Kontent qismiga oʻtish

Zunnun Madaliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zunnun Madaliyev (1914.20.5, Shahrixon sh. — 1980.7.9, Fargʻona) — aktyor va rejissor Oʻzbekiston xalq artisti (1967). Sahna faoliyatini 1930-yil Andijon teatrida boshlagan. 1933—39-yillar Asaka kolxoz—sovxoz teatrida, 1940-yildak Fargʻona viloyat musiqali drama va komediya teatrida aktyor, rejissor, bosh rejissor Qahramonlik va komik rollar ustasi sifatida tanilgan. Ortiqcha xatti-harakat usullarisiz qahramon qiyofasini ocha bilish layoqatiga, sahnadagi sherigi (partnyori)ni oʻziga ergashtira oladigan, kechinmalariga sherik qila oladigan, kuchli psixologik talqin mahoratiga ega sanʼatkor boʻlgan. Yaxshivoy ("Nomus va muhabbat"), Kablayi ("Besh soʻmlik kelin"), Majididdin ("Alisher Navoiy"), Mavlon ("Shohi soʻzana"), Ferdinand ("Makr na muhabbat"), Toshbolta ("Toshbolta oshiq"), Xolmat ("Boy ila xizmatchi"), Tartalya ("Baxtli gadolar") singari turli janr, insonlar toifasiga oid yuzdan ortiq obrazlar yaratgan. Rej. sifatida "Mavlono Muqimiy" (S. Abdulla), "Hamza" (Komil Yashin. A. Umariy), "Maysaraning ishi" (Hamza), "Gulsara" (Komil Yashin, M. Muhamedov), "Ajab savdolar" (H. Gʻulom), "Layli va Majnun" (Xurshid), "Alpomish", "Gul va Navroʻz" (S. Abdulla), "Boqi va Soqi (Ya. Mamatxonov) kabi spektakllarni saqnalashtirgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil