Kontent qismiga oʻtish

Yusuf ibn Abdurahmon al-Fihriy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yusuf ibn Abdurahmon al-Fihriy
Al-Andalus hokimi
Mansab davri
750-yil yanvar – 756-yil may
Oʻtmishdoshi oʻzi
Vorisi Abdurahmon I
Al-Andalus hokimi
Mansab davri
747-yil yanvar – 750-yil yanvar
Oʻtmishdoshi Abdurahmon ibn Kasir al-Laxmiy
Vorisi oʻzi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi milodiy 711
Vafoti milodiy 759
Toledo, Ispaniya
Ota-onasi Abdurahmon ibn Habib al-Fihriy (otasi)

Yusuf ibn Abdurahmon al-Fihriy (arabcha: يوسف بن عبد الرحمن الفهري) – Umaviylar xalifaligining Narbonne shahri hokimi, 747—756-yillarda Al-Andalus hokimi. 750-yilda Umaviylar xalifaligi qulagandan keyin mustaqil ravishda hukmronlik qilgan. Qayravon shahri asoschisi Uqba ibn Nafiyning avlodidan boʻlgan[1].

Narbonne hokimligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Poitiers jangidan soʻng (732) Yusuf ibn Abdurahmon Narbonne hokimi etib tayinlangan va u yerda harbiy harakatlarga qoʻmondonlik qilgan. Toʻrt yil davomida Quyi Ronaga bostirib kirishga harakat qilgani va u yerni talon-taroj qilgani aytilgan. 735-yilda esa Arles shahrini egallagan[2].

716—756-yillarda Al-Andalus viloyati Damashqdan yuborilgan yoki maʼmuriy jihatdan Ifriqiyaning Umaviylar xalifaligi mintaqaviy hokimlari tavsiyasi bilan tayinlangan hokimlar tomonidan boshqarilgan[3]. Oʻzidan oldingi koʻplab oʻtmishdoshlari singari, Yusuf ham berberlar va arablar oʻrtasidagi nizolarni nazorat qilish uchun kurash olib borgan. Shuningdek, oʻz qoʻshinlari tarkibidagi Adnoniy va Qahtoniy arab qabilalari oʻrtasidagi koʻp yillik adovatga ham duch kelgan[4].

  1. Hitti, Philip Khuri (1970). History of the Arabs from the Earliest Times to the Present. Macmillan. ISBN 978-0-333-09871-4, p. 504.
  2. Collins, Roger. The Arab Conquest of Spain 710-797. Oxford, UK / Cambridge, USA: Blackwell, 1989 — 91-bet. ISBN 0-631-19405-3. 
  3. Abun-Nasr, Jamil M. (1987). A History of the Maghrib in the Islamic Period. Cambridge: Cambridge University Press. ISBN 0-521-33767-4, p. 71.
  4. Gerli, E. Michael & Armistead, Samuel G. (2003). Medieval Iberia: An Encyclopedia. Taylor & Francis. ISBN 9780415939188, p. 4.
Oldingisi Al-Andalus hokimi
747–756
KeyingisiKordova amiri sifatida