Kontent qismiga oʻtish

Zarafshon okrugi (SSSR)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston SSRning 1927-yildagi maʼmuriy-hududiy boʻlinishi
Oʻzbekiston SSRning 1927-yildagi maʼmuriy-hududiy boʻlinishi

Mamlakat SSSR bayrogʻi SSSR (1923—1955) Oʻzbekiston SSR
Yirik shahari Kattaqoʻrgʻon tumani
Rasmiy tillar rus va o'zbek
Aholi 278,0 ming kishi
Millatlar tarkibi oʻzbeklar, tojiklar, ruslar va boshqalar
Dinlar tarkibi musulmon-sunniy, xristian
Xaritada

Zarafshon okrugi — 1926—1930-yillarda Oʻzbekiston SSR tarkibidagi oʻnta okrugdan biri. Okrugning maʼmuriy markazi Karmana shahri boʻlgan. Okrug oʻz nomini Zarafshon daryosidan olgan[1].

1925-yilda, yaʼni O‘zbekiston SSR tashkil topganidan soʻng qisqa vaqt oʻtgach, respublikada viloyat maʼmuriy birligi joriy etildi. Viloyatlar uyezdlarga, ular oʻz navbatida volostlarga boʻlingan. Viloyatlardan biri Zarafshon viloyati edi. Ammo oradan bir yil oʻtmay, 1926-yilda viloyat maʼmuriy birligi tugatilib, respublikani okruglarga, ular esa oʻz navbatida tumanlarga boʻlinishi joriy etildi.

1930-yilda Oʻzbekiston SSRda navbatdagi maʼmuriy-hududiy islohot boʻlib oʻtdi, okruglar tugatilib, ularning tarkibiga kirgan tumanlar bevosita respublikaga boʻysunuviga oʻtkazildi. Shunday qilib, respublika 71 ta tumanga, ular 1494 ta qishloq sovetlariga boʻlingan. Shuningdek, respublikada 9 ta respublika boʻysunuvchi shahar boʻlib, ularga yana 204 ta qishloq Soveti boʻysunadi.

Okrug 6 tumanga boʻlingan: Qoradaryo tumani, Kattaqoʻrgʻon tumani, Karmana tumani, Narpay tumani, Nurota tumani va Xatirchi tumani.

Shimoldan RSFSR tarkibidagi Qirgʻiziston ASSR bilan, janubdan Qashqadaryo okrugi bilan, gʻarbdan Konimex tumani va Buxoro okrugi bilan, sharqdan Samarqand okrugi bilan chegaradosh.

1926-yilgi Butunittifoq aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Zarafshon okrugi aholisi 278 ming kishi edi[2].

Ulardan 246 ming 620 nafari oʻzbeklar, 10 ming 476 nafari tojiklar edi. Shuningdek, tumanda milliy ozchiliklardan turkmanlar (4722 kishi), oʻrta osiyolik arablar (4088 kishi), ruslar (3737 kishi), qozoqlar (2908 kishi) va oʻrta osiyolik (buxoriy) yahudiylar (2290 kishi) koʻp edi. Okrugda yana 30 ga yaqin millat vakillari turlicha yashagan[3].

  • Administrativnoe delenie Soyuza SSR. M., 1929.
  • „История Узбекской ССР“, , Ташкент, 1958.