Alushta
Qiyofa
Alushta — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi shahar (1902-yildan). Qrim yarim orolning janubiy sohilida joylashgan. Aholisi 37,6 ming kishi (1991). Iqlimiy kurort. Simferopoldan 45 km va Yaltadan 32 km. Qrimning janubiy sohilidagi boshqa kurortlarga nisbatan iqlimi ancha salqin. Tarix oʻlkashunosligi, tabiat muzeylari bor. Shahar VI asrda vujudga kelgan. XIV asrdan genuyaliklarning, 1475-yildan turklarning qoʻl ostida boʻlgan. 1783-yilda Alushtani Rossiya bosib olgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |