Zimbardor madrasasi
Madrasa | |
Zimbardor madrasasi
Zimbardoriy | |
Mamlakat | O'zbekiston |
Hudud | Farg'ona |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki |
Madrasa turi | Kichik |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Meʼmor | Xudoyor Mahviy |
Asosiy sana: 1827
| |
Maqomi | Davlat himoyasida |
Holati | amaldagi |
Hujralar soni | 6 |
Qurilish materiali | pishiq g‘isht |
Zimbardor madrasasi – 1827-yilda davlat arbobi Muhammad Aminbek tomonidan otasi Karimqul Zimbardor sharafiga Qoʻqon shaxridagi Isfara mahallasi markazida qurilgan. Qurilishga mashhur quruvchi Xudoyor Mahviy rahbarlik qilgan. Madrasa hovli boʻylab 6 ta hujra (oʻquv hujrasi), 4 ta darsxonadan va ayvonli ichki namozxonadan iborat[1]. Qurilishda toʻrtburchak pishirilgan oʻzbek gʻishtidan foydalanilgan, ichki devor va shiftlar turli naqshlar bilan bezatilgan. Tashqi tomon angob usulida pardozlangan, xonalar ganch bilan suvalgan. Shifti oʻziga xos ravoq va vassa usulida yopilib, goʻzal naqshlar bilan bezatilgan. Mustaqillikdan soʻng madrasa biroz oʻzgartirishlar bilan qayta tiklandi. Hozirda u jamoat uchun masjid sifatida xizmat qilmoqda[2]. Chorsudagi Jome masjidi orqasidagi koʻcha Zinbardor masjidiga olib boradi.