Abaqa
Abaqa | |
---|---|
Tavalludi | 27-fevral 1234 |
Vafoti | 1-aprel 1282[1] |
Fuqaroligi | Moʻgʻullar davlati |
Otasi | Huloku |
Abaqa, Abaqaxon (1234.3, Moʻgʻuliston – 1282.1.4, Shaxu) – elxon, hulo-kuiylardan boʻlgan Eron hukmdori (1265-82). Eronga 1256-yil otasi Huloku bilan birga kelgan. Otasi vafotidan soʻng elxon etib saylangan, lekin ulugʻ qoon Xubilay tomonidan faqat 5 yildan soʻnggina tasdiqlangan. Misr mamluklari bilan olib borilgan urushni besa-mara davom ettirgan. 1266-yil A. Shimoliy dan Dashti Qipchoqdan boʻladigan hujumni qaytarish maqsadida Kura daryosining shim. qirgʻogʻida mudofaa devori bunyod etishga buyurgan; Kavkaz xalqlari uning vaziri Shamsiddin tomonidan 1278-yil tobe ettirilgan. Umumiy dushmanni bar-taraf qilish uchun Abaqa mamluklarning dushmanlari boʻlgan yevropalik xristi-anlar bilan aloqa bogʻlashga uringan; uning elchilari 1274-yil Lion, 1277-yil Rimda boʻlgan. Yevropada bu saʼyhara-katlar xursandchilik bilan qabul qilingan. Abaqa Angliya qiroli Eduard I (1274) va papalar Klement IV (1267), Grigoriy X (1274) va Nikolay III (1277) lardan noma olgan. A. 1265-yil yunon malikasiga uylangan. Biroq Misrga qarshi umumiy yurish amalga oshmagan. Mamluklar Kichik Osiyoning bir qis-mini qisqa muddatga bosib olishga erishganlar (1277) va Elbiston yonidagi jangda moʻgʻul qoʻshinyni tor-mor qilganlar. 1280-yil moʻgʻullar Suriyaga bosib kirib Halabni vayron etishgan. Biroq 1281-yil Abaqaning ukasi Mangu Temur Xama va Xims oraligʻida mamluklardan qattiq zarbaga uchragan. Abaqa qoʻshinlari Sharqda aksincha muvaffaqiyatli kurash olib borganlar. 1270-yil mamlakatga bostirib kirgan Baroq boshchiligidagi Chigʻatoy ulusi qoʻshinlari Hirot yaqinida tor-mor etilgan. Bunday bosqinlarga barham berish uchun Abaqa 1273-yil Movarounnahrdagi tartibsizliklardan foydalanib Buxoro shahrini vayron qilishni buyurgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ Bartold V. V., Abaka, Sochineniya, t.7, M., 1971.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |