Kontent qismiga oʻtish

Meksika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Мексикаdan yoʻnaltirildi)
Meksika Qo`shma Shtatlari
Estados Unidos Mexicanos
ShiorYoʻq
Madhiya: Himno Nacional Mexicano
(Meksika Davlat Madhiyasi)
Location of Meksika
Poytaxt Mexiko shahri
Rasmiy til(lar) Ispancha
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Andrés Manuel López Obrador
Mustaqillik (Ispaniyadan)
• Sana
27-sentabr 1821
Maydon
• Butun
1,972,550 km2 (14-oʻrin)
• Suv (%)
2.5
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
106,202,903 (11-oʻrin)
• Zichlik 53/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$1,068,000 mil. (12-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$10,056
Pul birligi Mexican Unidad de Inversion (UID) (MXV)
Vaqt mintaqasi UTC−8...−5
• Yoz (DST)
UTC−7...−5
Qisqartma MX
Telefon prefiksi 52
Internet domeni .mx

Meksika (Mexiko), Meksika Qoʻshma Shtatlari (Estados Unidos Mexicanos) — Shimoliy Amerikaning janubiy qismida joylashgan davlat. BMT aʼzosi. Maydoni 1958,2 ming km². Aholisi 129,875,529 kishi (2023). Poytaxti — Mexiko shahri. Maʼmuriy jihatdan 31 shtat va 1 poytaxt federal okrugiga boʻlinadi.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

M. — federativ respublika. Meksika Qoʻshma Shtatlarining 1917-yil 5-fevraldagi Siyosiy Konstitutsiyasi amal qiladi, unga keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000-yildan Vi-sente Foks Kesada), u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 6 yil muddatga saylanadi. Konstitutsiyaga binoan, prezident qayta saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy kongress (2 palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident amalga oshiradi.

M. qirgʻoqlari kam parchalangan, eng katta yarim orollari — Kaliforniya va Yukatan. Tinch okeandagi bir necha orol ham M. tarkibiga kiradi. Mamlakat hududining katta qismini Meksika togʻligi (aksariyat balandligi 1000–2000 m, eng baland joyi — harakatdagi Orisaba vulkanlari — 5700 m) egallaydi. Sohilga yaqin joylari pasttekislik. Meksika qoʻltigʻida neftgazli havza, Meksika togʻligida rangli metall rudalari (mis, qoʻrgʻoshin, pyx, kumush, simob, margimush, surma, kadmiy, vismut, qalay, volfram, oltin), mamlakatning Shimoli-sharqida toshkoʻmir, temir va uran rudalari, oltingugurt konlari bor. Iqlimi tropik, shimolida subtropik iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 10°—25°, iyulniki 15°—30°. Yillik yogʻin togʻ yon bagʻirlarida esa 2000–3000 mm.

Janubi-sharqida daryosoylar koʻp, shimoli-gʻarbida kam (Yukatan yarim orolda umuman oqar suv yoʻq). Yirik daryolari: Rio-Grande (Rio-Bravodel-Norte), Lerma (quyi oqimida Rio-Grandede Santyago deb ataladi), Balsas, Grixalva — Usumasinta dare sistemasi. Eng katta kuli — Chapala. Shimoli-gʻarbida, asosan, boʻz tuproq va choʻlga xos oddiy tuproqlar; togʻliklarda surjigarrang, jigarrrang, savanna qizil tuproqlari va togʻ-oʻrmon qoʻngʻir tuproqlari, pasttekisliklarda surjigarrang, savanna qizil tuproqlari va botqoq tuproqlari uchraydi.

Oʻsimliklari juda xilma-xil. M.da oʻsimliklarning 12 mingga yakin turi bor; shulardan 2/3 qismi endemik oʻsimliklardir. Meksika togʻligining shimoliy kattaroq qismida uziga xos kserofil oʻsimliklar, shuningdek, mimozadosh butalar oʻsadigan chala choʻl va choʻllar asosiy oʻrin tutadi. Togʻliqning janubiy qismida va bu yerlarni oʻrab olgan pasttekislik sohillarida boshoqlilar va sertikan butalardan iborat savanna oʻsimliklari, togʻlarda bargli va aralash oʻrmonlar (dub, grab, joʻka, karagay, oqqaragʻay va boshqalar) usadi; M.ning janubiy va janubi-sharqiy qismlarida aksari tropik oʻrmonlar, sharqiy yon bagʻirlarida doim yashil sernam oʻrmonlar, gʻarbiy yon bagʻirlarida igna bargli, togʻ etaklarida barg toʻkadigan oʻrmonlar bor.

