Zhang Yuning
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Zhang Yuning | ||
Tavallud sanasi | 5-yanvar 1997-yil | ||
Tavallud joyi | Cangnan, Zhejiang, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.86 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Beijing Guoan | ||
Raqami | 9 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2008-2014 | Hangzhou Greentown | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2015 | Hangzhou Greentown | 0 | (0) |
2015-2017 | Vitesse | 24 | (3) |
2016-2017 | → Jong Vitesse (Ijara) | 9 | (1) |
2017-2019 | West Bromwich Albion | 0 | (0) |
2017-2018 | → Werder Bremen (Ijara) | 0 | (0) |
2018-2019 | → ADO Den Haag (Ijara) | 6 | (0) |
2019- | Beijing Guoan | 63 | (24) |
Milliy terma jamoa | |||
2011-2012 | Xitoy U-17 | 9 | (6) |
2015-2016 | Xitoy U-20 | 9 | (6) |
2015-2020 | Xitoy U-23 | 32 | (15) |
2016- | Xitoy | 22 | (5) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 1-yanvar uchun) |
Zhan Yuning (1997-yil 5-yanvarda tugʻilgan) — Xitoy Superligasining „Beijing Guoan“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. Xalqaro maydonda Xitoy terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zhang Yuning futbolchilik faoliyatini 2008-yilda Xangzhou Greentown yoshlar akademiyasiga qoʻshilganida boshlagan. Akademiyadagi bir qancha yaxshi oʻyinlaridan soʻng 2012-yilgi Osiyo U-16 chempionatiga Xitoyning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqirilgan va turnir davomida uchta oʻyinda ikkita gol urgan[1]. 2015-yilgi mavsumda u klubning asosiy jamoasiga koʻtarilgan va 2015-yil 13-may kuni 2015-yil Xitoy FA kubogi doirasida „Wuhan Hongxing“ga qarshi oʻyinda klub uchun birinchi golini kiritgan[2].
2015-yilning iyulida Zhang Eredivizionning „Vitesse“ jamoasiga oʻtgan va ikki yillik shartnoma imzolagan[3]. U klubdagi debyutini 2016-yilning 13-fevralida SC Xerenvenga qarshi oʻyinda (3:0) oʻtkazgan, oʻyinning 86-daqiqasida Valeri Qazaishvilining oʻrniga maydonga tushgan[4]. 2016-yil 6-mart kuni u klub uchun birinchi golini Roda JC ga qarshi oʻyinda (2:1) kiritgan[5]. U oʻzining ikkinchi golini 2016-yilning 8-mayida „Twente“ga qarshi oʻyinda (2:2) kiritgan[6]. Zhanga 2016/17- yilgi mavsum uchun 9-raqamli libos berilgan[7] ammo, u asosan mavsum davomida Riki van Volfsvinkelga zaxira oʻyinchisi sifatida qaralgan. 2016-yil 26-oktabrda u KNVB kubogi 2016/17 ikkinchi bosqichida RKC Waalwijkinga qarshi oʻyinda gol urgan[8]. U 2016-yilning 3-dekabrida PEC Zvollega qarshi oʻzining mavsumdagi yagona golini kiritgan[9]. 2017-yilning 31-martida Zhang klub bilan shartnomasini 2018-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirgan[10]. 2017-yil 30-aprel kuni KNVB kubogi finalida „Vitesse“ AZ Alkmaar ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonganida u zahirada qolgan[11].
2017-yil iyul oyida Zhang nomaʼlum toʻlov evaziga uch yillik shartnoma asosida Premer-liga vakili „West Bromwich“ga oʻtgan va darhol Bundesliga vakili „Werder“ga ikki yilga ijaraga berilgan[12]. U asosiy jamoada oʻzini koʻrsata olmagan va 2017/18-yilgi mavsumda atigi ikki marta zaxirada maydonga tushgan. U 2018-yilning 29-aprelida Dortmundning „Borussiya“siga qarshi uchrashuvda va 2018-yilning 12-mayida "Mainz-05 "ga qarshi safar oʻyinida zaxiradan maydonga tushgan[13][14].
2018-yil 22-iyunda Zhang 2018/19-yilgi mavsum uchun Eredivizionning ADO Den Haag jamoasiga ijaraga berilgan[15]. U 2018-yilning 24-avgust kuni 2018-yilgi Osiyo oʻyinlarida Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Musobaqa davomida oʻng toʻpigʻining bogʻlami yorilib, uch oyga safdan chiqqan[16]. U klubdagi debyutini 2018-yilning 24-noyabrida PEC Zvollega qarshi oʻtkazgan[17].
