Kontent qismiga oʻtish

1972-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
IV Paralimpiada oʻyinlari

Yadro uloqtirish 1972-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari
Mezbon shahar Heidelberg, Gʻarbiy Germaniya
Millatlar 41
Atletlar 1,004
Musobaqalar 10 ta sport tur boʻyicha 187 ta musobaqa
Ochilish 2-avgust
Yopilish 11-avgust
Marosimini ochib beruvchi
Stadion Heidelberg Thingstätte

1972-yil yozgi Paralimpiada oʻyinlari (nemischa: Paralympische Sommerspiele 1972), toʻrtinchi bor oʻtkazilgan Paralimpiada oʻyinlari Gʻarbiy Germaniyaning Heidelberg shahrida, 1972-yil 2-11-avgust kunlari oraligʻida boʻlib oʻtgan. Oʻyinlar 1972-yilda Munchenda, shuningdek, Gʻarbiy Germaniyada boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan 15 kun oldin yakunlangan.

Avvalgi Paralimpiada oʻyinlarida boʻlgani kabi, 1972-yilgi oʻyinlar faqat nogironlar aravachasidagi sportchilar uchun moʻljallangan. Biroq, koʻrish qobiliyati past boʻlgan sportchilar uchun bu yilgi Paralimpiada oʻyinlarida golbol va 100 m ga yugurish kabi tadbirlar ilk marotaba oʻtkazilgan[1].

  • Kamondan otish
  • Yengil atletika
  • Dartchery
  • Goolbol
  • Maysazor bauli
  • Snuker
  • Suzish
  • Stol tennisi
  • Ogʻir atletika
  • Nogironlar aravachasida basketbol
  • Nogironlar aravachasida qilichbozlik

Medallar jadvali

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oltin medallar soni boʻyicha tartiblangan roʻyxatda eng yaxshi koʻrsatkichni qayd etgan oʻnta MOQ keltirilgan. Mezbon davlat Gʻarbiy Germaniya bu roʻyxat boʻyicha eng koʻp medal sohibi boʻlib, birinchi oʻrinda koʻrsatilgan.

OʻrinDavlatOltinKumushBronzaUmumiy
1 GFR*28172267
2 AQSh17273175
3 Buyuk Britaniya16152152
4 Janubiy Afrika16121341
5 Niderlandiya14131138
6 Polsha1412733
7 Fransiya1081533
8 Isroil910928
9 Italiya84517
10 Yamayka83415
Jami (10 davlat)140121138399

Ishtirokchi davlatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Heidelberg Paralimpiadasida 41 nafar davlat delegatsiyasi qatnashgan. Bagama orollari, Braziliya, Chexoslovakiya, Misr, Gonkong, Vengriya, Keniya, Malayziya, Meksika, Peru, Polsha, Ruminiya, Uganda va Yugoslaviya birinchi marta Paralimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan[2].

1964-1976-yillarda Janubiy Afrika uchinchi marta Paralimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Garchi aparteid siyosati tufayli 1980-yilgacha Paralimpiada oʻyinlarida ishtirok etishi taqiqlangan boʻlsa-da, Gʻarbiy Germaniya mezbon davlat sifatida uning ishtirokiga eʼtiroz bildirmagan[3][4].

Rodeziya oxirgi marta musobaqada qatnashgan. 1972 yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish taklifi Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tomonidan Afrika davlatlarining Rodeziya hukumatiga qarshi noroziliklariga javoban ochilish marosimidan toʻrt kun oldin qaytarib olingan. Ammo oʻsha yili Paralimpiada oʻyinlari Olimpiada oʻyinlaridan avvalroq oʻtkazilganligi sababli, Rodeziya 1972-yilgi Paralimpiada oʻyinlarida mustaqil davlat sifatida qatnasha olgan[5][6].

Oʻtmishdoshi:
Tel Aviv
Yozgi Paralimpiada oʻyinlari
Heidelberg

IV Yozgi Paralimpiada oʻyinlari (1972)
Vorisi:
Toronto