Yovvoyi hayvonlardan chala choʻl va choʻllarda kemiruvchilar — yer qazir (yer sichqon), koyot (yaylov boʻrisi), Meksika togʻligi oʻrmonlarida qora ayiq, yenot, kizil silovsin, puma, savannalarda bugʻu, chumolixoʻr, jayra, janubiydagi tropik oʻrmonlarda maymunning 2 turi, tapir, yaguar uchraydi. Hayvo-not, oʻsimlik dunyosi va boshqa noyob joylarni qoʻriqlash maqsadida 50 dan koʻproq bogʻ tashkil etilgan. Eng yiriklari: Kumbreode-Monterrey, Syerrade-San-PedroMartir, Kan-ondelrio Blanko va boshqa

Aholisining kupi meksikanlar boʻlib, ular indeys kabilalari va elatlari, Yevropa (asosan, Ispaniya)dan kuchib kelganlar va plantatsiyalarda ishlatish uchun keltirilgan afrikaliklardan iborat. Aholining yarmidan ortigʻi aralash nikoxdan tugʻilgan metis va mulatlardir. Tub indeys xalqlari oʻz tillari va madaniyatlarini qisman saqlab qolgan. Ispanlar, basklar, nemislar, fransuzlar, italyanlar va boshqa ham bor. Rasmiy til — ispan tili. Dindorlarning 96% katoliklar. 73% aholi shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Mexiko, Gvadalahara, Monterrey, Leon, Syudad-Xuares.

M. hududida odam yuqori paleolit (miloddan 20—15 ming yil oldin) davridan yashaydi. Bu yerda turli davrlarda Gʻarbiy yarim shardagi eng rivojlangan sivilizatsiyalardan biri mavjud boʻlgan. Miloddan avvalgi 1ming yillik oʻrtalaridan aholi oʻtroq hayot kechira boshlagan, dehqonchilik, hunarmandchilik, sanʼat taraqqiy etgan. Milod boshlarida Markaziy Amerikaning shimoli-gʻarbiy qismida mayya qabilalari yashagan. 1ming yillikning 2-yarmida Markaziy M.da tolteklar xiyla yuksak madaniyat yaratdilar. Lekin bu madaniyatni 2-ming yillikning boshlarida naua qabilalari barbod qildi. Naua qabilalari orasida atsteklar ham bor edi, ular hozirgi Mexiko shahrini barpo etdilar va 14-asrda yirik davlat tuzdilar, bu davlat 15-asrda Markaziy va Janubiy M.ning eng qudratli davlatiga aylandi. Bu yerda dehqonchilik, hunarmandchilik, qurilish texnikasi, tasviriy sanʼat birmuncha rivoj topdi. 1517-yil M.ni ispanlar bosib ola boshladilar. 16-asr oxiriga kelib M. xududi butunlay zabtetildi. Yangi Ispaniya vitseqirolligi tuzildi, butun hokimiyat ispan zamindorlari qoʻl ostiga oʻtdi. Mahalliy aholining aksar qismi oʻz yerlaridan mahrum etildi, mustamlaka hokimlari, zamindorlar va katolik cherkoviga tobe boʻlib qoldi. Ocharchilik, kasalliklar koʻplab indeyslarning yostigʻini quritdi (ispanlar zabt eta boshlagan paytda 25 mln.ga yaqin indeys boʻlgan boʻlsa, 1605-yilga kelganda 1mln. dan sal ortiq indeys qoldi). Ishchi kuchi yetishmay qolgach, Afrikadan koʻplab negr qullar keltirila boshladi. Meksika sanoatining rivojlanishiga turli yoʻllar bilan toʻsqinlik qilindi, koʻpchilik ekinlarni ekishni taqiqlab, tuz, porox, tamaki mahsulotlari sotish davlat monopoliyasiga aylantirildi. Mahalliy xalq mustamlakachilarga qarshi bosh koʻtarib bir necha bor qoʻzgʻolon qildi. Iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi va ichki bozorning vujudga kelishi, milliy ongning uygʻonishi taʼsirida 19-asrning boshlarida meksikan millati tarkib topa boshladi.

