Kontent qismiga oʻtish

Yusuf Sakkokiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yusuf Sakkokiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1160-yil
Vafoti 1228-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Tilshunos

Andoza:Wikidata image

Yusuf Sakkokiy (arabcha: يوسف سككوكي — Yusuf Sakkokiy — Toʻliq ismi:Yusuf ibn Abu Bakr ibn Muhammad Abu Ya’qub Sirojiddin Xorazmiy Sakkokiy (1160-1228)) — Tilshunos va adabiyotshunos. Yusuf sakkokiy (1160 — Xiva — 1228) — Asosan arab tilida ijod qilgan. Tarjimai holiga doir maʼlumotlar juda kam. Xondamirning yozishicha, Yusuf Sakkokiy sehrgarlikda nohaq ayblanib, Chigʻatoy xoni tomonidan zindonband etilgan va qamoqda vafot etgan. Yusuf Sakkokiy fanning turli sohalariga oid koʻplab asarlar yozgan. Bizgacha yetib kelgan, arab adabiyoti va grammatikasi masalalariga bagʻishlangan "Miftoh ululum" ("Ilmlar kaliti") asari mashhur boʻlib, u madrasa talabalari uchun darslik sifatida foydalanilgan. Turk tarixchisi Kotib Chalabiy maʼlumotlariga qaraganda, Yusuf Sakkokiyning "Shomil fi ilm ulhuruf" ("Grammatikadagi bogʻlovchilar haqida") degan asari ham boʻlgan. "Miftoh ululum" 3 qismdan iborat va filologiyaning 10 tarmogʻini oʻz ichiga olgan boʻlib, asosan, sarf (morfologiya), nahv (sintaksis), lugʻat, munozara odobi, aruz, qofiya, sheʼr tuzilishi, maoniy va bayon ilmi (ritorika va uslubshunoslik) kabi ilmlar haqida bahs yuritadi. Unda, ayniqsa, adabiyot nazariyasi mukammal ishlab chiqilgan. Asarning 3-qismi katta shuhrat qozonib, uzoq vaqt adabiyot nazariyasi va nutq madaniyatini oʻrganishda asosiy qoʻllanma boʻlib kelgan. Bu qism qaytaqayta koʻchirilgan, unga sharhlar yozilgan, talxis (bayon)lar bitilgan (Muhammad Qazviniy, Qutbiddin Sheroziy, Saʼdiddin Taftazoniy, Mirsayyid Sharif va boshqalar tomonidan). Yusuf Sakkokiy ijodi til va adabiyot nazariyasi rivojida katta rol oʻynagan. "Miftoh ululum" asarining qoʻlyozma nusxalari jahonning deyarli barcha sharq qoʻlyozmalari fondlarida saqlanadi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida ham uning bir qancha nusxalari mavjud.

Uning qabri Farg'ona viloyati, Farg'ona tumani, Satkak qishlog'ida maqbara ichida joylashgan. Farg'ona vodiysi xalqi Yusuf Sakkokiyni aziz avliyo sifatida qadimdan ziyorat qilib keladilar. Satkak qishlog'ini shu sababli "Satkak aziz"-deb ataydilar. Satkak qishlog'ining tub aholi vakillari keksa yoshdagi nuroniylar aytishlariga qaraganda; -o'tmishda ushbu qishloq xududi qamishzor, chakalakzor bo'lgan. Yusuf Sakkokiyni kofirlar ta'qib kelganlarida anashu chakalakzorga kirib yashirinib jon saqlagan. Yusuf Sakkokiy o'z sheriklari bilan besh kishi (aka-ukalar) bo'lishgan va ularning qabrlari vodiyning Marg'ilon, Oqbo'yra, Oqtepa, Shohimardon kabi hududlarga qo'yilgan bo'lib, ziyoratchilar Yusuf Sakkokiy ni ziyorat qilmasdan Shohimardonga ziyoratga bormaganlar. (Sodiqov Yusufjon Tursunovich. Satkak qishlog'i fuqarosi)

“Miftohu-l-ulum”, “Shomil fi ilmi-l-huruf”
  • Krachkovskiy I.Yu., Izbrannie sochineniya, t. 6, M.L., 1960; Irisov A., Nosirov A., Nizomiddinov I., Oʻrtaosiyolik qirqolim, T., 1961.