Kontent qismiga oʻtish

Surxondaryo okrugi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Oʻzbekiston SSRning maʼmuriy-hududiy xaritasi (1938-yil holatiga koʻra)
Oʻzbekiston SSRning maʼmuriy-hududiy xaritasi (1938-yil holatiga koʻra)

okrug
Tegishli Oʻzbekiston SSR
Maʼmuriy markazi Termiz
Asos solingan sanasi 1926-yil
1935-yil 17-aprel
Bekor qilingan sanasi 1930-yil 30-iyul
1941-yil 6-mart
Aholi 202,2 ming kishi (1926)
315,2 ming kishi (1939)
Maydoni 20,2 ming km²
Xaritada

Surxondaryo okrugiOʻzbekiston SSR tarkibida 1926—1930 va 1935—1941-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy-hududiy birlik.

1926—1930-yillarda okrug

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston SSR (1927-yil)

Surxondaryo okrugi 1926-yilda tashkil topgan[1]. Markazi Sherobod shahri, soʻngra Termiz shahri boʻlgan.

1929-yil maʼlumotiga koʻra, okrug 6 tumandan iborat boʻlgan: Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Patta Hisor, Sariosiyo, Sherobod.

1930-yil 30-iyul okrug SSSRning boshqa okruglari kabi tugatildi. Okrug tumanlari bevosita Oʻzbekiston SSR boʻysunuviga oʻtkazildi.

1926-yilda okrug aholisi 202,2 ming kishi boʻlgan boʻlib, shundan o‘zbeklar 72,0%, tojiklar 19,0%, ruslar 3,5%, turkmanlar 2,7% ni tashkil etgan[2].

1935—1941-yillarda okrug

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Surxondaryo okrugi Oʻzbekiston SSRning chekka tumanlarni boshqarishda oson boʻlishi 1935-yil 17-aprelda qayta tashkil etiladi. Okrug tarkibiga Termiz, Jarqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Denov, Sariosiyo, Sherobod va Boysun tumanlari, yana 1938-yilda Buxoro viloyati kiritilgan.

1941-yil 6-martda okrug maqomi viloyatga oʻzgartirildi.

1939-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotiga koʻra, okrugda 315,2 ming kishi yashagan.

  1. Аdministrativnoye deleniye Soyuza SSR (rus tilida), Moskva, 1929. 
  2. „Vsesoyuznaya perepis naseleniya 1926 goda. Natsionalniy sostav naseleniya po regionam respublik SSSR“ (rus tilida).