Yu Byon-su
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Yu Byun-Su | ||
Tavallud sanasi | 26-mart 1988-yil | ||
Tavallud joyi | Daegu, Janubiy Koreya | ||
Boʻyi | 1.83 m (6 ft 0 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Chonburi | ||
Raqami | 7 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2007—2008 | Hongik University | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2009—2011 | Incheon United | 67 | (37) |
2011—2013 | Al-Hilal | 44 | (16) |
2013—2016 | Rostov | 28 | (15) |
2017—2018 | Gimpo Citizen | 8 | (8) |
2019 | Hwaseong FC | 19 | (7) |
2020 | MOF Customs United | 4 | (2) |
2020—2021 | Ayutthaya United | 29 | (20) |
2021- | Chonburi | 36 | (13) |
Milliy terma jamoa | |||
2010- | Janubiy Koreya | 8 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (9-oktabr 2022-yil uchun) |
Yu Byun-Su (1988-yil 26-martda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik futbolchi hujumchi ampulasida oʻynaydi, Tailand 1-ligasida „Chonburi“ jamoasida oʻynaydi.
U Krishtianu Ronaldunikiga oʻxshagan jarima zarbasi tufayli „Wolmidolik Ronaldu“ laqabini olgan. Wolmido — Incheon shahridagi kichik hudud boʻlib, u oʻzining professional faoliyatini oʻsha yerda boshlagan.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshlik yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yu Dunchun oʻrta maktabiga oʻqishga kirgan va deyarli har bir oʻyinda kamida bitta gol urgan. Keyin u bir nechta milliy musobaqalarda eng yaxshi toʻpurar mukofotini qoʻlga kiritib, Unnam oʻrta maktabiga oʻqishga oʻtgan. Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, u Hong-Ik universitetiga oʻqishga kirishga qaror qilgan va Milliy universitet tanlovida eng yaxshi assistent mukofotini qoʻlga kiritgan. Shu tariqa u K-liganing Incheon United jamoasiga qoʻshilgan.
Incheon United
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum oldidan Incheon oʻzining yulduz hujumchisi Bang Seung-Hvanni Jeju Unitedga sotgan. Ushbu transfer koʻplab Incheon muxlislarini xavotirga solgan, sababi Incheon jamoasi yana bir hujumchi Jenan Radonchichni Seongnam Ilhvaga sotib yuborishgan edi.
2009-yil 3-martda Yu Pusan I’Parkga qarshi debyut uchrashuvida gol urgan. K-ligadagi debyut mavsumida u „Mavsumning yangi futbolchisi“ sovrini uchun eng yaxshi nomzodlardan biri sifatida tan olingan, ammo oxir-oqibat Gangwon FC hujumchisi Kim Yong-Xu mukofotni qoʻlga kiritgan. 2009-yilning noyabrida u Premer-liga jamoasi „Bolton Wanderers“ bilan muzokaralar oʻtkazgan[1].
2010-yilgi K-liga mavsumida u 28 oʻyinda 22 ta gol urgan va 2010-yil K-liganing eng yaxshi toʻpurari deb topilgan. Yu Incheon United bilan shartnomani 2013-yilgacha uzaytirgan[2].
Al Hilol
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilning iyul oyida Yu Osiyoda asrning eng yaxshi klubi boʻlgan Saudiya Arabistonining " Al Hilol " klubi bilan 2014-yilgacha moʻljallangan yangi shartnoma imzolagan. Ar-Riyodda joylashgan jamoada ikki mavsumda 44 ta oʻyin oʻtkazib, jami 16 ta gol urgan.
Rostov
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yilning 22-iyunida Al Hilol Yu Rossiya Premer-ligasining „Rostov“ klubiga oʻtish boʻyicha kelishib olganini eʼlon qilgan[3].
