2023-yilgi Angliya Superkubogi
| |||||||
Arsenal penaltilar seriyasida 4–1 hisobida g'alaba qozondi | |||||||
Sana | 2023-yil 6-avgust | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin oʻtkazilgan joy | Wembley stadioni, London | ||||||
Uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi |
Leandro Trossard (Arsenal)[1] | ||||||
Hakam | Stuart Attwell (Birmingham)[2] | ||||||
Tomoshabinlar soni | 81,145 | ||||||
← 2022 2024 → |
2023-yilgi Angliya Supekubogi (rasmiy nomi FA Community Shield) – tarixdagi 101-bor oʻtkazilayotgan FA Community Shield turniri. Unda Angliya Premyer-ligasi hamda Angliya kubogining amaldagi gʻoliblari oʻzaro toʻp surishadi. Turnirning 2023-yilgi final uchrashuvi 6-avgust kuni London shahridagi Wembley stadionida boʻlib oʻtdi[3]. 2022-2023-yilgi mavsumda „Manchester City“ jamoasi bir vaqtning oʻzida Premyer-liga hamda Angliya kubogida chempionlikni qoʻlga kiritganligi sababli ularga raqib sifatida ligani ikkinchi oʻrinda yakunlagan klubi ishtirok etdi.
Uchrashuvning asosiy 90 daqiqasi 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi, penaltilar seriyasida esa „Arsenal“ning (4:1) qoʻli baland keldi[1]. Bu klubning 2020-yilgi Angliya Superkubogidan keyingi dastlabki rasmiy sovrini boʻldi. „Manchester City“ esa ketma-ket uchta FA Community Shield finalida magʻlub boʻlgan ikkinchi jamoaga aylandi, bundan avval ularning hamshalarlari „Manchester United“ 1998-2001-yillar oraligʻida ketma-ket toʻrt marotaba imkoniyatni boy bergan edi[4]. Shuningdek „Arsenal“ 2010-yildan buyon Premyer-liga yoki Angliya kubogi sovrinini yutmasdan turib superkubokni qoʻlga kiritgan ilk jamoaga aylandi.
„Liverpool“ klubi turnirning amaldagi gʻolibi boʻlishiga qaramasdan bu safargi finalga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Manchester City“ 2022-2023-yilgi Angliya Premyer-ligasi gʻolibi sifatida 2023-yilgi Angliya Superkubogiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi[5]. Keyinchalik klub 2023-yilgi Angliya kubogi finalida mahalliy raqibi „Manchester United“ni ham magʻlub etgan holda qi’ta trebli sohibiga aylanishdi[6]. „Arsenal“ esa Premyer-ligada ikkinchi oʻrinni egallagan holda 2023-yilgi turnirga yoʻllanma oldi. Bu ikki jamoaning ushbu turnirdagi oʻzaro uchinchi bahsi boʻlib bundan avval ular 1934-yilgi FA Charity Shield va 2014-yilgi FA Community Shieldda toʻqnash kelishgan va ikkalasida ham londonliklarning qoʻli baland kelgan[7][8].
Tafsilotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]6-avgust, 2023-yil 16:00 BST |
Arsenal | 1–1 | Manchester City | Wembley stadioni, London Tomoshabinlar: 81,145 Hakam: Stuart Attwell (Birmingham) |
---|---|---|---|---|
|
| |||
Penaltilar | ||||
* Ødegaard | 4–1 | * De Bruyne |
|
|
Oʻyinning eng yaxshi futbolchisi
Hakam asisstentlari:[2]
|
Oʻyin qoidalari[9]
|
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Rose, Gary. „Arsenal 1–1 Manchester City (4–1 on pens): Gunners win shootout to secure Community Shield“. BBC Sport. BBC (2023-yil 6-avgust). Qaraldi: 2023-yil 6-avgust.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 „The team of match officials for the 2023 FA Community Shield have been confirmed“. TheFA.com. The Football Association (2023-yil 14-iyul). Qaraldi: 2023-yil 28-iyul.
- ↑ „Manchester City to play Arsenal in the 2023 FA Community Shield at Wembley Stadium“. The Football Association (2023-yil 16-iyun). Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- ↑ Defri Saefullah.. „5 Fakta Menarik Community Shield: Rekor Masih Milik Manchester United“ (id). Liputan6.com (2020-yil 29-avgust). Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
- ↑ Thomas-Humphreys, Harry. „Who do Manchester City play in the Community Shield 2023?“. Metro. DMG Media (2023-yil 3-iyun). Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- ↑ „FA Cup final: Pep Guardiola talks treble at last after Man City beat Man Utd thanks to Ilkay Gundogan's double“. Sky Sports (2023-yil 4-iyun). Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- ↑ Arsenal Win The F.A. Charity Shield (1934-yil 29-noyabr), s. 6.
- ↑ Sanghera, Mandeep. „Arsenal 3–0 Manchester City“. BBC Sport. BBC (2014-yil 10-avgust). Qaraldi: 2016-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Rules of the Football Association Community Shield“ (PDF). The Football Association. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.