Amerikadagi ispan mustamlakalarining mustaqillik uchun olib borgan urushi davrida (1810—26), xususan, 1810—15 yillarda M.da M. Idalgo va X. M. Morelos rahbarligida dehqonlar qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi, bu qoʻzgʻolon sha-fqatsiz bostirildi. Ispaniyadagi 1820—23 yillar inqilobi va Janubiy Amerikadagi Ispaniya mustamlakalari vatanparvarlarining muvaffaqiyatlari M.da xalq ozodlik harakatining yangidan koʻtarilishiga sabab boʻldi. A. Iterbude boshchiligidagi harakat keng xalq ommasi tomonidan koʻllab-quvvatlandi. 1821-yil M. mustaqil davlat, 1824-yil esa respublika deb eʼlon qilindi. 1845-yil AQSH Texasni, 1846—48 yillardagi Amerika-Meksika urushi natijasida mamlakat hududining qariyb yarmini bosib oddi. M.ga qarshi uyushtirilgan Angliya-Fransiya-Yspaniya intervensiyasi meksikan xalqining qahramonona qarshiligiga uchrab, interventlarning magʻlubiyati bilan tugadi. 1877-80 va 1884-1911-yillarda general P. Dias prezident boʻlib turdi; ana shu davrda fuqarolar ozodligi oyoq osti qilindi, kongress oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. 20-asrning boshlaridan inqilobiy yuksalish roʻy bera boshladi. 1910-yilda dehqonlar harakati avj olib ketdi. F. Vilya, E. Sapata dehqonlar harakatining eng yirik rahbarlari edilar. 1910—17 yillarda M.da inqilob boʻlib oʻtdi. 1911-yil may oyida Dias rejimi agʻdarib tashlandi. Yangi konstitutsiya qabul qilindi.

1929—33 yillardagi jahon iktisodiy boʻhroni davrida inqilobiy harakat kuchaydi va milliy inqilobiy partiyaning radikal qanoti vakili L. Kardenas-idelrio prezident qilib saylandi. Uning hukumati (1934—40) mu-him oʻzgarishlar qildi, yer islohoti oʻtkazdi.

Ikkinchi jahon urushining boshlarida M. hukumati betaraf ekanligini bildirdi; lekin 1942-yil may oyida fashistlar blokiga qarshi urush eʼlon qildi. Urushdan keyingi yillarda M. iqtisodiyoti yuksala bordi. Biroq qishloqda ahvol oʻzgarmadi. 60-yillardan boshlab L. Mateos (1958—64) va D. Ordas (1964—70) hukumatlari milliy iqtisodiyotni mustahkamlash yoʻlini tutdi. 1970-yilda hokimiyat tepasiga kelganL. Echeverria hukumati ahvolni yaxshilash uchun yer islohoti toʻgʻrisida qonun (1971), yangi saylov qonuni (1972), mahalliy kapital qoʻyilishini ragʻbatlantirish va chet el kapitalini tartibga solish toʻgʻrisida qonun (1973) qabul qildi, davlat xizmatchilari uchun haftasiga 5 ish kuni joriy qildi. M.ning Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya va Lotin Amerikasidagi bir qancha mamlakatlar bilan tashqi savdo aloqalari kengaytirildi.

1976-yilda saylangan prezident L. Portilo va ayniqsa, 1994-yilda saylangan E. Sedilo hukumatlari sanoat va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar oʻtkazishga urindi. Ammo mamlakatning tashqi qarzi oshdi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish pasaydi, ekinzorlar qisqardi. 2000-yil "Oʻng markazchi alyans" blokidan Visente Foks Kesadaning prezident lavozimiga saylanishi 1929-yildan buyon mamlakatni idora qilib kelayotgan Institutsioninqilobiy partiyaning hukmronligiga chek qoʻydi. Keyingi yillarda xoʻjalik boshqaruvini mahalliylashtirish, davlatga qarashli norentabel korxonalarni qisqartirish, iqtisodiyotning "ochikligi" va tadbirkorlik fa-oliyatini kuchaytirish, oʻzaro manfa-atli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish siyosati oʻtkazila boshladi. M. 1991-yil 26-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini tan olgan va 1992-yil 16-martda u bilan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. M. 1945-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 16-sentabr — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1810).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Institutsion-inqilobiy partiya, 1929-yilda tuzilgan (1938-yilgacha Milliyinqilobiy partiya, 1946-yilgacha M. inqilobiy partiyasi deb atalgan, 1946-yildan hoz nomda); Kardenista milliy yangilanish fronti partiyasi, 1972-yilda asos solingan; M. koʻkatparvar ekologiya partiyasi, 1987-yilda tuzilgan; Demokratik inqilob partiyasi, 1989-yilda tashkil etilgan; Milliy harakat partiyasi, 1939-yilda tuzilgan. Kasaba uyushmalari: Mehnat kongressi, 1966-yilda tuzilgan; M. mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1936-yilda asos solingan; M. ishchilari mintaqa konfederatsiyasi, 1918-yilda tashkil etilgan; Ishchi va dehqonlarning inqilobiy konfederatsiyasi, 1952-yilda tuzilgan; M. ishchi va dehqonlarining Xasinto Lopes nomidagi umumiy ittifoqi, 1949-yilda asos solingan; Mehnatkashlarning inqilobiy konfederatsiyasi, 1954-yil tashkil etilgan; Davlat xizmatchilari kasaba uyushmalari federatsiyasi 1938-yil tuzilgan.

