Paralimpiya oʻyinlari
Paralimpiada o‘yinlari |
---|
Asosiy mavzular |
O‘yinlar |
Hududiy o‘yinlar |
Paralimpiya oʻyinlari nogironligi boʻlgan (eshitish qobiliyatini yoʻqotganlardan tashqari) shaxslar uchun xalqaro sport musobaqasidir. Para — avvaliga „paralich“ soʻzidan olingan va umurtqa pogʻonasidagi muammolar tufayli tana aʼzolarining muayyan qismi harakatlana olmasligiga ishora boʻlgan, ammo keyinchalik musobaqa ishtirokchilari safining kengayishi bois „parallel“ soʻzining dastlabki qismiga ishora tarzida talqin qilina boshlagan, yaʼni asosiy olimpiada oʻyinlariga parallel ravishda oʻtkaziluvchi musobaqani anglatishi taʼkidlangan.
Yozgi va qishki Paralimpiya oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yozgi Paralimpiya oʻyinlari 1960-yildan, qishki Paralimpiya oʻyinlari esa 1976-yildan muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda. 1988-yildan ushbu musobaqalarning Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan sport arenalarida oʻtkazilayotgani eʼtiborga molik. Dastlabki paralimpiadada 23 davlatdan kelgan 400 nafar aravachali sportchi bahslashgani tarixda qolgan. Oʻzbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi 2007-yildan buyon faoliyat olib boradi. Oʻzbekiston vakillari ilk bora Pekinda 2008-yili oʻtkazilgan paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etishgan.
2012-yili Londondagi musobaqalarda oʻzbekistonlik 10 sportchi qatnashgan. Sharif Xalilov dzyudo boʻyicha 76 kilogrammgacha vazn toifasida finalgacha yetib borgan va kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 2016-yili oʻtkazilgan XV Paralimpiya oʻyinlari Oʻzbekiston delegatsiyasining muvaffaqiyati yodda qolgan. Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan 32 sportchi jami 31 medal sohibiga aylangan.[1][2]
Yozgi Paralimpiya oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]N | Yil | Tashkilotchi shahar |
---|---|---|
I | 1960 | Rim |
II | 1964 | Tokio |
III | 1968 | Tel-Aviv |
IV | 1972 | Geydelberg |
V | 1976 | Toronto, Ontario |
VI | 1980 | Arnem |
VII | 1984 | Stok-Mandevil, Nyu-York |
VIII | 1988 | Seul |
IX | 1992 | Barselona |
X | 1996 | Atlanta |
XI | 2000 | Sidney |
XII | 2004 | Afina |
XIII | 2008 | Pekin |
XIV | 2012 | London |
XV | 2016 | Rio-de-Janeyro |
XVI | 2020 | Tokio |
Qishki Paralimpiya oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]N | Yil | Tashkilotchi shahar |
---|---|---|
I | 1976 | Ernshyoldsvik Shvetsiya |
II | 1980 | Geylo Norvegiya |
III | 1984 | Insbruk Avstriya |
IV | 1988 | Insbruk Avstriya |
V | 1992 | Tignes Fransiya |
VI | 1994 | Lillehammer Norvegiya |
VII | 1998 | Nagano Yaponiya |
VIII | 2002 | Solt-Leyk-Siti AQSh |
IX | 2006 | Turin Italiya |
X | 2010 | Vankuver Kanada |
XI | 2014 | Sochi Rossiya |
XII | 2018 | Pxyonchxan Janubiy Koreya |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Paralimpiada yakunlari: 32 ishtirokchi va 31 medal“. Qaraldi: 8-avgust 2022-yil.
- ↑ ; Farhod Turdiyev; Munavvarxon Rasulova"Olimp sari" (oʻzbek). "Navro'z" nashriyoti — 65-bet. ISBN 978-9943-381-37-7.