Zarxoʻja Saidazimov
Zarxoʻja Saidazimov | |
---|---|
Tavalludi |
26-aprel 1956-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Buguruslan fuqaro aviatsiyasi bilim yurti |
Kasbi | uchuvchi |
Mukofotlari |
Zarxoʻja Muratovich Saidazimov (1959-yil 26-aprel, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi) – uchuvchi, „Shuhrat“ medali va Oʻzbekiston Qahramoni unvoni sohibi.
Hayoti va mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1956-yil 26-aprelda Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Toshkent viloyatida (hozir Toshkent viloyati, Oʻzbekiston Respublikasi) da tavallud topgan[1].
Yoshligidagi qiziqishlar sabab 1974-yil Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi Orenburg viloyatidagi Buguruslan fuqaro aviatsiyasi bilim yurtiga oʻqishga kiradi. Oʻqishni 1976-yili oʻqishni tamomlaydi. Soʻngra Sergeli birlashgan aviaotrayadida „An-2“ samolyotini boshqarish bilan faoliyatini boshlagan. Bu yerda 1984-yilgacha ishlagan. Keyingi faoliyati davomida „Tu-134“, „Tu-154“ kabi samolyotlarni boshqargan. 1992-yilda Oʻzbekiston Milliy aviakompaniyasi tashkil etilgach tajribali uchuvchi sifatida ishga taklif etilgan. Aviakompaniyada ilk parvozini „Toshkent-Bahrayn-Toshkent“ yoʻnalishida „Tu-154“ samolyotida boshlagan.
1998-yilda Zarxoʻja Saidazimov aviakompaniyada parvozlar guruhi rahbari, parvozlar majmuasi direktori birinchi oʻrinbosari etib tayinlanadi.
2003-yili Shuhrat medali, 2007-yilda esa „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni[2] bilan taqdirlagan[1].
Keyinchalik parvozlar xavfsizligi boʻyicha inspeksiya transport aviatsiyasi uchuvchi-inspektori, „Boeing“ uchish otryadi havo kemasi komandiri kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan. Hozirda nafaqada.
„101-reys“
[tahrir | manbasini tahrirlash]2001-yi 11-sentyabr kuni Boeing-767 samolyoti bortida 180 yoʻlovchi bilan Amerika Qoʻshma Shtatlarining Nyu York shahriga 101-reys Zarxoʻja Saidazimov kapitanligida yoʻl oladi. Samolyot John Cennedy xalqaro aeroprtiga yaqinlashadi. Bu paytda esa oʻsha mashhur terakt sababli aeroport samolyotlarni qabul qilmayotgan edi. Bu paytda Zarxoʻja Saidazimov Kanada xalqaro aeroportiga yoʻl oladi ammo bu yerda ham tigʻiz jadval sabab dispetcher 3 soatdan keyin qoʻnish imkoniyati borligini maʼlum qiladi. Ammo uchuvchi tavakkal qilib samolyotni aeroportning zaxira angariga qoʻndiradi[3].
Ushbu hodisaga bagʻishlab Akrom Shahnazarov rejissyorligidagi „101-reys“ nomli film ham tasvirga olingan. Filmda Zarxoʻja Saidazimov obrazini Hoshim Arslonov ijro etgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1. 2003-yil – respublikada fukaro aviatsiyasini rivojlantirish va zamonaviy aviatsiya texnikasini oʻzlashtarishdagi xiz matlari, xalqlar oʻrtasida doʻstlikni mustakkamlashga qoʻshgan hissasi hamda ijtimoiy hayotda faol ishtiroki uchun – „Shuhrat“ medali,
2. 2007-yil – Vatan mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalardagi uzoq yillik qahramonona mehnati, xalqning bebaho madaniy-maʼnaviy merosini saqlash va rivojlantirish hamda yosh avlodni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida, har tomonlama barkamol etib tarbiyalashga qoʻshgan katta hissasi uchun – „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni[2].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216-bet. Qaraldi: 11-avgust 2023-yil.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 132.
- ↑ 2,0 2,1 „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 22.08.2007 yildagi PF-3910-son“. Lex.uz (2007-yil 22-avgust). Qaraldi: 28-dekabr 2023-yil.
- ↑ Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 133.