M. — industrial-agrar mamlakat. Lotin Amerikasida iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlardan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 24,5%, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi 9%. M. paxta, shakarqamish, kofe yetishtirishda, neft, gaz, kumush, rux, qoʻrgʻoshin, oltingugurt, simob qazib olishda dunyoda oddingi oʻrinlarda turadi.

Sanoatida iqtisodiy faol aholining 15,3% band. Muhim tarmoqlari: konchilik, neftni qayta ishlash, neft kimyosi, metallurgiya, qurilish, toʻqimachilik, oziq-ovqat, mashinasozlik sanoati. Neftgaz sanoati va ularni qayta ishlash korxonalari M. qoʻltigʻi sohilida, konchilik va metallurgiya sanoati Meksika togʻligi shimolida, ishlab chiqarish sanoati korxonalari yirik shaharlarda joylashgan. Kumir sanoati muhim oʻrin oladi. Verakrus, Tampiko, Minatitlan, Mexiko va Salamanka shaharlari neft kimyosining, Monterrey, Monklova, Mexiko atroflari qora metallurgiya, Mexiko, Verakrus, Kananea, Chiuaua, Torreon shaharlari rangli metallurgiya, Mexiko, Toluka, Pu-ebla mashinasozlik va metall ishlash sanoatining asosiy markazlaridir. Bundan tashqari, dizellar, temir yoʻl vagonlari, avtomobillar, toʻqimachilik mashina-uskunalari, elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari (shu jumladan, televizorlar), stanoklar, kemalar ishlab chikaradi. Energetika, qurilish ashyolari, kimyo, farmatsevtika, toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻn-poyabzal, oziq-ovqat sanoati ham rivojlangan. Hunarmandchilik buyumlari ishlab chiqarishga alohida ahamiyat beriladi. Yiliga 89,5 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (asosan, issiqlik elektr stansiyalarida).

Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy faol aholining 27,8% band, Qishloq xoʻjaligi aholining ehtiyojini asosan taʼminlaydi va mahsulotining bir qismini eksport qiladi. Yerlarning ʻ/4 qismiga ekin ekiladi, 3/4 qismi yaylov. Ekin maydonining 5,15 mln. ga sunʼiy sugʻoriladi. Yerlarning koʻp qismi qishloq xoʻjaligi jamoalari — exidoga qarashli. Asosiy tarmoq — dehqonchilik. Eksport uchun paxta, kofe, ichki ehtiyoj uchun shakarqamish, makkajoʻxori, oq joʻxori, bugʻdoy, sholi, loviya, kartoshka, soya ekiladi. Pomidor, yer yongʻoq, ertagi sabzavot, sitrus mevalar, ananas va boshqa bir qancha tropik va subtropik ekinlar eksport ahamiyatiga ega. Koʻp miqdorda yogʻoch tayyorlanadi. Chorvachiligida koramol, ot, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi. Dengizlarda baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi.

Transport yoʻli uz. — 26,4 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 242,3 ming km. 11 ming km neft va gaz quvuri bor. Barcha shtat va shaharlari aviatsiya havo yoʻllari orqali tutashtirilgan. Mexiko, Verakrus, Merida, Monterreyda katta aero-portlar bor. Asosiy dengiz portlari: Verakrus, Mexiko, Tampiko, Koatsa-koalkos, Salina-Krus.

