Kontent qismiga oʻtish

Rivoyat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rivoyat (arab. hikoya qilmoq) — voqea va hodisalarni, inson faoliyatini baʼzan uydirmalar vositasida, baʼzan real tasvirlovchi ogʻzaki hikoya; folklor janri. Hajmi qisqa, 2 yoki 3 epizoddan tashkil topadi, anʼanaviy uslubiy shaklga ega boʻlmaydi. Odatda, oddiy bir hikoyachi bayonidan boshlanib, ogʻizdanogʻizga oʻtish jarayonida erkin talkin qilinadi. Riboyat asosida voqelik va tarixiy shaxs bilan bogʻliq hodisalar yotadi. Gʻoyaviy mazmuniga koʻra, tarixiy P. hamda toponim rivoyatlarga boʻlinadi. Tarixiy rivoyatlarda biror shaxs faoliyati va xalq qahramonlari bilan bogʻliq hodisalar hikoya qilinadi, axloq va odobning ideal meʼyorlari tashviq etilib, muayyan faktlar haqida axborot beriladi. Bunday rivoyatlar Navoiy, Ulugʻbek, Ibn Sino, Beruniy, Mashrab, Amir Temur, Sulton Mahmud va boshqa hayoti bilan bogʻliq voqea va hodisalar asosida ham yaratilgan. Toponim rivoyatlarda shahar, qishloq, qoʻrgʻon, saroy, maqbaralar nomi hamda ularning yuzaga kelish sabablari bilan bogʻliq voqealar hikoya qilinadi. Xotimasida.odatda, hikoyadan maqsad taʼkidlanadi va muayyan fakt izoxlanadi (Mas, "Toʻrabek xonim maqbarasi", "Anda jon qildi", "Odinajonim", "Qoʻngʻirot" va boshqalar). Rivoyatlar bizgacha koʻproq ogʻzaki, qisman yozma shaklda yetib kelgan. Vosifiynij "Badoyeʼ ulvaqoyeʼ", Xondamirning "Makorim ulaxloq" va boshqa asarlarda rivoyatlarning qad. namunalari keltirilgan. Oʻzbekistonda juda koʻp rivoyatlar yozib olingan va ular xalqtarixi hamda madaniyestetik qarashlarini oʻrganishda muhim manbadir[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil