Abduhakim G‘ofurov
Abduhakim Gʻofurov Karimovich | |
---|---|
Tavalludi |
2-avgust 1942-yil Samarqand, SSSR |
Vafoti |
6-iyul 2002-yil (59 yoshda) Tojikiston |
Fuqaroligi | SSSR → Tojikiston |
Sohasi | Parazitologiya |
Ish joylari | Tojikiston Fanlar akademiyasi |
Taʼlimi | Tojikiston davlat universiteti |
Abduhakim Gʻofurov Karimovich (tojikcha: Абдуҳаким Каримович Ғафуров; 1942-yil 2-avgust, Samarqand, Oʻzbekiston SSR – 2002-yil , Dushanbe, Tojikiston) – sovet va tojik biologi, Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abduhakim Gʻofurov 1942-yil 2-avgustda Samarqandda tugʻilgan. Oʻrta maktabni tamomlagach V.I.Lenin nomidagi Tojikiston davlat universitetiga oʻqishga kirgan. 1964-yilda ushbu universitetni bitirgan. Keyinchalik universitetning aspiranturasini ham tamomlagan. 1968-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Nomzodlik dissertatsiya mavzusi „Qora qoʻngʻizlar (Tenebrionidae) umurtqali hayvonlarda gelmintlarning xossasi“ boʻlgan. SSSR Fanlar akademiyasining gelmintologiya laboratoriyasida uch yil tahsil olgan (1964—1967). Oʻqishni tamomlagach, Moskvada „Mermitidlarning tasnifi, filogeniyasi va ulardan amaliy foydalanishning biologik asoslari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi (1991). Dissertatsiya mavzusi bo‘lgan mermitid-nematodalari bo‘yicha ko‘plab ilmiy materiallar to‘plagan. Koʻp oʻtmay, Boltiqbo'yi mamlakatlari, Ukraina, Rossiya, Armaniston va Markaziy Osiyodan ko'plab sobiq olimlar ilmiy materiallarni aniqlash va maslahat olish uchun unga murojaat qilishdi. SSSRning turli mintaqalarida jumladan, Kareliya, Ukraina, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Armaniston, Qirgʻiziston va Tojikistonda mermitidlarning 44 yangi turini tavsiflagan va asoslab bergan.
E.N.Pavlovskiy nomidagi "Zoologiya va parazitologiya" institutida ishlagan. 1986—1991-yillarda Tojikiston Fanlar akademiyasida bolalar parzitologiyasi boʻlimi mudiri boʻlgan. 1992—2003-yillarda ushbu boʻlim direktori etib tayinlangan .
Ilmiy faoliyatning asosiy yoʻnalishlari: parazitologiya, umurtqasiz hayvonlar gelmintologiya, entomologiya.
Abduhakim Gʻofurov biologiya fanlari doktori (1991) hisoblanadi. U Mermitidlar oilasiga mansub alohida Isthmusimermis (Gafurov, 1980) jinsini mustaqil ekanligini aniqladi[1][2]. Shuningdek, yumaloq chuvalchanglarning 20 ga yaqin turini aniqladi[3]. Quyidagi turlarni aniqlagan:
- Mesomermis odeschti (Gʻofurov, 1979),
- Mesomermis adulta (Gʻofurov, 1979),
- Mesomermis kondarensis (Gʻofurov, 1979),
- Mesomermis alaika (Gʻofurov, 1982),
- Mesomermis hojikenti (Gʻofurov va Lebedeva, 1988)[4].
Tanlangan asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Monografiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Жуки — промежуточные хозяева гельминтов животных Таджикистана [Текст] / Отв. ред. д. б. и вет. н., проф. В. М. Ивашкин. — Душанбе : Донши, 1978. — 157 с. : ил.; 20 см.
- Мермитиды (систематика, биология, филогения и практическое значение) / А. К. Гафуров. — Душанбе: «Дониш», 1997. — 381 с.
- Итоги и перспективы изучения паразитических нематод членистоногих Таджикистана [Текст] / А. К. Гафуров ; Акад. наук Респ. Таджикистан. Отд-ние биол. и мед. наук. — Душанбе : [б. и.], 2000. — 16 с. : ил.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Паразитология // Таджикская Советская Социалистическая Республика / главный редактор М. Асимов; Академия наук Таджикской ССР, Изд. 2-е, доп., Душанбе: Глав. науч. ред. Таджикской советской энциклопедии, 1984. — С. 328—329
- Gafurov Abdukhakim Karimovich // Vorontsov’s who’s who in biodiversity sciences: in Azerbaijan, Armenia, Belarus, Estonia, Georgia, Kazakhstan, Kyrgyzstan, Latvia, Lithuania, Moldova, Russia, Tajikistan, Turkmenistan, Ukraine, Uzbekistan / edited by Irina Yu. Bakloushinskaya, David W. Minter. Moscow : KMK Scientific Press, 2001. — p. 150
- Академияи илмҳои Ҷумҳурии Тоҷикистон.Ҳайати шахсӣ. – Душанбе: Дониш, 2011. - 216 с.
Maqolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Роль жуков-чернотелок (Tenebrionidae) в жизненных циклах цестод, скребней и нематод / А. К. Гафуров // Вопросы экологии и морфологии гельминтов человека, животных и растений / Труды Гельминтологической лаборатории. — М., 1969. — Т. 20. — С. 46-54.
- Новые виды мермитид из озёр Памира / Рубцов И. А., Гафуров А. К. // Зоологический журнал., 1977. — Т.56. — № 5. — С. 669—679.
- Новый вид мермитиды (Nematoda, Mermithidae) из слепней Узбекистана / Гафуров А. К., Кадыров М. К., Норматов X. А. // ДАН ТаджССР. — 1979. — № 2. — С. 131—133.
- Опыт использования мермитид в борьбе с кровососущими комарами в Таджикистане / Гафуров А. К., Владимирова В. В., Муратова М. Е. // Медицинская паразитология и паразитарные болезни, 1987. — № 2. — С.68-71.
- Новая система нематод семейства Mermithidae Braun, 1883 / Гафуров А. К. // ДАН ТаджССР. — 1990. — № 5. — С. 348—351.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Gafurov A. K. Noviy rod Isthmusimermis gen. n. i novie vidi mermitid ix xironomid. – Sb.: Gelminti nasekomix, M., 1980, s. 28—34
- ↑ „World Register of Marine Species“. 2018-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-oktyabr.
- ↑ Tadjikskaya Sovetskaya Sotsialisticheskaya Respublika / glavniy redaktor M. Asimov; Akademiya nauk Tadjikskoy SSR, Izd. 2-e, dop., Dushanbe: Glav. nauch. red. Tadjikskoy sovetskoy ensiklopedii, 1984. – S. 329
- ↑ „British Simuliid Group Bulletin № 19, December 2002, P. 98-103“. 2019-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-oktyabr.
Tashqi havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Члены-корреспонденты АН РТ (Wayback Machine saytida 2023-09-18 sanasida arxivlangan)