M. chetga tayyor va chala tayyor buyumlar, shuningdek, neft va neft mahsuolotlari, paxta, kofe, dengiz, konchilik sanoati va rangli metallurgiya mahsulotlari chiqaradi. Chetdan chala tayyor buyumlar, mashina va asbob-uskunalar, isteʼmol mollari sotib oladi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: AQSH, Kanada, Yaponiya, Lotin Amerikasi va Yevropa mamlakatlari. Chet el turizmi rivojlangan. Pul birligi — M. pesosi.

Tibbiy xizmati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

M.da, asosan, davlat tibbiy xizmat tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Vrachlar universitetlar huzuridagi 4 ta tibbiyot fakultetida tayyorlanadi. Akapulko, Kuernavaka, Orisaba, Verakrus kabi kurortlari bor.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati — 6 yil, oʻrta maktabda 5 va 6 yil 6—15 yoshdagi bolalar uchun boshlangʻich taʼlim — bepul. Davlat maktablaridan tashqari, koʻpgina xususiy maktablar ham bor. Mamlakatda 189 ta oliy oʻquv yurti, shu jumladan, 60 ta universitet mavjud. Eng yiriklari,: Mexikodagi M. milliy muxtor universiteti (1551), Milliy politexnika instituti (1936), Gvadalahara, Moreliya, Puebladagi universitetlar. Ilmiy muassasalari: M. tillar akademiyasi, M. tarix akademiyasi (1940), Milliy tabiiy fanlar akademiyasi (1884), Milliy tarix va geogr. akademiyasi (1925), M. milliy tibbiyot akademiyasi (1864), yadroviy, tibbiybiol. tadqiqot markazlari, Panamerika kimyo instituti, Milliy matematika maktabi. 30 dan ortiq boshqa ilmiy tadqiqot muassasalari va 60 dan ziyod ilmiy jamiyat va uyushmalar mavjud. Mamlakatning eng katta kutubxonasi — Mexikodagi Milliy kutubxona (1833), boshqa shahar va universitetlarda ham yirik kutubxonalar bor. Muzeylari: Zamonaviy sanʼat muzeyi (1964), Milliy antropologiya muzeyi (1825), Milliy tarix muzeyi (1825), Sankarlos rangtasvir va haykaltaroshlik galereyasi (1785) va boshqa

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. M.da 2 mingdan koʻproq davriy nashr, shu jumladan, 227 ta kundalik gaz. chiqadi. Eng nufuzlilari: "Dia" ("Kun", 1962-yildan), "In-formador" ("Xabarchi", 1917-yildan), "Universal" (1916-yildan), "Uno maye uno" ("Bir plyus bir", 1977-yildan), "Ekselsior" (1917-yildan), "Eraldo de Mexiko" ("Meksika xabarnomasi", 1965-yildan); Informasones Mexikanas — Informeks Milliy axborot agentligi aksiyadorlik jamiyati boʻlib, 1960-yilda tuzilgan. Notisias Mexikanas — Notimeks xukumat axborot agentligi boʻlib, 1968-yilda tashkil etilgan. M.da mingdan koʻproq radio va 700 dan ortiq telestansiya bor. M.ning yetakchi "Televisa" telekoʻrsatuv tijorat konsorsiumi 1973-yil tuzilgan. Milliy radio va televideniye sanoati palatasi 1942-yil tashkil etilgan.

Adabiyoti 16-asrga kadar tub joy indeys qabilalari tillarida, ispanlar bosib olganidan keyin ispan tilida rivojlandi. Mustamlakachilikdan avvalgi davrda mayya (3—9-asrlar) va atsteklar (14—16-asrlar) adabiyoti gʻoyat ravnaqtogshi. Mustamlakachilik davridagi adabiyot yevropacha anʼanalar yoʻlidan bordi. Xalq ogʻzaki ijodiyoti ham uzluksiz rivojlanib adabiyotga kuchli taʼsir etib turdi.

Ispan gumanist maʼrifatparvari B. de Las Kasas adabiyotning rivojida katta rol oʻynadi. Ispan tilida ilk bor E. Kartesning "Ispan qirollariga mak-tublar", B. Dias del Kastiloning "Yangi Ispaniya istilochilarining asl tarixi" asarlari vujudga keldi. B. de Valbuenaning "Meksikaning latofati" dostoni (1604) M. mavzuidagi birinchi asar boʻldi. 17-asr adabiyotida sheʼriyat asosiy oʻrinni egalladi. 18-asrda R. Landivarning "Meksika qishlogʻi" (1781), F. Klavixeroning "Meksikaning qadimgi tarixi" (1780—81) dostonlari maydonga keldi. Mustaqillik uchun kurash yillarida (1810—24) A. Kintan Rooning inqilobiy sheʼrlari shuhrat qozondi (milliy madhiya —"Oʻn oltinchi sentabr" va boshqalar). X. X. Fernandes de Lisardaning "Perikilo Sarniyento" romanida mustamlakachilik tuzumi qattiq tanqid qilindi.

