Kontent qismiga oʻtish

A Day in the Life

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„A Day in the Life“
The Beatles qoʻshigʻi
„Sgt. Pepper's Lonely Hearts Club Band“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 26-may, 1967-yil(1967-05-26)[1]
Yozib olingan 19-20-yanvar va 3-, 10-, 22-fevral 1967-yil
Studiya EMI, London
Janr
Davomiyligi 5:35
Leybl
Matn muallif(lar)i Lennon–McCartney
Prodyuser(lar) George Martin
Klipi
„A Day in the Life“ YouTubeda

A Day in the Life“ (tarjimasi „Hayotdagi bir kun“) — „The Beatles“ ingliz guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1967-yil eʼlon qilingan „Sgt. Pepper's Lonely Hearts Club Band“ nomli studiyaviy albomiga yakuniy trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq muallifi oʻlaroq Lennon–McCartney koʻrsatilgan boʻlsa-da, soʻzini asosan John Lennon yozgan, Paul McCartney esa tarona oʻrtasidagi misralarni yozgan. „A Day in the Life“ musiqa tarixidagi eng muhim asarlardan biri boʻlib, bir necha eng yaxshi qoʻshiq roʻyxatiga kiritilgan.

Lennon qoʻshiq matnini asosan gazetalardagi xabarlar, jumladan, „Guinness“ pivo shirkati vorisi Tara Browne haqidagi xabarlarga tayanib yozgan. Qoʻshiqda qisman avant-garde uslubida improvizatsiya qilingan ikki orkestr glissando qismi bor. Qoʻshiqning oʻrta qismida McCartney yoshligini, xususan, avtobusda yurgan, tamaki chekkan hamda maktabga borgan paytlarini xotirlaydi. Ikkinchi crescendodan keyin musiqa tarixidagi eng taniqli akkordlardan biri yangraydi. Mazkur akkord bir necha klavishli asbobda chalingan boʻlib, 40 soniyadan oshiqroq vaqt mobaynida yangraydi.

„Seni qoʻzgʻatishni xohlagan boʻlardim“ (inglizcha: I'd love to turn you on) misrasi giyohvand moddalarga ishorat oʻlaroq qabul qilingan, shuning uchun dastlab BBC qoʻshiqni efirga uzatishni man qilgan. Qoʻshiqni bugunga qadar bir necha xonanda, jumladan, Jeff Beck va Barry Gibb hamda „The Fall“ va „Phish“ guruhlari kaver qilgan. „THX“ film shirkatining keng tanilgan „Deep Note“ (tarjimasi „chuqur nota“) audio treydmarki „A Day in the Life“ qoʻshigʻi asosida yaratilgan.

  1. Everett 1999, s. 123. "In the United Kingdom Sgt. Pepper's Lonely Hearts Club Band ... was rush-released six days ahead of its official date, June 1."
  2. Wray, John. „The Return of the One-Man Band“. The New York Times (18-may 2008-yil). 16-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-dekabr 2016-yil.