1 0 1 0
Lens 2023–24 Fransiya 1-ligasi 11 0 0 0 4[lower-alpha 2] 0 15 0
2024–25 Fransiya 1-ligasi 13 0 1 0 2[lower-alpha 3] 0 16 0
Jami 24 0 1 0 6 0 31 0
Manchester City FC 2024–25 Premyer-liga 2 0 1 1 1 0 0 0 0 1
Umumiy faoliyat statistikasi 61 4 4 1 0 0 7 0 0 0 72 6
  1. Bunga Belarus kubogi, Fransiya kubogi va Angliya Kubogidagi ishtiroki kiradi
  2. UEFA Chempionlar Ligasida ikkita o‘yin, UEFA Yevropa Ligasida ikkita o‘yin
  3. UEFA Konferensiya ligasidagi ishtiroki

Terma jamoadagi natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2024-yil 19-noyabr kungi holatiga ko‘ra[40]
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Oʻzbekiston 2023 7 0
2024 11 0
Jami 18 0
Terma jamoa

Shaxsiy sovrinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Oʻzbekistonda mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2023
  • IFFHS Osiyoda yilning eng yaxshi erkaklar ramziy terma jamoasi aʼzosi: 2023[41]

Davlat mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining o'ttiz ikki yilligi munosabati bilan yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to'g'risida“. president.uz. Qaraldi: 2025-yil 17-yanvar.
  2. „«Ланс»га ўтган Абдуқодир Ҳусанов ким ўзи?“. iff.uz.
  3. „QUI EST ABDUKODIR KHUSANOV ?“. onefootball.com.
  4. Includes Belarusian Cup, Coupe de France
  5. „Ҳикмат Ҳошимовнинг 18 ёшли ўғли Беларусь чемпионатини "ёндирмоқда"“. 2023-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  6. „Главный узбекский талант близок к переходу в «Ланс». Кто такой Абдукодир Хусанов?“ (ru). sports.ru (2023-yil 11-iyul).
  7. Abdukadir Xusanov v „Energetike“-BGU[sayt ishlamaydi]
  8. Abdukadir Xusanov v „Energetike“-BGU[sayt ishlamaydi]
  9. „Energetyk-BGU vs. Vitebsk“ (en). soccerway.com (2022-yil 19-mart).
  10. Visshaya liga, 1 tur. „Energetik-BGU“ viigral u „Vitebska“
  11. „Neman Grodno vs. Energetyk-BGU“ (en). soccerway.com (2022-yil 2-may).
  12. „Energetyk-BGU vs. Slavia“ (en). soccerway.com (2022-yil 29-may).
  13. „Четверо из "Энергетика-БГУ", трое из БАТЭ, двое — чемпионы страны. Символическая сборная высшей лиги“ (ru). football.by (2022-yil 15-noyabr).
  14. „Абдукодир Хусанов в списке самых перспективных игроков мира!“ (ru). energetikbgu.by (2022-yil 30-avgust). 2022-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
  15. „Абдуқодир Ҳусанов - жаҳоннинг келажаги энг порлоқ 250 нафар футболчисидан бири“. 2023-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  16. „На сегодня наряд: уборка снега — тридцать человек! "Энергетик-БГУ" начал подготовку к сезону“ (ru). football.by (2022-yil 8-dekabr).
  17. „Эшитдик-да! Абдуқодир Ҳусанов Франция вице-чемпиони сафига ўтишга яқин“ (uz). championat.asia (2023-yil 11-iyul).
  18. „Защитник «Энергетика-БГУ» Хусанов перешел в «Ланс» («Беларусский футбол»)“ (ru). by.tribuna.com (2023-yil 11-iyul).
  19. „Хусанов прибыл в Ланс для завершения перехода в одноименный клуб“ (ru). football.by (2023-yil 21-iyul).
  20. „Le défenseur Abdukodir Khusanov arrive à Lens“ (fr). lequipe.fr (2023-yil 20-iyul).
  21. „РАСМАН! Абдуқодир Ҳусанов "Ланс" билан 4 йиллик шартнома имзолади“. 2023-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyul.
  22. „"Ланс" клуби Ҳусановнинг трансферини тасдиқлади“. 2023-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyul.
  23. „City complete signing of Uzbek defender Khusanov“. Manchester City F.C. (2025-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2025-yil 20-yanvar.
  24. „Uzbekistan 1–0 Iraq“. AFC (2023-yil 18-mart).
  25. „Осиё чемпиони Абдуқодир Ҳусанов Беларусь чемпионати 2-тур рамзий терма жамоасида!“. 2023-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  26. „Молодежный (U-20) чемпионат мира. Италия обыграла Бразилию, Узбекистан с Хусановым уступил Аргентине и другие матчи“ (ru). football.by (2023-yil 22-may).
  27. „O’zbekiston U-20 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi“ (uz). ufa.uz (2023-yil 31-may).
  28. „Uzbekistan 0–1 Israel“. FIFA (2023-yil 30-may).
  29. „Uzbekistan U23 1–0 IR Iran U23“. Global Sports Archive (2023-yil 12-sentyabr).
  30. „Japan 1–0 Uzbekistan“. AFC (2024-yil 3-may).
  31. „Uzbekistan vs. Oman“. National Football Teams (2023-yil 11-iyun).
  32. „Аббосбек Файзуллаев ва Абдуқодир Ҳусанов миллий терма жамоада дебют ўйинларини ўтказишди“. 2023-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  33. „Кубок наций CAFA. Узбекистан с Хусановым сыграет в финале с Ираном, Кыргызстан с Шукуровым поборется за 3-е место“ (ru). football.by (2023-yil 17-iyun).
  34. „Кубок наций CAFA. Узбекистан с Хусановым уступил в финале Ирану“ (ru). football.by (2023-yil 20-iyun).
  35. Match Report of Uzbekistan vs IR Iran – 2023-06-20 – CAFA Nations Cup – Global Sports Archive
  36. „Uzbekistan 0–0 Syria“. AFC (2024-yil 13-yanvar).
  37. „Qatar edge Uzbekistan on penalties to set up Asian Cup semi-final with Iran“. Reuters (2024-yil 3-fevral).
  38. Abduqodir Xusanov Soccerway saytida. Qaralgan sana: 30 April 2023.
  39. „Abduqodir Husanov - Soccer player profile & career statistics“. Global Sports Archive.
  40. Abduqodir Xusanov National-Football-Teams.com saytida Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
  41. „IFFHS MEN'S AFC TEAM 2023“. IFFHS (2024-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2025-yil 15-yanvar.
  42. „Prezident sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotladi“. Uzreport.news. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.