Gelmintologiya
Gelmintologiya (gelmintlar va ...logiya) — parazit chuvalchanglar — gelmintlar hamda odam, hayvonlar va oʻsimliklarda ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni oʻrganadigan fan. Gelmintologiya parazit chuvalchanglarning tuzilishi, fiziologiyasi, biokimyosi, rivojlanishi, ekologiyasi, geografik tarqalishi va zoologiya sistemasidagi oʻrnini, shuningdek ularning xoʻjayin organizmiga taʼsirini oʻrganadi, Gelmintoz kasalliklarga (qarang [[Gelʼmintozlar) tashhis qoʻyish]], ularning klinik belgilari, patogenezi, epidemiologiyasi va epizootologiyasini oʻrganish, ular asosida davolash va profilaktik tadbirlar ishlab chiqish ham gelmintologiyaning vazifalariga kiradi. Parazit chuvalchanglarni oʻrganish tufayli gelmintologiya, bir tomondan, zoologiyaning bir tarmogʻi boʻlsa, ikkinchi tomondan, gelmintlarning patogenlik xususiyati va ularga qarshi kurash choralarini oʻrganish orqali klinik fanlar — patfiziologiya, patanatomiya, biokimyo, immunologiya va b. bilan bogʻlangan. Amaliy gelmintologiya tibbiyot va agronomiya gelmintologiyasiga ajratiladi. Gelmintologiyaning bunday boʻlinishi aksariyat sunʼiy boʻlsada, amaliy jihatdan zarur hisoblanadi. Tibbiyot gelmintologiyasi odam organizmida parazitlik qiladigan gelmintlarni oʻrganadi. Agronomiya Gelmintologiyasi oʻsimliklar gelmintlarini oʻrganish va ularga karshi kurash tadbirlarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Veterinariya gelmintologiyasi esa xonaki, ov qilinadigan va yovvoyi hayvonlarda parazitlik qiladigan gelmintlarni va ularga qarshi kurash choralarini oʻrganadi. Odamlarda parazitlik kiladigan gelmintlar toʻgrisidagi dastlabki maʼlumotlar Abu Ali ibn Snnoning "Kitob-ash-shifo" asarida uchraydi. Unda ibn Sino odam ichagida parazitlik qiladigan "katta va uzun qurt" (qoramol tasmasimoni), "qovoq urugʻiga oʻxshash qurt"(qovoqsimon gijja), "mitti qurt" (kichik zanjirsimon gijja) va b. hamda ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni davolash haqida maʼlumotlar bergan. Gelmintologiya sohasidagi dastlabki tadqiqot rus sayyohi A. P. Fedchenko tomonidan 1868 yilda olib borilgan. U Samarqandda rishtaning biol. sini oʻrgangan. Gelmintologiya sohasidagi tadqiqotlar 20-asrning 20-yillaridan boshlab Oʻrta Osiyo davlat universiteti, Tibbiyot parazitologiyasi instituti hamda bir qancha tropik st-yalarning tashkil etilishi bilan kengayib bordi. L. M. Isayev rishta hayotini oʻrganib, unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqdi va tibbiyot parazitologiyasi sohasidagi tadqiqotlarni boshlab berdi. Bu boradagi ishlar keyinchalik S. N. Bobojonovning tadqiqotlarida oʻz aksini topdi. Oʻzbekistonda veterinariya gelmintologiyasi sohasidagi tadqiqotlarga N. V. Badan i n asos solgan. Yovvoyi va uy hayvonlari gelmintlarining turlar tarkibi, biologik va ekologik xususiyatlari hamda ularga qarshi kurash usullari M. A. Sultonov, I. X. Ergashev, J. A.Azimov, N. M. Matjonov, A. N. Brudastov, B. S. Salimov. Sh. A. Azimov, M. A. Aminjonov, A. O. Oripov, S. Dadayev, gelmintologiya S. Poʻlatov va b.ning ishlarida aks etgan. Oʻzbekistonda fitogelmintlarni oʻrganishni Ye. S. Kiryanova boshlab bergan. Turli xil qishloq xoʻjaligi ekinlari ildizi va uning at-rofidagi tuproq nematodalarini oʻrganish A. T. Toʻlaganov va shogirdlari ishlari bilan bogʻliq. Gʻoʻza, kanop, sabzavot va yem-xashak ekinlari, subtropik oʻsimliklarning nematodalari oʻrganilgan; boʻrtma nematodalariga qarshi kurashning profilaktik va kimyoviy usullari ishlab chiqilgan (A. T. Toʻlaganov, O. 3. Usmonova, O. Mavlonov, 3. Norboyev, Sh. Xurramov, A. I. Zemlyanskaya va b.). Tuproqda erkin yashovchi gelmintlarning indikatorlik xususiyatlari, parazit fitogelmintlar evolyutsiyasi ular zararlaydigan oʻsimliklar bilan birga borishi ochib berilgan (O. Mavlonov, 3. Norboyev). Fitogelmintlarning 600 dan ortiq turi, jumladan 80 ga yaqin yangi turi aniqlangan. Keyingi yillarda gelmintologiyada asosiy eʼtibor ekologiya, biokimyo va b. eksprimental tadqiqotlarga qaratilmoqda, gelmintlar bilan ular xoʻjayinlari oʻrtasidagi parazit xoʻjayin va filogenetik munosabatlar tadqiq qilinmoqda. Gelmintologiya sohasidagi ishlar kishilar sogʻligʻini saqlash, qishloq xoʻjaligi hayvonlari mahsuldorligi va ekinlarning hosildorligini oshirishda katta amaliy ahamiyatga ega, Gelmintologik tadqiqotlar Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya, Veterinariya va Chorvachilik institutlari lab.lari, Oʻzbekiston milliy universitetida, shuningdek, Termiz, Samarqand, Nukus davlat universitetlari, Toshkent, Samarqand, Andijon tibbiyot intlari, Toshkent pedagogika universiteti hamda Samarqand va Toshkent davlat agrar untlari kafedralarida olib boriladi.
Jaloliddin Azimov, Ochil Mavlonov.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |