Abde Ali Sayfuddin
Said Abde Ali Sayfuddin | |
---|---|
عَبدِعَلي سَيفُ الدّين | |
Najmiyya qubbasi, Mozori-Saifee, Surat, Said Sayfuddin qabri | |
Unvoni |
|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 14-aprel 1775-yil |
Vafoti |
23-sentyabr 1817-yil (42 yoshda) |
Mozori-Saifee, Surat, Hindiston | |
Dini | Islom |
Ota-onasi |
|
Diniy oqimi |
Ismoiliy Dovudi Bohra |
Yurisprudensiya | |
Qarindoshlar | Yusuf Najmuddin (akasi) |
Abde Ali Sayfuddin Dovudiy Bohraning 43-Daʼi al-Mutlaq lavozimida faoliyat olib borgan. U 41-Daʼi al-Mutlaq Abduttoyyib Zakiyuddin III ning oʻgʻli va 42-Daʼi al-Mutlaq Said Yusuf Najmuddinning ukasi edi. U olim va shoir boʻlgan, eng hurmatga sazovor Dovudi Bohra daʼilaridan biri edi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abde Ali otasi vafot etganida u atigi oʻn ikki yoshda edi. Soʻngra Suratda akasi Said Yusuf Najmuddin qoʻlida tarbiya topgan. Said Najmuddinning oʻzi buyuk alloma boʻlgan. U Abde Ali Sayfuddinni Fotimiylar-Ismoiliylar jamoasining qimmatbaho merosi boʻlgan anʼana va ilm-maʼrifatda oʻrgatgan va tarbiyalagan.
U hijriy 1188-yil 9-safar[1] sanasida (20-aprel 1774-yil) tugʻilgan, hijriy 1213-yil 18-jumadissoniyda (28-oktabr 1798-yil) 42-Daʼi al-mutlaq lavozimini egallagan. U 1232-yil 12-zulqaʼda sanasida (23-sentabr 1817-yil) vafot etgan[2] va Suratdagi al-Qubbah an-Najmiyada dafn etilgan. U daʼi lavozimida vafotiga qadar faoliyat yuritgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Said Muhammad Ezzuddinni oʻz voris etib tanlagan va uni daʼvat masʼuliyatini zimmasiga olishga tayyorlagan. Sogʻligidagi muammolar sababli Said Abde Ali Sayfuddin hijriy 1232-yil zulqaʼda oyining 12-sanasi (1817-yil 23-sentyabr) dushanba kuni 43 yoshida vafot etgan.