Yuza (Yaponiya)
Yuza 遊佐町 | |
---|---|
Shaharcha | |
39°0′53.3″N 139°54′31.7″E / 39.014806°N 139.908806°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Iqlim turi | Nam kontinental iqlim |
Aholisi (2020-yil fevral) |
13 615 |
|
Yuza (yaponcha: 遊佐町 Yuza-machi ) Yaponiyaning Yamagata Prefekturasida joylashgan hudud. 29-fevral, 2020-yil holatiga koʻra, shahar aholisining populyatsiyasi 4956 ta xonadonda 13615 nafar kishi[1] va aholi zichligi 65 km²/kishiga teng. Shaharning umumiy maydoni 208,38 kvadrat kilometr (80 mi²) ga teng.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yuza Yamagata prefekturasining eng shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, shimolda Akita prefekturasi va gʻarbda Yapon dengizi bilan chegaradosh. Shaharning bir qismi Chokai kvazi-milliy bogʻi chegaralarida, shu jumladan Chokai togʻining bir qismiga toʻgʻri keladi[2].
Qoʻshni munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nakayama nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlarga ega, yozi oʻta issiq, qishi esa quruq sovuq boʻlishi kuzatiladi. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻladi, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli holati kuzatiladi. Nakayamada oʻrtacha yillik harorat 11,9 °C. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik yiliga 1906 mm, sentyabr esa eng nam oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,1 °C atrofida, eng pasti esa yanvarda, taxminan 0,3 °C boʻladi[3].
Demografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Yuza aholisi 1950-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqdi va shundan buyon doimiy ravishda kamayib bormoqda. Hozirgi aholi soni bu bir asr oldingi songa qaraganda kamroqdir.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1920 | 18,863 | — |
1930 | 19,556 | +3.7% |
1940 | 19,596 | +0.2% |
1950 | 25,726 | +31.3% |
1960 | 23,928 | −7.0% |
1970 | 21,224 | −11.3% |
1980 | 20,412 | −3.8% |
1990 | 19,705 | −3.5% |
2000 | 18,037 | −8.5% |
2010 | 15,48 | −14.2% |
2020 | 13,032 | −15.8% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi Yuza hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi hisoblanadi. Meydzi davri boshlanganidan keyin hudud Yamagata prefekturasining Akumi tumani tarkibiga kiritildi. Yuza qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratilishi bilan tashkil etilgan. 1941-yil 1-aprelda u shahar maqomiga koʻtarildi. 1954-yil 1-avgustda u qoʻshni Inagava, Nishi-Yuza, Varabioka, Fukura va Takase qishloqlarini oʻz ichiga oldi. 2003-yilda u qoʻshni Sakata shahri bilan birlashish boʻyicha munozaralarga qoʻshildi; biroq, birlashish munozaralari 2004-yil 6-oktyabrda yakunlandi, Yuza mustaqil boʻlishni tanladi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yuza iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligi va tijorat baliqchiligiga asoslangan.
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yuzada beshta davlat boshlangʻich maktabi, shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi va Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi mavjud. Prefekturada nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi ham faoliayt yuritadi.
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Uetsu magistral liniyasi
- Yuza — Fukura — Mega
Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nihonkai-Tōhoku Expressway — Yuza Interchange
- Milliy yoʻnalish 7
- Milliy yoʻnalish 345
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Juroku Rakan Iva
- Chokaizan Omoimi Jinja
Xalqaro munosabatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qardosh shaharlar — qardosh shaharlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Yuza Town official statistics (yaponcha)
- ↑ „Natural Parks of Yamagata Prefecture“ (ja). Yamagata Prefecture. Qaraldi: 2012-yil 29-fevral.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Yuzaclimate data
- ↑ Yuza population statistics
- ↑ „Twinning relationships: Yuza (Japan)“ (en). Welcome to Szolnok. Szolnok city government. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-oktyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy veb -sayt (yaponcha)