Zeliha Ağrıs
Zeliha Ağrıs | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Turkiya |
Tavallud sanasi |
20-yanvar 1998-yil Beyşehir, Konya viloyati, Turkiya |
Faoliyat yillari | 2008— |
Boʻyi | 1.74 m |
Sport | |
Mamlakat | Turkiya |
Qaysi sport | Taekvondo |
Zeliha Ağrıs (1998-yil 20-yanvarda tugʻilgan) — turkiyalik taekvondochi. 2017-yilda super yengil vazn toifasida jahon chempionligini qoʻlga kiritgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zeliha Ağrıs 1998-yil 20 yanvarda Konya viloyatining Beyşehir shahrida tugʻilgan. Konya shahrida ulgʻaygan[1][2][3]. Otasi restoran boshqaruvchisi boʻlgan[4].
Bolaligida juda qiziqqon qiz boʻlgan[5]. Yaqin-atrofdagi sport zallaridan birida taekvondo mashgʻulotlarini tomosha qilib, mazkur sport turiga qiziqib qolgan. Dastlab otasi qizini taekvondoga bilan shugʻullanishiga rozi boʻlmagan. Murabbiy Zelihaning otasini koʻndirgan[4]. Zeliha oʻn yoshida taekvondo bilan shugʻullana boshlagan[5]. Keyinchalik ota-onasi uning faoliyatini qoʻllab-quvvatlagan[5].
U Konya shahridagi Selçuk universitetining jismoniy fanlar yoʻnalishida tahsil olgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilgi Gruziyaning Tbilisi shahrida oʻtkazilgan tekvondo boʻyicha kadetlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida xalqaro maydondagi debyutini amalga oshirgan[6].
Portugaliyaning Portu shahrida boʻlib oʻtgan 2013-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida xalqaro musobaqalardagi ilk medalini qoʻlga kiritgan. −55 kg vazn toifasida bronza medali sohibasiga aylangan[7]. 2014-yilda Shvetsiyada boʻlib oʻtgan Telleborg open turnirining −55 kg vazn toifasida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan[8]. Ağrıs Latviyaning Daugavpils shahrida oʻtgan 2015-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida oltin medal sohibasiga aylangan[4]. Shveytsariyaning Montreux shahrida boʻlib oʻtgan 2016-yilgi Yevropa chempionatida bronza medalni qoʻlga kiritgan[9]. Bolgariyaning Sofiya shahrida oʻtkazilgan 21 yoshgacha boʻlgan Yevropalik taekvondochilar oʻrtasidagi chempionatda bronza medalini[10] va 2017-yilgi Islom birdamigi oʻyinlarida (Ozarbayjon, Boku) kumush medalini qoʻlga kiritgan[11]. Janubiy Koreyaning Muju shahrida oʻtgan 2017-yilgi jahon chempionatlarida oʻz vazn toifasida oltin medal sohibasiga aylangan[12]. Yarim finalda Dinorahon Mamadibragimova va finalda Tatiana Kudashovani magʻlub etgan[13].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Zeliha Ağrıs“ (tr). olimpiyatkomitesi.org.tr. Türkiye Milli Olimpiyat Komitesi. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
- ↑ Aslan, Erkan.. „Güçlü Tekmeleriyle Rakiplerini Dize Getiren Dünya Şampiyonu Milli Tekvandocumuz Zeliha Ağrıs“ (tr) (2018-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
- ↑ „Beyşehir'in Gururu Zeliha Ağrıs, Avrupa İkincisi oldu“ (tr) (2021-yil 10-aprel). Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „Babası ile antrenörüne oyun kurdu, dünya şampiyonu oldu“ (tr) (2019-yil 20-fevral). Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 „Milli tekvandocu Zeliha Ağrıs: Totemim yok, duam var benim“ (tr) (2019-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
- ↑ „Yıldızlarda Avrupa Şampiyonu Türkiye“ (tr). Türkiye Taekwondo Federasyonu (2011-yil 9-iyul). Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
- ↑ „Türkiye, Avrupa Gençler Tekvando Şampiyonası'nda 10 madalya topladı.“ (tr) (2013-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
- ↑ „Trelleborg Open 2014 Tamamlandı“ (tr). Türkiye Taekwondo Federasyonu (2014-yil 5-fevral). Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
- ↑ „Servet Tazegül 5. kez Avrupa şampiyonu“ (tr) (2016-yil 20-may). Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
- ↑ „Turkish Taekwondo Team Returns from Sofia with 10 Medals“. Turkish Olympic Committee (2017-yil 10-aprel). 2024-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
- ↑ „Kadın tekvandoculardan Bakü'de büyük başarı“ (tr) (2017-yil 19-may). Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
- ↑ < „Zeliha Ağrıs Dünya Şampiyonu“ (tr) (2017-yil 28-iyun). Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
- ↑ „Turkey's Agris bags gold in women's Taekwondo“. www.aa.com.tr. Qaraldi: 2021-yil 23-noyabr.