2019-yilning 24-fevralida Zhang Xitoy Superligasi vakili „Beijing Guoan“ga oʻtgan[18]. 2019-yil 1-mart kuni u klubdagi debyutini mehmonda „Wuhan Zall“ga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan[19]. U klubdagi ilk golini 2019-yil 9-mart kuni safarda Chongqing Lifanga qarshi oʻyinda (4:0) kiritgan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zhang Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2016-yil 3-iyun kuni Trinidad va Tobagoga qarshi oʻyinda (4:2) oʻtkazib, ikkita gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan[20].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Hangzhou Greentown | 2015 | Xitoy Super Ligasi | 0 | 0 | 1 | 1 | - | - | 1 | 1 | ||
Vitesse | 2015-16 | Eredivisie | 8 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | 8 | 2 | |
2016-17 | Eredivisie | 16 | 1 | 3 | 1 | - | - | 19 | 2 | |||
Jami | 24 | 3 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 27 | 4 | ||
Jong Vitesse (Ijara) | 2016-17 | Tweede Divisie | 9 | 1 | - | - | - | 9 | 1 | |||
Werder Bremen (Ijara) | 2017-18 | Bundesliga | 0 | 0 | 0 | 0 | - | - | 0 | 0 | ||
ADO Den Haag (Ijara) | 2018-19 | Eredivisie | 6 | 0 | 0 | 0 | - | - | 6 | 0 | ||
Beijing Guoan | 2019 | Xitoy Super Ligasi | 25 | 8 | 1 | 0 | 6 | 0 | 0 | 0 | 32 | 8 |
2020 | 18 | 6 | 1 | 0 | 6 | 2 | - | 25 | 8 | |||
2021 | 20 | 10 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | 20 | 10 | |||
Jami | 63 | 24 | 2 | 0 | 12 | 2 | 0 | 0 | 77 | 26 | ||
Karyerada jami | 102 | 28 | 6 | 2 | 12 | 2 | 0 | 0 | 120 | 32 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Xitoy | 2016 | 6 | 2 |
2017 | 3 | 0 | |
2018 | 0 | 0 | |
2019 | 1 | 0 | |
2020 | 0 | 0 | |
2021 | 8 | 3 | |
2022 | 4 | 0 | |
Jami | 22 | 5 |
Yoʻq. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 3.06.2016 | Olimpiya sport markazi stadioni, Qinxuangdao, Xitoy | Trinidad va Tobago | 2-0 | 4-2 | Oʻrtoqlik |
2 | 3-0 | |||||
3 | 11.06.2021 | Sharja stadioni, Sharja, Birlashgan Arab Amirliklari | Maldiv | 4-0 | 5-0 | 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi |
4 | 15.06.2021 | Suriya | 3-1 | 3-1 | ||
5 | 7.10.2021 | Vietnam | 1-0 | 3-2 | 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vitesse
- KNVB kubogi : 2016-17
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „张玉宁完美处子秀助绿城晋级 97年出生信仰基督“ (zh). Sina (14-may 2015-yil).
- ↑ „足协杯第三轮 绿城客场点胜宏兴“ (zh). Hangzhou Greentown F.C. (13-may 2015-yil). Qaraldi: 4-iyul 2017-yil.
- ↑ „绿城18岁小将留洋欧洲 小张玉宁赴荷甲维特斯“ (zh). Sina (2-iyul 2015-yil).
- ↑ „HET DEBUUT VAN YUNING ZHANG IN 10 BEELDEN“ (nl). SBV Vitesse (13-fevral 2016-yil). Qaraldi: 4-iyul 2017-yil.
- ↑ „Roda JC Kerkrade vs. Vitesse (1 : 2)“. OneFootball (6-mart 2016-yil). 2016-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2016-yil.
- ↑ „GELIJKSPEL NIET GENOEG VOOR VITESSE“ (nl). SBV Vitesse (8-may 2016-yil). Qaraldi: 19-iyul 2016-yil.
- ↑ „LEWIS BAKER KEERT TERUG NAAR VITESSE“ (nl). SBV Vitesse (24-iyun 2016-yil). Qaraldi: 4-iyul 2017-yil.
- ↑ „VITESSE TEN KOSTE VAN RKC WAALWIJK NAAR DERDE BEKERRONDE“ (nl). SBV Vitesse (26-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 4-iyul 2017-yil.
- ↑ „ZEGE MET DRIE GOALS VOOR VITESSE“ (nl). SBV Vitesse (3-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 4-iyul 2017-yil.
- ↑ „Aflopende contracten bij Vitesse“ (nl). SBV Vitesse (31-mart 2017-yil). Qaraldi: 31-mart 2017-yil.
- ↑ „AZ 0 - 2 VITESSE“. soccerway (30-aprel 2017-yil). Qaraldi: 4-iyul 2017-yil.
- ↑ „Albion recruit future prospect Zhang“. West Bromwich Albion F.C. (3-iyul 2017-yil). Qaraldi: 4-iyul 2017-yil.
- ↑ „WERDER BREMEN 1 - 1 BORUSSIA DORTMUND“. soccerway (29-aprel 2018-yil). Qaraldi: 17-may 2018-yil.
- ↑ „MAINZ 05 1 - 2 WERDER BREMEN“. soccerway (12-may 2018-yil). Qaraldi: 17-may 2018-yil.
- ↑ „ADO DEN HAAG VERWELKOMT YUNING ZHANG“ (nl). ADO Den Haag (22-iyun 2018-yil). Qaraldi: 23-iyun 2018-yil.
- ↑ „腾讯专访张玉宁:一定会踢上比赛,梦想欧冠以及在国家队证明自己“ (zh). ADO Den Haag (WeChat subscription) (19-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 5-noyabr 2018-yil.
- ↑ „ADO DEN HAAG KNOKT ÉN VOETBALT ZICH LANGS PEC ZWOLLE“ (nl). ADO Den Haag (24-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 26-noyabr 2018-yil.
- ↑ „北京国安官方宣布张玉宁加盟 身披9号征战中超“ (zh). Sina.com (24-fevral 2019-yil). Qaraldi: 24-fevral 2019-yil.
- ↑ „张玉宁中超首秀亮点够足 强力支点能为国安干大事“ (zh). Sina.com (1-mart 2019-yil). Qaraldi: 1-mart 2019-yil.
- ↑ „热身-张玉宁两球姜宁闪击 奇兵轰死角国足4-2胜“ (zh). Sina (3-iyun 2016-yil). Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.