2011-yilda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi
Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi (yaponcha: サッカー日本女子代表 Sakkā Nippon Joshi Daihyō ) (yoki Nadeshiko Japan nomi bilan ham tanilgan (yaponcha: なでしこジャでしこジャャパこジャャパパジャパパこジャパパ,)) xalqaro maydonda Yaponiya sharafini himoya qiladi. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Yaponiya futbol assotsiatsiyasining tomonidan boshqariladi[1]. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Osiya Futbol Konfederatsiyasining eng muvaffaqiyatli ayollar terma jamoasi hisoblanadi. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon reytingidagi eng yuqori koʻrsatkichi 2011-yil dekabrida erishilgan 3-oʻringa chiqqanidir (jahon boʻyicha)[2].
Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Qoʻshma Shtatlar terma jamoasini magʻlub etdi va shu tariqa oʻzining birinchi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionligini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, bu natijasi bilan Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Jahon chempionligini qoʻlga kiritgan birinchi Osiya ayollar futbol terma jamoasi boʻldi[3]. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida va 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi va bu xalqaro chempionatlarda uchta umumiy medalga ega boʻlgan yagona Osiya jamoasiga aylandi[4].
Quyida 2011-yilgi futbol boʻyicha Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha tafsilotlari qayd etilgan[5].
Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining 2011-yilgi xalqaro turnirlardagi ishtiroki
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2010-yilgi ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida uchinchi oʻrinni egallab, 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. Oʻz guruhida Angliya terma jamoasidan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi chorak finalda ikki karra amaldagi chempion va mezbon Germaniya ayollar terma jamoasini 1:0 hisobida magʻlub etdi. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yarim finalda Shvetsiya ayollar terma jamoasini 3:1 hisobida osonlikcha magʻlub etib, finalga chiqdi.
Yakuniy o‘yin qo‘shimcha vaqtdan keyin ham 2:2 hisobida yakunlanganidan so‘ng, Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi penaltilar seriyasida Qo‘shma Shtatlar terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etib, FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan birinchi Osiyo jamoasi bo‘ldi[8][9]. Bu vaoqea Yaponiya erkaklar terma jamoasi Yaponiya futbolidagi eng muvaffaqiyatli yil boʻlgan 2011-yilgi Osiyo Kubogida gʻalaba qozonganidan soʻng sodir boʻldi.
Musobaqa | Bosqich | Natija | Raqib jamoa | Oʻrin | Izoh |
---|---|---|---|---|---|
2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati | Guruh bosqichi | 2-1 | Yangi Zelandiya | ||
4-0 | Meksika | ||||
0-2 | Angliya | 2 / 4 | |||
Chorak final | 1-0 | Germaniya | |||
Yarim final | 3-1 | Shvetsiya | |||
Final | 2-2
Penaltilar seriyasida: (3-1) |
AQSh | 1/24 | Fair Play mukofoti bilan taqdirlangan |
Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining 2011-yilda oʻtkazgan oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyidagi jadvallarda dastlab oʻtkazilgan oʻyinnning aniq sanasi (yil, oy, kun ketma-ketligida berilgan), keyingi oʻrinlarda oʻzaro raqib jamoalar (bunda doim Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi koʻrsatilgan va oʻyinda qayd etilgan hisob va oxirida ushbu uchrashuv boʻlib oʻtgan manzil (davlat yoki shahar) nomi keltirilgan[10].
2011.06.18 | Yaponiya | 1–1 | Janubiy Koreya | Ehime, Yaponiya |
Miyama | ? | Stadion: Ehime Matsuyama Athletic Stadium |
2011.06.27 | Yaponiya | 2–1 | Yangi Zelandiya | Germaniya |
Nagasato Miyama |
? |
2011.09.03 | Yaponiya | 2–1 | Janubiy Koreya | Xitoy |
Sakaguchi Ono |
? |
2011.09.05 | Yaponiya | 1–0 | Avstraliya | Xitoy |
Kawasumi |
2011.09.08 | Yaponiya | 1–1 | Shimoliy Koreya | Xitoy |
o.g.' | ? |
Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining 2011-yil davomidagi statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyidagi jadvalda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida maydonga tushgan futbolchilarning yil davomidagi barcha statistikasi berilgan[11].