Mustaqil M. adabiyotida paydo boʻlgan birinchi badiiy yoʻnalish romantizm edi. M. Akunya, G. Priyetoning sheʼrlari va M. Payno ("Shaytonning nayranglari"), L. Inklan ("Astusia...")ning M. milliy mustaqilligini haqqoniy va badiiy tasvirlagan tari-xiy romanlari romantizm ruhida yozildi. 19-asrda M. sheʼriyatida modernizm paydo boʻldi (M. X. Oton, S. Dias Miron, A. Nervo va boshqalar)19-asr oxirida, P. Dias diktaturam davrida nasriy realistik tamoyil vujudga keldi. R. Delgado, X. Lopes Portilo-i-Roxas romanlarida mamlakat ijtimoiysiyosiy hayotining qaramaqarshiligi va illatlari fosh etildi. 1910—17 yillardagi burjuademokratik inqilob M.da tarakdiypar-var adabiyotning rivojlanishiga sabab boʻldi. M. Asuelaning "Pastdagilar" (1916) romanida kurashayotgan xalqsiymosi va ommaviy harakatlar aks ettirilgan. M. L. Gusman ("Burgut bilan ilon", 1928), G. Lopes-i-Fuentes ("Harbiy lager", 1931; "Mening generalim", 1934) va boshqa yozuvchilarning asarlari ham shu ruxda yozildi.

20-asrning yirik shoirlari (R. Lopes Velarde, E. Gonsales Martines, K. Peliser)ning asarlarida xalqning maʼnaviy hayoti va milliy turmushi yorqin aks ettirilgan. M. nasri 50-yillarning oʻrtalaridan yana yuksala boshladi. Romannavislar milliy voqelikni badiiy tadqiq qilishni chuqurlashtira borib, umumbashariy muammolarni koʻtarib chiqdi. A. Yanyesning "Jala oldidan", X. Rulfoning "Pedro Paramo", Nobel mukofoti sovrindori K. Fuentesning "Oʻta tiniq soha", "Artemio Krusning oʻlimi", Rosario Kastelyanosning "Zulmatdagi ibodat" romanlari ana shunday asarlardir. Keyingi yillar adiblari hozirgi zamon milliy voqeligini oʻrganib, azaliy insoniy muammolarni yangi sharoitda hal etishga intilmoqda.

Qad. davrda (16-asrgacha) M. hududida indeyslar madaniyatining qator sohalari ravnaq topgan. Miloddan avvalgi 1ming yillikda meʼmorlik ayniqsa yuksaldi. M. markaziy viloyatlarida, janubida va Yukatan yarim orolda shaharlar bar-po etildi. Olmeklar mahobatli insho-otlar, qad. madaniyatga ega boʻlgan mayya xalqi zinapoyali ehrom (piramida) shaklidagi ulkan ibodatxonalar (Choluladagi ehrom asosining bir tomoni 440 m) va rangbarang naqshlar bilan bezatilgan gumbazli binolar qurishgan.

Mustamlaka davri (16—19-a, boshlari)da M.da shaharsozlik rivojlandi. Binolar ispancha uslubda qurildi, shu bilan birga, meʼmorlikda mahalliy anʼana ham oʻz aksini toddi. 17-asrdan boshlab barokko uslubi paydo boʻldi (Moreliyadagi sobor, 1640—1705; Me-xikodagi Milliy saroy, 1692—99; La Profesa cherkovi, 1714—20; Sagrario Metropolitano cherkovi, 1749—68; Gvadalaharadagi Santa-Monika cherkovi, 1720—33; Tlaskala yaqinidagi Santa-Mariya de Okotlan cherkovi, 1745— 60 va hokazo).

