Kontent qismiga oʻtish

Zulfiqor Musoqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zulfiqor Jalolovich Musoqov
Tavalludi
Jamol Musoqov

19-yanvar 1958-yil (1958-01-19) (66 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi rejissor, ssenarist
Filmlari "Abdullajon", „Yaratganga shukr“, „Osmondagi bolalar“ …
Faoliyat yillari 1983 — hozirga qadar
Yoʻnalish drama, komediya
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobiMehnat shuhrati ordeni
Veb-sayt focusgroup.uz

Zulfiqor Musoqov Jalolovich (asl ismi — Jamol Musoqov; 1958-yil, 19-yanvarda Olmaliqda tavallud topgan) — oʻzbek kinorejissyori, "Oʻzbekfilm" kinostudiyasi bosh muharriri.

Zulfiqor Musoqov taniqli kinorejissyor va ssenarist, o‘z rejissyorlik faoliyatini 1989-yildan boshlagan. Zulfiqor Musoqov o‘zining „Abdullajon“, „Bomba“, „Yaratganga shukur“, „Kichkina tabib“, „Oyijon“, „Osmondagi bolalar — 1-2-3“, „Vatan“, „Qo‘rg‘oshin“, „Qovun“, „Xazonrezgi“, „Novda“, „Dadam betob“ kabi filmlari va „Ayol zoti“ teleseriali bilan muxlislar qalbidan chuqur joy olgan. Ijodkor filmlari xalqchilligi bilan ajralib turadi. Rejissyorning „Vatan“ filmi 2007-yilda Malayziyada o‘tkazilgan 50-Xalqaro kinofestivalda „Osiyoning eng yaxshi filmi“ nominatsiyasiga daʼvogarlik qilgan. 2011-yilda rejissyor suratga olgan „Qo‘rg‘oshin“ badiiy filmi Rossiyada bo‘lib o‘tgan „Kinoshok“ Xalqaro kinofestivalida qatnashib, „Eng yaxshi ssenariy“ nominatsiyasi sovrindori bo‘lgan.

Zulfiqor Musoqov 2003-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni, 2006-yilda „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi“unvoniga sazovor bo‘lgan[1].

Zulfiqor Musoqov 2006-yil 25-avgustda „Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.[2]2023-yil 31-avgustda "Fidokorona xizmatlari uchun" orderi bilan taqdirlangan.

  1. Hordiq-Plus gazetasi.[sayt ishlamaydi]
  2. Gov.uz Portali[sayt ishlamaydi]