Bunda dastlabki ustunda futbolchilarning ismi, keyingi ustunda esa futbolchining Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasida 2011-yildan oldingi yillardagi umumiy statistikasi (ushbu ustunda dastlabki son futbolchining Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida shu vaqtga qadar necha bor maydonga tushganini, qavs ichidagi son esa futbolchining terma jamoa safidagi gollar sonini bildiradi) keltirilgan.
Jadvalning oraliqdagi ustunlarida 2011-yil davomida terma jamoaning oʻtkazgan oʻyinlar sanasi keltirilgan. Bu ustunda berilgan raqamlar dastlab oy, keyin esa kun hisobini (masalan, 02.28 28-fevral) anglatadi.
Roʻyxatning oxiridan bitta oldingi ustunda futbolchilarning Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida 2011-yil davomida jami necha bor maydonga tushganliklari (va qavs (-) ichida agar futbolchilar Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida gol urgan boʻlsa necha bor gol urganliklari) haqida maʼlumot berilgan. Jadvalning soʻnggi ustunida futbolchilarning Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida, umuman, hamma vaqtlardagi (2022-yil 30-sentabr holatiga koʻra) maydonga tushganliklari va nechta gol urganliklari (qavs ichida) haqida maʼlumot keltirilgan[11].
Shartli belgilar:
- belgisi futbolchining Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻsha sanadagi oʻyinida maydonga tushmaganini bildiradi;
M belgisi futbolchining ustun tepasida turgan sanada boʻlib oʻtgan uchrashuvda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida maydonga tushganini anglatadi;
(_) (yaʼni qavs ichidagi biron son) belgisi futbolchining Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida nechta gol urganligini bildiradi (faqat gol urgan boʻlsa, gol urmagan boʻlsa ushbu belgi qoʻllanilmaydi)[12].
Futbolchilar | 2011-yilgacha | 03.02 | 03.04 | 03.07 | 03.09 | 05.14 | 05.18 | 06.18 | 06.27 | 07.01 | 07.05 | 07.09 | 07.13 | 07.17 | 09.01 | 09.03 | 09.05 | 09.08 | 09.11 | 2011-yil davomida | JAMI |
Homare Sawa | 161(75) | M | M | M | M | M | M | M | M | M(3) | M | M | M(1) | M(1) | - | M | M | M | - | 16(5) | 177(80) |
Nozomi Yamago | 95(0) | - | - | - | M | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | 1(0) | 96(0) |
Aya Miyama | 86(22) | M(1) | M | M | M | M | M | M(1) | M(1) | M | M | M | M | M(1) | M | M | M | M | M | 18(4) | 104(26) |
Shinobu Mno | 80(33) | M | M(1) | M | M | M | M | M | M | M(1) | M | M | M | M | M | M(1) | M | M | - | 17(3) | 97(36) |
Kozue Ando | 79(17) | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | 18(0) | 97(17) |
Eriko Arakawa | 69(20) | M | M | - | M | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | 3(0) | 72(20) |
Kyoko Yano | 65(1) | M | - | M | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | M | - | - | - | M | 4(0) | 69(1) |
Karina Maruyama | 60(13) | - | - | - | - | - | M | M | M | - | M | M(1) | - | M | - | - | M | - | M | 8(1) | 68(14) |
Yuki Nagasato | 58(29) | M | M(1) | M(1) | M | M | - | M | M(1) | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | 17(3) | 75(32) |
Azusa Iwashimizu | 57(8) | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | - | M | M | M | M | 17(0) | 74(8) |
