Yusuf Bolat
Yusuf Bolat | |
---|---|
Asl ismi | qrim tatarcha: Yusuf Memet oğlu Bolat, Юсуф Мемет огълу Болат |
Tavalludi |
16-mart 1909-yil |
Vafoti |
22-oktyabr 1986-yil (77 yoshda) Toshkent Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi |
Ijod qilgan tillari | Qrimtatar tili |
Fuqaroligi |
Yusuf Bolat ( qrim tatarcha: Yusuf Memet oğlu Bolat, Юсуф Мемет огълу Болат; 1909-yil 16-mart, Alushta - 1986- yil 22-oktabr, Toshkent ) — sovet qrim-tatar yozuvchisi, dramaturg va publitsist, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat arbobi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yusuf Bolat Alushta shahrida tavallud topadi. So‘ng qishloq maktabini bitiradi. Yalta tatar pedagogika texnikumida tahsil olib, Yalta tuman komsomol qo‘mitasida ishlaydi. 1931-yilda u Qrim pedagogika institutining qrimtatar tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kiradi, keyinchali bu oliygohni aspiranturasini bitirib chiqadi[1] .
Urushlararo davrda Qrim davlat tatar drama teatri sahnasida Bolatning yettita pesasi qo‘yiladi. 1937-yilda u SSSR Yozuvchilar uyushmasi a’zosiga aylanadi.
1937-yilda Qrim Yozuvchilar uyushmasining yig‘ilishida u o‘z ma’ruzasida, jumladan, Qrim yozuvchilarining keksa avlodi Sovet mamlakati manfaatlariga xiyonat qilib, kitobxonlarni sovet tuzumiga nisbatan nafrat ruhida tarbiyalayotganini aytadi. Keyinchalik bir qator yozuvchilar, jumladan Irgat Qodir hibsga olinadi.
Yusuf Bolat 1937—1939-yillarda Qrim ASSR Yozuvchilar uyushmasining mas’ul kotibi[1], so‘ng 1939—1941-yillarda “Sovet edebiyati” (“Sovet adabiyoti”) jurnali muharriri, 1941-yildan “ Qizil qirim ” gazetasi muharriri o‘rinbosari, 1942-yildan Moskvadagi radio qo‘mitasida qrimtatar radioeshittirishlarida mas’ul muharriri lavozimlarida faoliyat yuritadi.
U 1944-yilda O‘zbekistonga surgun qilinib, u yerda o‘qituvchi, so‘ngra jurnalist bo‘lib ishlaydi. Bolat 1961—1984-yillarda "Lenin bayrog‘i" gazetasida bo‘lim mudiri, keyin mas’ul kotib, so‘ngra muharrir o‘rinbosari bo‘ladi[1] . Bundan tashqari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi unvonini oladi.
Yozuvchi Yusuf Bolat 1986-yilda Toshkentda vafot etadi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1979-yil 16-mart)
Ijod faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ayrim asarlari:
- “Qo‘ng‘iroqlar chalinganda” (“Çañlar qaqılğanda ”)
- “Men yashashni xohlayman” (“Yaşamaq isteyim”)
- "So‘nggi tun" ("Soñki gece")
- "Alim" ("Alim")
- "Arza qizi" ("Arzı qız")
- "To‘y davom etmoqda" ("Toy devam ete")
- Sof yuraklar (“Saf Yürekler”)
- "Anifa" ("Anife")
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Абдульвапов Н. „Дом специалистов, в котором в 1930–1940-е гг. жил ряд выдающихся крымскотатарских государственных и культурных деятелей“, . Свод памятников истории, архитектуры и культуры крымских татар. Белгород: КОНСТАНТА, 2018 — 358-bet. ISBN 978-5-906952-68-4.