Abay (viloyat)
Abai Region qozoqcha: Абай облысы | |
---|---|
Viloyat | |
50°24′20″N 80°15′0″E / 50.40556°N 80.25000°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
Maʼmuriy markazi | Semey |
Hukumat | |
• Hokim | Nurlan Uranxaev[1] |
Asos solingan | 2022-yil 8-iyun |
Maydon | 185,500 km2 (71,600 kv mi) |
Aholisi (2021) |
638 300[2] |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
|
Abay viloyati (qozoqcha: Абай облысы) – Qozogʻistonning viloyatlaridan biri. Prezident Qosim-Jomart Toqayev 2022-yil 16-mart kuni viloyat tashkil etilishini e’lon qildi. Toqayevning qonun loyihasi 2022-yil 8-iyun kuni kuchga kirgandan so‘ng hudud Sharqiy Qozog‘iston viloyatidan ajralib chiqqan. Viloyatning maʼmuriy markazi — Semey shahri. Uning chegaralari taxminan 1997-yilda tugatilgan va Sharqiy Qozogʻiston viloyati bilan birlashtirilgan eski Semipalatinsk viloyatiga toʻgʻri keladi[3].
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Semey shahri - Abay viloyatining maʼmuriy markazi. Abay viloyati sharqda Sharqiy Qozogʻiston, shimolda Pavlodar, gʻarbda Qaragʻanda va janubda Yettisuv viloyati bilan chegaradosh.
Tumanlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viloyat tarkibiga Kurchatov va Semey shaharlari hamda 9 ta tuman kiradi:
- Abay tumani, maʼmuriy markazi Qorovul qishlogʻi;
- Oltoy tumani, Oltoy shaharchasi;
- Ayagʻoz tumani, Ayagʻoz shaharchasi;
- Beshqaragʻay tumani, Beshqaragʻay qishlogʻi;
- Borodulixa tumani, Borodulixa qishlogʻi;
- Koʻkpekti tumani, Koʻkpekti qishlogʻi;
- Tarbagʻatoy tumani, Oqsuat qishlogʻi;
- Urjar tumani, Urjar qishlogʻi;
- Jarma tumani, Qalbatov (Georgiyevka) qishlogʻi.
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abay viloyati hozirgi Abay viloyatida tugʻilgan mashhur qozoq oqini Abay Qoʻnonboyev sharafiga nomlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Нурлан Уранхаев назначен акимом Абайской области“. tengrinews.kz (2022-yil 11-iyun).
- ↑ „Даниал Ахметов высказался о создании Абайской области“. www.nur.kz (2022-yil 6-aprel).
- ↑ „В Казахстане появится четыре новых региона“. Interfax (2022-yil 16-mart).