Yukari Kinga | 55(4) | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | - | 17(0) | 72(4) |
Miho Fukumoto | 51(0) | M | - | M | - | - | M | - | - | - | - | - | - | - | M | - | - | - | M | 5(0) | 56(0) |
Rumi Utsugi | 38(5) | M | M | M | - | M | M | - | - | M | - | M | - | - | M | - | - | - | M | 9(0) | 47(5) |
Mizuho Sakaguchi | 33(15) | M | M | - | - | M | M | M | M | M | M | M | M | M | - | M(1) | M | M | - | 14(1) | 47(16) |
Aya Sameshima | 20(2) | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | 18(0) | 38(2) |
Saki Kumagai | 17(0) | M | M | - | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | M | - | 16(0) | 33(0) |
Mami Yamaguchi | 16(6) | - | M(2) | M | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | 2(2) | 18(8) |
Ayumi Kaihori | 13(0) | - | M | M | - | M | M | M | M | M | M | M | M | M | - | M | M | M | - | 14(0) | 27(0) |
Megumi Takase | 12(4) | M | - | M | M | M | - | - | - | - | - | - | M | - | M | - | - | - | M | 7(0) | 19(4) |
Megumi Kamionobe | 11(1) | - | M | - | M(1) | - | - | - | - | - | - | - | M | - | M | M | - | - | M | 6(1) | 17(2) |
Nahomi Kawasumi | 10(0) | M | M(1) | - | M(1) | - | M | - | - | M | M | - | M(2) | M | M(1) | M | M(1) | M | M | 13(6) | 23(6) |
Mana Iwabuchi | 3(2) | - | - | - | - | M | M | M | M | M | M | M | - | M | - | - | - | - | - | 8(0) | 11(2) |
Asano Nagasato | 3(0) | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | M | 1(0) | 4(0) |
Maiko Nasu | 2(0) | - | - | - | - | - | M | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | 1(0) | 3(0) |
Asuna Tanaka | 0(0) | - | M | - | M | - | - | M | M | - | - | - | - | - | M(1) | - | - | - | M(1) | 6(2) | 6(2) |
Emi Nakajima | 0(0) | - | - | - | - | M | M | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | 2(0) | 2(0) |
Akane Saito | 0(0) | - | - | - | M | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | 1(0) | 1(0) |
Yuki Sakai | 0(0) | - | - | - | M | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | 1(0) | 1(0) |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi
Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijalari
2010-yilda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi
2012-yilda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „なでしこジャパン“ (ja). JFA|公益財団法人日本サッカー協会. Qaraldi: 2022-yil 17-yanvar.
- ↑ „Japan: FIFA/Coca-Cola World Ranking“. 2007-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-iyun.
- ↑ „Japan claim maiden title“. fifa.com (2011-yil 17-iyul). 2015-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-iyul.
- ↑ „2015 FIFA Women's World Cup: Complete Tournament Results“. ABC News (2015-yil 6-iyul). Qaraldi: 2015-yil 6-iyul.
- ↑ „沿革・歴史|JFA|日本サッカー協会“. www.jfa.jp.
- ↑ JFA to show appreciation for support from football family FIFA
- ↑ Japan banner a global message FIFA
- ↑ „Japan edge USA for maiden title“. FIFA (2011-yil 17-iyul). 2011-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-iyul.
- ↑ „Women's World Cup final: Japan beat USA on penalties“. BBC Sport (2011-yil 17-iyul). Qaraldi: 2011-yil 18-iyul.
- ↑ „沿革・歴史|JFA|日本サッカー協会“. www.jfa.jp.
- ↑ 11,0 11,1 „沿革・歴史|JFA|日本サッカー協会“. www.jfa.jp.
- ↑ „なでしこジャパン“ (ja). JFA|公益財団法人日本サッカー協会. Qaraldi: 2022-yil 17-yanvar.