Koreyaga qaytish
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yilda Yu Gimpo Citizen FCga davlat xizmatida boʻlish uchun qoʻshilgan. 2018-yil avgust oyi davomida Yu A-Liga tomonidagi Wellington Phoenix jamoasining sinovidan oʻtgan. 24-avgust kuni u jamoasi bilan Nepier City Rovers ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozonishgan[4].
2019-yilda Yu K3 ligasi jamoasi Hwaseong FC bilan shartnoma imzolagan[5].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yil 3-iyun kuni u ikkinchi boʻlimda zahirdan maydonga tushgan holda Ummon milliy futbol jamoasiga qarshi oʻyinda terma jamoadagi debyutini oʻtkazgan. Yu 2011-yilda Qatarda boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun tanlangan[6].
Klub statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub faoliyati | Liga | Kubok | Liga Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol |
Janubiy Koreya | Liga | KFA Kubogi | Liga Kubogi | Osiyo | Boshqa | Jami | ||||||||
2009 | Incheon United | K-League | 27 | 12 | 1 | 0 | 7 | 2 | - | - | 35 | 14 | ||
2010 | 28 | 22 | 3 | 3 | 3 | 0 | - | - | 34 | 25 | ||||
2011 | 12 | 3 | 0 | 0 | 1 | 1 | - | - | 13 | 4 | ||||
Saudiya Arabistoni | Liga | Valiahd Shahzoda
mukofoti |
Qirol Kubogi | Osiyo | Boshqa | Jami | ||||||||
2011—12 | Al-Hilal | Saudiya Professional Ligasi | 20 | 6 | 4 | 5 | 2 | 0 | 9 | 5 | 1 | 2 | 36 | 18 |
2012—13 | 24 | 10 | 3 | 1 | 2 | 0 | 8 | 0 | 0 | 0 | 38 | 11 | ||
Rossiya | Liga | Rossiya Kubogi | Liga Kubogi | Yevropa | Boshqa | Jami | ||||||||
2013—14 | Rostov | Rossiya Premier Ligasi | 17 | 2 | 2 | 0 | - | - | - | 19 | 2 | |||
2014—15 | 4 | 0 | 0 | 0 | - | 1 | 0 | - | 5 | 0 | ||||
2015—16 | 7 | 1 | 0 | 0 | - | 0 | 0 | - | 7 | 1 | ||||
Jami | Janubiy Koreya | 67 | 37 | 4 | 3 | 11 | 3 | - | - | 82 | 43 | |||
Saudiya Arabisotoni | 44 | 16 | 7 | 6 | 4 | 0 | 17 | 5 | 1 | 2 | 73 | 29 | ||
Rossiya | 28 | 3 | 2 | 0 | - | 1 | 0 | - | 31 | 3 | ||||
Jami | 139 | 56 | 13 | 9 | 15 | 3 | 18 | 5 | 1 | 2 | 186 | 75 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbolchi sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Hilol
- Valiahd shahzoda kubogi : 2011-12, 2012-13
Rostov
- Rossiya kubogi : 2013-14
Maʼnbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Wanderers line up another raid on South Korea“. Bolton News (12-noyabr 2009-yil).
- ↑ „인천UTD, 유병수와 2013년까지 계약 연장“ (koreyscha). Incheon United (22-fevral 2011-yil). Qaraldi: 22-fevral 2011-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Yoo Byung Soo transferred to the Russian team "Rostov"“. Al Hilal news (22-iyun 2013-yil). 12-oktabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyun 2013-yil.
- ↑ „Korea international triallist impresses Nix boss Rudan“. A-League (25-avgust 2018-yil). Qaraldi: 25-avgust 2018-yil.
- ↑ „서른한 살 된 '월미도 호날두' 유병수 "욕심 내려놓고 다시 시작" (in Korean)“. news.kmib.co.kr. Kukminilbo. Qaraldi: 16-may 2019-yil.
- ↑ „Cho names Korea Rep 23 for AFC Asian Cup“. The AFC (24-dekabr 2010-yil). Qaraldi: 23-iyul 2011-yil.