19-asrda ispan, italyan va fransuz ustalari yetakchi rol oʻynadi. 19-asrning 2-yarmi — 20-asr boshlarida Mexikoda yirik binolar qurildi, yangi magistrallar ochildi. Binolar beton, temir, temirbetondan qurila boshladi. 1949— 54 yillarda Mexikoda K. Laso rahbarligida qurilgan Universitet shaharchasi 20-asr oʻrtalaridagi M. meʼmorligining eng yaxshi xususiyatlarini aks ettirgan; goʻzal joyda qurilgan bu shaharcha oʻquv, sport va turar joy binolaridan iborat boʻlib, meʼmorlik bilan mahobatlidekorativ sanʼat mahsulidir. 50—80-yillarda M.da zilzilaga chidamli koʻp qavatli turar joy va jamoat binolari qad koʻtardi. Mexikoda bir qancha turar joy dahalari va yoʻldosh-shaharlar paydo boʻldi. Atstek stadioni, Sport saroyi qurildi.

Tasviriy sanʼati juda qad. boʻlib, miloddan avvalgi 2-ming y.likdan boshlab rivojlangan. Bu davrga mansub tosh va terrakotadan yasalgan haykalchalar, shakldor idishlar saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi 1ming y.liqda M. qoʻltigʻi boʻyida yashovchi olmeklar hozirgi Verakrus va Tavasko shtatlarida qabariq tosh yod-gorliklar, ibodatxonalar kurganlar, tosh tobutlar, odam va hayvon qiyofasidagi iloxlar yasaganlar. Milodiy 1ming y.likda totonaklar, sapoteklar, may-yalar goʻzal amaliy va tasviriy sanʼat namunalarini yaratdilar. 10—16-a,lar sanʼatida harbiy manzaralar, dahshatli siymolar, murakkab bezaklar ustunlik qila boshladi.

Mustamlaka davrida cherkovlarning sirti va ichi xilma-xil oʻymakorlik uslubida bezatildi, ayniqsa, 18-asrda ultrabarokko (hashamdorlik) rivoj topdi, yogʻoch oʻymakorligi usulida rangbarang haykallar yasash, diniy mavzudagi rangtasvir va odamlar qiyofasini chizish (B. de Echave, M. Kabrera), keyinchalik akademik haykaltaroshlik (M. Tolsa) urf boʻldi.

19-a,da M. tasviriy sanʼatida Yevropa badiiy madaniyati oʻziga yoʻl ocha boshladi. Shu bilan birga, tasviriy sanʼ-atda milliy mavzuga qiziqish boshlandi. 19-asr oxiri — 20-asrboshlarida M.tasviriy sanʼatiga Yevropadagi yangi badiiy oqimlar ("modern", impressionizm) taʼsir eta boshladi. Bir qancha sanʼatkorlar (X. Murilo, S. Erran) M. sanʼatini tiklash, zamonaviy milliy uslub yaratish gʻoyasini olgʻa surdilar. X. G. Posada esa xalq badiiy anʼanalari bilan bogʻliq inqilobiydemokratik satirik grafikaga asos soldi. 50—60-yillarda mahobatli tasviriy sanʼatda yangi meʼmorlik binolari bilan bogʻliq asarlar (bezakli mozaika, boʻrtiq mozaika, naqshlar) asosiy oʻrin tuta boshladi. M.da tasviriy sanʼat va grafikaga Karaganda zamonaviy haykaltaroshlik kamroq taraqqiy etdi. M. xalq sanʼatida indeys va ispan sanʼati anʼanalari qoʻshilib ketgan.

M. musiqasi qadimdan oʻziga xos va boy. Mahalliy aholi, jumladan, qad. atsteklar turmushida (mas, diniy va ibodat marosimlarida, ish paytlarida) musika katta rol oʻynagan. Bir qancha shaharlarda maxsus musika maktablari boʻlgan. Birmuncha sof "indeys musiqasi" ayrim chekka joylardagi tub aholi oʻrtasida hanuz saqlanib qolgan. Hozirgi M. hududining katta qismida ispan va kreol musiqa madaniyati taʼsirida indeys musiqasi ham uchrab turadi. Qad. cholgʻu asboblari — gitara hamda unga oʻxshash gitarron va haranita, skripka, arfa, truba koʻpdan mashhur.

