Kontent qismiga oʻtish

Zulayho

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zulayho – Sharq xalqlari ogʻzaki va yozma adabiyotida keng tarqalgan afsonaviy qahramon. Firdavsiy (X asr), Ali (XIII asr) Durbek (XIV asr) va boshqa shoirlarning mashhur afsona, rivoyatlar va muqaddas kitoblar (Tavrot, Qurʼon) taʼsirida yaratilgan „Yusuf va Zulayho“ dostonlarida oliyjanob obraz sifatida gavdalanadi. Bu ishqiy-sarguzasht harakteridagi asarlarda Zulayho islom dini zaminida talqin etiladi. Qizning har bir xatti-harakati, nutqi, kishilar bilan munosabatida odob-axloqning yuksak naʼmunalari oʻz ifodasini topgan. Zulayho matonatli, qatʼiyatli, kuchli irodali ayollarning umumlashma obrazi, chin sevgi sadoqatning yorqin timsoli sifatida kuylanib kelingan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil