Kontent qismiga oʻtish

Surat (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

SuratHindistondagi shahar, Gujarot shtatida. Aholisi 2,1 mln. kishi (2001). Arabiston dengizi sohilidagi port. Transport yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik, oziqovqat, qogʻoz, neft kimyosi, mashinasozlik va elektronika sanoati korxonalari mavjud. universitet, aeroport bor. Hunarmandchilikda turli matolar, parcha, zarxal va kumush ipli toʻrlar toʻqiladi; yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan. Shaharga 1613-yilda inglizlarning Hindistondagi dastlabki faktoriyasi sifatida asos solingan.