Professional musiqa 16-asrdan rivojlana boshladi, 19-asr boshlaridan poytaxt va yirik shaharlarda italyan kompozitorlarining operalari qoʻyildi. 1825-yil Mexikoda birinchi musiqa akademiyasi, 1826-yil simfonik orkestr paydo boʻldi. 1866-yil konservatoriya ochildi. 19-asrning oʻrtalaridan opera janrida ishlaydigan milliy kompozitorlar paydo boʻla boshladi. S. Revu-eltas va Ch. Chaves (20-asrning 1-yarmi) milliy kompozitorlar maktabining asoschilaridir. Kompozitorlar L. Sandi, D. Ayala, B. Galindo, R. Alfter, dirijyor L. Errera de la Fuente, skripkami G. Shering, pianinochilar K. Baraxas va M. T. Kastrilon, gitarachi A. Bribyeska, ashulachilar X. Araya, E. Kasanovas yetakchi musiqa arboblaridir. Mexikoda Milliy simfonik orkestr, Universitet simfonik orkestri, Milliy opera, universitet huzurida oliy musiqa maktabi ishlaydi. Bir qancha shtatlarda simfonik orkestrlar bor. Xalq musiqasini ijro etadigan koʻplab vokal-instrumental ansambllar katta muvaffaqiyat qozongan.

M.da balet sanʼati ayniqsa rivoj topgan. M. xoreografiya sanʼati raqs folklori va indeyslarning qad. raqslari bilan ispan raqqoslarining anʼanalari zaminida paydo boʻlgan. Hozirgi sahna raqsi 30-yillarda amerikacha "modern" raqsi taʼsirida tarkib topa boshlagan. Folklor bilan "modern" raqsining qoʻshilishidan oʻziga xos milliy raqs shakllari paydo boʻldi. 1966-yildan Mexikoda har yili xalqaro raqs tanlovlari oʻtkaziladi. 1947-yildan Milliy balet, 70-yillardan M. raqsi akademiyasining zamonaviy balet jamoasi, mustaqil balet truppasi va boshqa ishlab turibdi. M. folklor baleti chet ellarda ham juda mashhur.

M. teatr sanʼati qad. indeyslarning diniy marosimlari asosida vujudga kelgan. Afsonalar asosida diniy, dunyoviy va hajviy tomoshalar koʻrsatilgan. M. 16-asrda yevropaliklar tomonidan istilo qilinganidan keyin xalq sanʼati quvgʻinga uchradi. Ammo cherkovning qarshiligiga qaramay, 1597-yildan Mexikoda "Komediya uyi" teatri ishlay boshladi, 1670-yil birinchi doimiy "Koliseo" xalq teatri ishga tushdi, Gvadalahara (1758), Verakrus (1787) shaharlarida ham doimiy teatrlar ochildi. 1923-yil Dramaturglar uyushmasi milliy teatr madaniyatini yaratishda faol ishtirok etdi. 1946-yil Mexikoda Milliy nafis sanʼat instituti, uning huzurida esa aktyorlar va rejissyorlar tay-yorlaydigan maktab ochildi. Eng mashhur teatrlari: "Ximenes Rueda", "Idalgo", "Xoda", "Reforma", "Insurxentes", Bolalar teatri, "Ginol" qoʻgʻir-choq teatri va boshqa

19-asr oxiridan kinoxronika paydo boʻldi, 1905-yil birinchi badiiy film koʻyildi. 1910-yilda M. mustaqillik kurashi haqidagi "Alam hayqirigʻi" filmi, qisqa metrajli komediya va melodramalar chiqarildi. 30-yillardan ovozli kino rivojlana boshladi. S. M. Eyzenshteyn boshchiligida 1931—32 yillarda M. haqidagi film yaratilishi M. kino arboblari hayotida katta voqea boʻldi. 20-asr 30—40-yillarida yaratilgan filmlarda M.dagi ijtimoiy nizolar, xalq hayoti aks ettirildi. "Mariya Kandelyariya" (1944), "Durdona" (1947), "Rio Eskondido" (1948), "Qishloqi qiz" (1949) kabi badiiy jihatdan yuksak kinofilmlar butun dunyoga ma-shhur boʻldi. M. kino sanʼatining key-ingi eng yaxshi asarlari: "Gʻisht teruvchilar" (rejissyor X. Fone), "Janubdagi uy" (rejissyor S. Olxovich), "Pastkash odamlar" (rejissyor X. Estrada),’ "Xuan Peres Xolote" (rejissyor A. Burns), "100-meridian" (rejissyor A. Xoskovich). M.da yiliga 70 dan ortiq badiiy film ishlanadi, 2000 kinoteatr bor.

Oʻzbekiston — Meksika munosabatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]